Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

07
adliya xabari

#adliya-hudud

???? Muborak tumanida navbatdagi sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi

Muborak tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan Qarlik MFY hududida yashovchi fuqarolar uchun navbatdagi sayyor davlat xizmatlari tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida aholiga davlat xizmatlari ko'rsatilib, murojaatlariga joyida yechim topish bo'yicha amaliy yordam berildi.

Shuningdek, fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida mahallada o'rnatilgan INFOKIOSK qurilmasidan foydalanish tartibi haqida tushuntirishlar berilib, elektron davlat xizmatlaridan mustaqil va oson foydalanish imkoniyatlari amalda namoyish etildi.

06
adliya xabari

#adliya_hudud

Dehqonobod tumani Oila va xotin-qizlar maskanida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF–33-son “Xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish tizimini yanada kuchaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Nikoh shartnomasining afzalliklari” mavzusida huquqiy seminar tashkil etildi.

Seminar davomida mutaxassislar tomonidan nikoh shartnomasining huquqiy mohiyati va ahamiyati, uning er-xotinning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini aniq belgilashdagi o‘rni, oilaviy nizolarning oldini olish, shuningdek, tomonlarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishdagi afzalliklari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbirda PF–33-son Farmonida belgilangan xotin-qizlar va bolalar huquqlarini ishonchli himoya qilish, oilalarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, sog‘lom va mustahkam oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan vazifalar mazmun-mohiyati ham keng yoritildi.

Shuningdek, o‘quv mashg‘ulotida yosh oilalarni mustahkamlash, nikohning muqaddasligi, er-xotinning huquq va majburiyatlari, oilada o‘zaro hurmat va ishonch muhitini qaror toptirish, nizolarning oldini olish hamda sog‘lom psixologik muhitni yaratishga qaratilgan ma’ruzalar va psixologik treninglar o‘tkazildi.

Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan huquqiy savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

06
adliya xabari

#tabrik
OYNING ENG TEXNIK XODIMI ANIQLANDI

“Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi”ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli Komissiyalari xulosasiga koʻra, 2026-yil iyul oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi:

Ergashev Jovohir Rayim o‘g‘li - Nishon tuman adliya bo'limi DXM
Telefon xizmati ko‘rsatish va servis
sho‘basi aloqa operatori.
Ma’lumot uchun: “Oyning eng yaxshi xodimi” ragʻbatlantirish tariqasida bir oylik ish haqi fondi miqdorida pul bilan (bir martalik) mukofotlanadi.

Qashqadaryo viloyat adliya  boshqarmasi ushbu xodimni muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar va zafar tilaydi.

06
adliya xabari

#tabrik

⭐️OYNING ENG YAXSHI BOSHQARUV XODIMI ANIQLANDI

????“Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi”ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli Komissiyalari xulosasiga koʻra, 2026-yil iyul oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi:

????Xoliyarov Anvar Xakimovich - Kitob tuman adliya bo’limi boshlig’i.

????Ma’lumot uchun: “Oyning eng yaxshi xodimi” ragʻbatlantirish tariqasida bir oylik ish haqi fondi miqdorida pul bilan (bir martalik) mukofotlanadi.

⚡️Qashqadaryo viloyat adliya  boshqarmasi ushbu xodimni muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar va zafar tilaydi.

@qashqadaryoviloyatadliya

05
adliya xabari

#adliya_hudud

Hududlarda PF–33-son Farmoni ijrosiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Hududlarda FHDY bo‘limlari, tuman hokimliklari, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limlari hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF–33-son Farmoni ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirlar davomida ayollar va bolalarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishining oldini olish, bu boradagi qonunchilikdagi yangiliklar va amaliy mexanizmlar yuzasidan keng tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.

Tadbir yakunida fuqarolarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ayollar va bolalar huquqlarini ta’minlash hamda oilalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash borasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

01
adliya xabari

#adliya_hudud

Ayollar huquqlari adliya e’tiborida!

PF–33-son Farmoni mazmun-mohiyati aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilinmoqda
Kasbi tumani FHDY bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish tizimini yanada kuchaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–33-son Farmoni mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish maqsadida G‘alaba mahallasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida Farmon bilan xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash hamda ushbu yo‘nalishda yaratilayotgan yangi huquqiy kafolatlarning mazmuni keng tushuntirildi.

30
adliya xabari

#adliya_xabari

✍️Bugun Qarshi shahar hokimligida viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida mahalla faollari, xotin-qizlar faollari hamda diniy idora vakillari ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

✍️Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish tizimini yanada kuchaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF–33-son Farmoni mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.

✍️Shuningdek, viloyatda OIV infeksiyasini yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslarni aniqlash, kasallikning oldini olish hamda unga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalalari yuzasidan mas'ullar tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.

✍️Tadbir yakunida ishtirokchilarning savollariga javob berilib, mahalla faollariga huquqiy targ‘ibotni samarali tashkil etish hamda aholi o‘rtasida profilaktika ishlarini kuchaytirish yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

29
adliya xabari

#Rahbar_va_yoshlar
#Qarshi_tumani

???? Qarshi tumanida “Rahbar va yoshlar” tadbiri doirasida "Biz – yagona Vatan farzandlarimiz"  shiori ostida Yoshlar markazida uyushmagan yoshlar ishtirokida shaxmat va shashka musobaqasi tashkil etildi.

♟ Musobaqa davomida yoshlar o‘zlarining intellektual salohiyati va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etishdi.

Shuningdek, Qarshi tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan megratsiyadan qaytgan yoshlarga davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar, amaldagi imtiyoz va preferensiyalar, shuningdek ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonunchilikdagi yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, huquqiy bilimlarini oshirish hamda intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

28
adliya xabari

#adliya_xabari

???? Adliya Plus tizimidan foydalanish bo‘yicha o‘quv-seminari tashkil etildi

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Adliya Plus mobil ilovasi orqali tug‘ilishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatidan foydalanish ulushini oshirish maqsadida tibbiyot muassasalarining mas’ul xodimlari ishtirokida o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga Adliya Plus tizimi orqali tug‘ilishni onlayn tarzda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi, elektron ariza yuborish bosqichlari hamda xizmatning qulayliklari va afzalliklari yuzasidan batafsil amaliy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tizimdan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

Mazkur o‘quv-seminar fuqarolarga davlat xizmatlarini zamonaviy va qulay shaklda ko‘rsatish sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

27
adliya xabari

#adliya_xabari

⚖️ Dafn etish ishlarini tashkil etish va hisobini yuritish tizimini takomillashtirish sohasida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

???? Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan G'uzor tumani qabriston nazoratchilari ishtirokida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

???? Tadbir davomida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-noyabrdagi 735-son qarori bilan tasdiqlangan "Dafn etish ishlarini tashkil etish va hisobini yuritish tizimini takomillashtirish hamda sohada samarali nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

Ishtirokchilarga qabristonlarni yuritishning yangi tartiblari;
dafn etish jarayonlarini hisobga olish va raqamlashtirish;
sohada qonunchilik talablariga rioya etish hamda javobgarlik masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.