Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.10.2026

Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning I-II-III choraklarda (9 oyi) mobaynida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi “Davlat
huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmonining
6-bandida tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari har chorakda tegishlicha
tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat
organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti
holati bo‘yicha axborot taqdim etishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning 9 oyi
davrida Chiroqchi tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti
holati o‘rganildi.
Xususan, Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilda I, II va III
choraklarida Chiroqchi tuman hokimi va Xalq deputatlari Chiroqchi tuman
Kengashining 3 ta normativ tusdagi qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan
o‘tkazilib tegishli tartibda xulosalar berildi
Bo‘lim tomonidan huquqni qo‘llash amaliyoti hamda inson huquqlari va
boshqa sohalar bo‘yicha 6 marta o‘rganish hamda 21 marotaba monitoringlar
o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlar davomida 25 ta tashkilot faoliyati qamrab
olindi. O‘rganish va monitoringlar davomida 179 ta qonunbuzilish holatlari
aniqlanib va ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 84 ta
taqdimnomalar kiritilgan hamda ushbu taqdimnomalarga asosan 4 mlrd 165 million
so‘mdan ortiq miqdoridagi ish haqi va shunga tenglashtirilgan mablag‘lar undirilishi
ta’minlanib, 45 ta hujjat qonunlarga zid ravishda qabul qilinganligi aniqlanib
qonunchilkka muvofiqlashitirildi
Shuningdek, adliya bo‘limiga joriy yilning yil davomida jismoniy va yuridik
shaxslardan bevosita, elektron ( https://cabinetpm2.gov.uz, ishonch telefonlari
orqali) jami 90 ga yaqin , “Huquqiy mahalla” platformasi orqali 90 dan ortiq
murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 150 ga yaqin murojaatlar hal etilgan.
Bo‘lim tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Iqtisodiy sudga Pudrat
shartnomasiga asosan ajarilgan ishlar haqini undirish yuzasida taqdimnoma
kiritilgan va ko‘rib chiqish jarayonida turibdi. 7 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy
bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy qaror qabul qilish uchun tegishincha
vakolatli idoralarga yuborilib barchasiga nisbatan ma’muriy javobgarlik masalalari
hal etilgan
Bo‘limning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan, huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida
ham bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Jumladan, 2026-yilning o‘tgan davrida bo‘lim tomonidan jami 1808 marotaba
huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 141 tasi OAV orqali, 775 tasi
og‘zaki, 775 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirilgan, targ‘ibotlar jarayonida
jami 930 dan ortiq turli mazmundagi ko‘rgazmali tarqatma materiallar tarqatilib,
ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan.
Targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 211 marotaba, ta’lim muassasalarida 195
marotaba, mehnat jamoalarida 158 marotaba va boshqa joylarda 203 marotaba
o‘tkazilgan.
Mazkur o‘tkazilib kelinayotgan targ‘ibotlarning aksariyati yangi qabul
qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga
qaratilgan bo‘lsa, shu bilan bir qatorda inson huquqlariga oid (xotin-qizlar huquqlari,
voyaga yetmaganlar huquqlari), korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid
va boshqa dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-mayda
qabul qilingan PF-80 son Farmonida belgilab berilgan vazifalar bo‘yicha tuman
adliya bo‘limi tomonidan fuqarolardan “Huquqiy mahalla”platformasi orqali jami
90 dan ortiq murojaatlar olinib, ushbu arizalarning hammasi ijobiy hal etildi.
Aniqlangan huquqiy muammolardan tahlil qilinganda, ularning aksariyat
qismi ish haqlari, ustamalar, ijtimoiy ta’minot va pensiya, nogironlikni belgilash,
aliment va soliq imtiyozlarini qo‘llanilishi va turli imtiyozlar masalasidagi
muammolarni tashkil etgan.
Shuningdek, adliya bo‘limi tomonidan tumanda “Ijtimoiy reestr”ga kiritilgan
fuqarolarga tizimli ravishda huquqiy maslahatlar berib borilmoqda
Ushbu haqida sizga axborot tariqasida bildirilmoqda

Рўйҳатга қайтиш