Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.10.2026

Ko‘kdala tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil III choragi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmonining 6-bandida tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari har chorakda tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axborot taqdim etishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, Ko‘kdala tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning
III-choragi davomida Ko‘kdala tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati o‘rganildi.
Bo‘lim tomonidan huquqni qo‘llash amaliyoti hamda inson huquqlari
va boshqa sohalar bo‘yicha 7 marta o‘rganish hamda 27 marta tahlil
va monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlar davomida 34 ta
tashkilot faoliyati qamrab olindi.
Olib borilgan o‘rganish va monitoringlar davomida 553 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 26 ta taqdimnoma kiritilib, kiritilgan taqdimnomalar natijasida 87 nafar jismoniy shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanib, ularning foydasiga 69 mln. so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qaytarildi. Taqdimnomaga asosan tashkilotlar tomonidan qabul qilingan 6 ta yuridik tusdagi hujjatlar bekor qilindi.
Aniqlangan qonun buzilish holatlari yuzasidan 2 nafar mas’ul shaxslar intizomiy javobgarlikka, 5 nafar mas’ul shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Shuningdek, adliya bo‘limiga 2026-yil III-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 120 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 87 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 22 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilgan va 10 ta murojaat hal etish uchun taalluqliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan.
Bo‘limning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan, huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Jumladan, 2026-yil III-choragi davomida bo‘lim tomonidan jami 563 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 42 tasi OAV orqali, 251 tasi og‘zaki, 232 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali, 250 tasi manzilli ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan.
Bo‘lim tomonidan mahallalarda 69 marotaba, ta’lim muassasalarida 47 marotaba, mehnat jamoalarida 66 marotaba va boshqa joylarda 61 marotaba Targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.
Mazkur o‘tkazilib kelinayotgan targ‘ibotlarning aksariyati yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa, shu bilan bir qatorda inson huquqlariga oid (xotin-qizlar huquqlari, voyaga yetmaganlar huquqlari), korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid va boshqa dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Kelgusida yuqorida ko‘rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilishi ma’lum qilaman.

Ko‘kdala tuman
adliya bo‘limi boshlig‘i                                                     Sh.I.Usmanov


Рўйҳатга қайтиш