Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.10.2026

Dehqonobod tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi “Davlat
huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmonining
6- bandida “tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari har chorakda tegishlicha
tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat
organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti
holati bo‘yicha axborot taqdim etadi” degan rahbariy ko‘rsatmalardan kelib chiqqan
holda, Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning 9 (to‘qqiz) oylik
davr davomida Dehqonobod tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash
amaliyoti holati o‘rganildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13
aprel kunidagi PF 5415-sonli Farmonida adliya organlari va muassasalari
faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra adliya organlarini
«Odilona qonunlarni qabul qilish, jamiyatda qonunga hurmat ruxini qaror toptirish – demokratik huquqiy davlat ko‘rishning garovidir» degan konseptual g‘oyani
hayotga tatbiq etishga qaratilgan yagona davlat huquqiy siyosati amalga oshirilishini
ta’minlaydigan
professional
xizmatga aylantirish; davlat organlari va
tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalarining qonunlar va boshqa normativ
huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish sohasidagi faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish
va muvofiqlashtirish, tanqidiy tahlil asosida izchil va bir xil huquqni qo‘llash
amaliyotini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; davlat
boshqaruvi tizimining samaradorligini, ma’muriy tartib-taomillar va davlat
xizmatlarining sifatini kompleks va tanqidiy tahlil qilishda adliya organlarining
rolini oshirish, bu sohalarda qonunchilikni yanada takomillashtirish va huquqni
qo‘llash amaliyoti bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; o‘z faoliyatlari yuzasidan
jamoatchilikka tizimli ravishda ma’lumotlar taqdim etish yo‘li bilan adliya organlari
mansabdor shaxslarining hisobot berish tartibini joriy etish, ularning aholini
tashvishga soluvchi muammolarga yuzaki munosabatda bo‘lishi holatlariga chek
qo‘yish, shuningdek, ularning faoliyatini baholashning aniq mezonlarini belgilash
kabilar ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi
PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
to‘g‘risida”gi Nizomning 12-bandi, beshinchi kichik bandida adliya organlariga
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat
organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga bajarilishi
majburiy bo‘lgan, qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy
hujjatlarni bekor qilish, to‘xtatib turish (to‘liq yoki qisman) yoxud ularni qonun
hujjatlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida hamda davlat organlari va tashkilotlarining
yuridik xizmati faoliyati, ma’muriy tartib-taomillar va davlat xizmatlarini ko‘rsatish
sohasida aniqlangan huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik, ularning sodir etilishiga
ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida
taqdimnomalar kiritish vakolati berilgan. 2026-yilning 9 (to‘qqiz) oylik davr
davomida Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 34 ta tashkilotlarda huquqni
qo‘llash amaliyoti va norma ijodkorligi sohasida 8 ta o‘rganish va 42 ta
monitoringlar o‘tkazilib, 405 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlangan va aniqlangan
qonun buzilishi holati bo‘yicha jami 64 ta taqdimnoma kiritilgan, kiritilgan
taqdimnomalarning ko‘rib chiqilishi natijalariga ko‘ra 1 922 362 866 so‘m pul
mablag‘lari jismoniy va yuridik shaxslarga undirib berilgan. Bo‘lim tomonidan 9
(to‘qqiz) oylik davr davomida 16 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy javobgarlikka
tortish yuzasidan ma’muriy bayonnoma tuzilib, natijasiga ko‘ra 16 nafar mas’ul
xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi. Fuqarolarni qonuniy manfaatlarini ko‘zlab
fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘uzor tumanlararo sudiga kiritilgan 4 ta da’vo arizasi
qanoatlantirilib, 125 617 383 so‘mlik da’vo arizalari qanoatlantirildi. Bundan
tashqari adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning 9 (to‘qqiz) oylik davr davomida
Davlat xizmatlari markazi, Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi,
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hamda xususiy amaliyot bilan shug ullanuvchi
notarial idora bilan birgalikda tumandagi MFY larni qamrab olingan holda sayyor
qabullar oʻtkazildi. Yangi qabul qilingan qonun hujjatlari davlat organlari va
tashkilotlarga yetkazilgan. Tumandagi davlat organlari, tashkilotlar, kollejlar,
maktablar, mahalla fuqarolar yig‘inlari va nodavlat notijorat tashkilotlarida 2026
yilning 9 (to‘qqiz) oylik davr davomida jami 930 ta og‘zaki huquqiy targ‘ibot
tadbirlari o‘tkazilib, yangi qabul qilinayotgan qonun, farmon va qarorlarning
mazmun-mohiyatlari yuzasidan tushuntirishlar berilgan va 700 dan ortiq ta buklet
va flayerlar tarqatilgan. Shuningdek, bo‘lim tomonidan ommaviy axborot vositalari
orqali jami 70 ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan. Shundan, 36 tasi radio, 36 tasi
gazetalar, 33 ta televideniyani tashkil qiladi. 723 ta targ‘ibot tadbirlari telegram
ijtimoiy tarmog‘idagi “Dehqonobod tuman adliya huquqiy yangiliklar”,
“Mahallalar+Adliya” kanallari hamda tuman adliya bo‘limining “Facebook” dagi
sahifasi, instagramdagi “Dehqonobod adliya” va boshqa telegram guruhlari, veb
sayt, elektron axborot vositalari orqali amalga oshirilgan

Рўйҳатга қайтиш