Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Aholi huquqiy savodxonligi oshirilmoqda


Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa o‘rta va quyi bo‘g‘inda huquqiy jihatdan ta’minlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat ko‘rsatishga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Joriy yil 25 oktabr kuni viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi bosh maslahatchisi A.Rajabov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ – 5168-son qarorining mazmun mohiyati va ahamiyati viloyatning “Oltin voha” radiosi orqali keng jamoatchilikka tushuntirildi.