Yangiliklar
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari tashkil etilgan.
“Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
“Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan reja jadvalga asosan, Qamashi tuman adliya bo‘limi va Qashqadaryo viloyat intelektual mulk ximoyasi markazi raxbari hamkorlikda, Bosh vazir qabulxonasi tuman bo‘limi hamda tumandagi tadbirkorlar ishtirokida seminar tashkil etildi.
Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa o‘rta va quyi bo‘g‘inda huquqiy jihatdan ta’minlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat ko‘rsatishga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa o‘rta va quyi bo‘g‘inda huquqiy jihatdan ta’minlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat ko‘rsatishga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi “O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ – 3666-son qaroriga muvofiq Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son Farmoni hamda “Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 11 yanvardagi PQ-4940-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda ta’lim berishni yaxshilash uchun boshqa hududlardan tajribali mutaxassislarni jalb etish maqsadida mazkur qaror qabul qilingan.