Yangiliklar
#Mehnat_huquqlari
⭐️Muborak tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi doirasida tuman maktabgacha va maktab ta'limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo'lim mehnat jamoasi ishtirokida seminar-treninglar o‘tkazildi.
⭐️Seminar-treningda Kasaba uyushma vakillari ishtirok etdi.
⭐️Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollar boʻyicha masʼul xodimlar tomonidan batafsil javoblar berildi.
O'tgan besh oyda Qashqadaryodagi 551 ta mahallada birorta ham jinoyat sodir etilmadi.
SHu bilan birga, sodir etilayotgan har uchta jinoyatdan bittasi viloyat markazidan uzoqda joylashgan, turistlar ko'p tashrif buyuradigan SHahrisabz, Kitob, CHiroqchi, YAkkabog' tumanlari va SHahrisabz shahriga to'g'ri kelayotgani qayd etildi.
Mas'ullarga mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan “ichki ishlar organlari mintaqaviy boshqaruv tizimini” joriy etish topshirildi.
Bunda viloyat ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizm bo'yicha tizimi SHahrisabz shahrida joylashadi va ushbu 5 ta tumanda jinoyatchilikni jilovlashga mas'ul bo'ladi.
Hozirda Qashqadaryoda 5,5 ming ishsiz yoshlar bor. YAna 36,5 ming bitiruvchi mehnat bozoriga kirib kelayapti.
Yoshlarni “Yoshlar biznesi” dasturi, 13 ming nafar oliygoh bitiruvchisini “Kelajakka qadam” dasturiga qamrab olib, ularning tadbirkorligi va bandligiga ko'maklashish topshirildi. YAna 5 ming yoshlar qishloq xo'jaligida daromadli bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulov kunning ikkinchi yarmida Qarshi tumanida fuqarolarga huquqiy xizmat ko'rsatish sifati va Prezident farmoni ijrosini o'rgandi.
Adliya vaziri Qarshi tumanida adliya bo'limi faoliyatida amalga oshirilayotgan ishlar, huquqiy mahalla konsepsiyasi doirasida aholi yashashi uchun birlamchi minimal standartlarga rioya etilishi holati bilan tanishdi.
Xususan Qarshi tumani adliya bo'limi tomonidan 5 500 ta xonadonlar muammosi o'rganilib, 5498 ta huquqiy muammolar aniqlandi. Shundan, 5411 nafar fuqarolarning muammosi adliya ko'magida hal etildi.
ADLIYA VAZIRI QASHQADARYODA
Adliya vaziri Qashqadaryoga xizmat safari davomida viloyat adliya boshqarmasi binosida tashkil etilgan Davlat rahbarining 2024 - yil 24 - maydagi PF-80-son Farmoni va 2025- yil 3 - yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi hamda adliya organlariga biriktirilgan “og'ir toifa”dagi yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimoti bilan hamda situatsion markaz faoliyati bilan ham tanishdi.
Shtabda tuman (shahar) adliya boʻlimlariga biriktirilgan “og'ir toifa”dagi yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar , mavjud kamchiliklar, mahallalarda olib borilayotgan targ'ibot tadbirlari, uchrashuvlar,hamda mahallalar kesimida jinoyatchilikni holatlarini real vaqt rejimida nazorat qilish imkoni mavjud.
''ADLIYA MAHALLADA''
"Huquqiy targ'ibot kuni" tadbirlari doirasida Yakkabog‘ tuman adliya bo'limi DXM xodimlari tomonidan tumandagi Guliston va Ibn Sino va Uljai MFYlarda "Mahalla yettiligi" a'zolari bilan birga aholi va yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
PREZIDENT HUJJATLARI IJROSI NAZORATDA
Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish sho‘basi tomonidan davlat rahbarining energiya resurslarining oqilona foydalanish yuzasidan qabul qilingan hujjatlari ijrosini joyida o'rganish maqsadida Nishon tumanidagi Xitoyning “Energy China Kashkadaria Solar Power” MCHJ XK hamda Turkiyaning “AKSA Enerji” kompaniyasida amalga oshiralayotgan ishlar bilan tanishildi.
Kanalga ulaning????????????
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya
Nishon tuman FHDY bo'limi xodimlari va Madad NNT xodimlari tomonidan joriy yilning 12-iyun kuni tumandagi "Gulzor”mahallasida "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida aholining huquqiy muommolari o'rganildi va aholining huquqiy madaniyatini hamda ijtimoiy faolliklarini oshirish boʻyicha targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Tadbir davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qonunchilikdagi imtiyozlar haqida xabardor qilish, ishsizlikdan himoyalanish va imkoniyatlardan foydalanish tartibi energiya tejamkorligi va ulardan foydalanish samaradorligi hamda imtiyozlar haqida xabardor qilish.
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish ularning oqibatlari va qilmish uchun jazo muqarrarligi masalalarini yetkazish (PQ-1 sonli qaror mazmuni haqida tushuntirishlar berildi.
Muallif Ibrohim G'afurov tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan “Jinoyat va jazo” asarini nashr etish huquqi shartnoma bo'yicha "Dunyo nashr" nashriyotiga tegishlidir.
Adliya vazirligi tomonidan “Jinoyat va jazo” asarining o’zbek tilidagi tarjimasi “T.S” hamda “P.E” MChJlar tomonidan huquq egasining ruxsatisiz hamda tegishli tartibda mualliflik haqini to‘lamasdan 4000 adadda nashr etilganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar chiqarildi.
Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!
Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasida faoliyat yuritayotgan uch nafar salohiyatli yosh shifokor adolat izlab, Dehqonobod tuman adliya bo‘limiga murojaat qilishdi. Ular o‘z murojaatlarida, qonun bilan belgilangan maxsus ustamalar – yosh mutaxassislar uchun mo‘ljallangan rag‘batlantiruvchi to‘lovlar – ularga berilmayotganini ma’lum qilishdi.
Adliya bo‘limi bu murojaatni befarq qoldirmadi. Mavjud huquqiy asoslar sinchkovlik bilan o‘rganilib, tuman tibbiyot birlashmasining bunday harakati noo‘rin va qonunga zid ekani aniqlandi. Natijada, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritildi. Biroq, birinchi instansiya sudi yosh shifokorlarning haqiqatga to‘la da’vosini rad etdi.
Shunga qaramay, adolat yo‘lida kurash to‘xtamadi. Dehqonobod tuman adliya bo‘limi ushbu masalada kassatsiya tartibida shikoyat kiritdi. Va nihoyat, 2025-yil 28-may kuni Qashqadaryo viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan adolat qaror topdi – birinchi instansiya sudining asossiz qarori bekor qilinib, uch nafar salohiyatli yosh shifokorning foydasiga jami 22 million so‘m miqdoridagi maxsus ustama mablag‘larini undirish haqida qaror chiqarildi.
Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.
Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:
▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash instituti;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.
Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.