Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 oktabrdagi “Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qiluvchi-pedagoglarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 646-son qarorining mazmun-mohiyatini to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son Farmoni hamda “Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 11 yanvardagi PQ-4940-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda ta’lim berishni yaxshilash uchun boshqa hududlardan tajribali mutaxassislarni jalb etish maqsadida mazkur qaror qabul qilingan.

Qarorning 1 bandida, ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 11 yanvardagi PQ-4940-son qarorida:

a) 2021 yil 1 martdan boshlab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy qilinganligi, bunda:

bir ma’muriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;

boshqa ma’muriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar to‘lanishi;

b) ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududda kamida bir yil ishlagan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglar jalb qilinishi;

v) ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxati Xalq ta’limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan aniqlanishi;

g) boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to‘lanishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilingan.

Qarorning 2-bandi bilan, qo‘yidagilar belgilangan, ya’ni,-

a) umumta’lim fanlaridan biri bo‘yicha xalqaro tan olingan sertifikatga yoki Vazirlar Mahkamasining «Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida» 2020 yil 12 oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq umumta’lim fanlarini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan:

pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasa (fakultet)larining 2021 yil va undan keyingi yillardagi bitiruvchilari bir ma’muriy-hududiy birlik doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib, ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda mehnat faoliyatini amalga oshirganda, ularning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz va boshqa ma’muriy-hududiy birlikdan kelib mehnat faoliyatini amalga oshirganda, ularning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar to‘lanadi;

oliy ma’lumotli pedagog xodimlar va pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasa (fakultet)larining bitiruvchilari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi malaka toifasiga ega bo‘ladi;

b) Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 471-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadigan hududlar ro‘yxatidagi hududlarda joylashgan va ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga boshqa hududlardan jalb etiladigan o‘qituvchi-pedagoglarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021 yil 11 yanvardagi PQ-4940-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining «Olis hududlarda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning mehnatini yanada rag‘batlantirish to‘g‘risida» 2019 yil 7 iyundagi 471-son qarorida belgilangan qo‘shimcha ustamalar va kompensatsiyalar to‘lanadi.

Qarorning 3-bandida quyidagilarni nazarda tutuvchi Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda ta’lim berish uchun boshqa hududlardan o‘qituvchi-pedagoglarni jalb etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi ko‘rsatilib, bunda,

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda har yili 1 martga qadar ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarni aniqlash va ularning ro‘yxatini shakllantirish tartibi;

ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berishi uchun boshqa hududlardan o‘qituvchi-pedagoglarni jalb etish sxemasi;

ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga boshqa hududlardan jalb etiladigan o‘qituvchi-pedagoglarga qo‘yiladigan talablar;

boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchi-pedagoglarni ishga qabul qilish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va mehnatiga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi belgilangan.

Qarorning 4-bandida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi belgilangan.

Qaroning 5-bandida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirilishi belgilangan.

Qarorning 6-bandida mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklangan.

Qamashi tuman adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                                                         Sh.Kaxxarov