05.10.2026
o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi PF 5415-sonli Farmonida adliya organlari va muassasalari faoliyatining ustuvor
yo‘nalishlari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra adliya organlarini “Odilona qonunlarni qabul qilish, jamiyatda qonunga hurmat ruhini qaror toptirish—demokratik huquqiy davlat ko‘rishning garovidir” degan konseptual g‘oyani hayotga tatbiq etishga qaratilgan yagona davlat huquqiy siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydigan professional xizmatga aylantirish; davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish sohasidagi faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish, tanqidiy tahlil asosida izchil va bir xil huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlashbo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini, ma’muriy tartib-taomillar va davlat xizmatlarining sifatini kompleks va tanqidiy tahlil qilishda adliya organlarining rolini oshirish, bu sohalarda qonunchilikni yanada takomillashtirish va huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; o‘z faoliyatlari yuzasidan jamoatchilikka tizimli ravishda ma’lumotlar taqdim etish yo‘li bilan adliya organlari mansabdor shaxslarining hisobot berish tartibini joriy etish, ularning aholini tashvishga soluvchi muammolarga yuzaki munosabatda bo‘lishi holatlariga chek qo‘yish, shuningdek, ularning faoliyatini baholashning aniq mezonlarini belgilash kabilar ko‘rsatilgan.O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi 2021-yil 20-apreldagi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2021-yil 15-noyabrda 19-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3333) bilan tasdiqlangan “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qoidalariga asosan mahalliy davlat
hokimiyati organlari o‘z vakolati doirasida qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati yuqori turuvchi organlarining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ
huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy
ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma talablariga ko‘ra, mahalliy
davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy tusdagi qarorlarni qabul qilishdan
oldin loyihani tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi,
viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda tuman (shahar) adliya
bo‘limlariga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim qilishi shart. Mahalliy
davlat hokimiyati organining yuridik xizmati xodimi loyihalarni tegishli hududiy
adliya organiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritilishini ta’minlaydi.
O‘tgan davr mobaynida Xalq deputatlari tuman Kengashining “2025-yilda
G‘uzor tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer solig‘i stavkalarini belgilash
to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ekspetizadan o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son
qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi
Nizomning 12-bandi, beshinchi kichik bandida adliya organlariga vazirliklar, davlat
qo‘mitalari, idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, mahalliy
davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan,
qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish,
to‘xtatib
turish (to‘liq yoki qisman) yoxud ularni qonun hujjatlariga
muvofiqlashtirish to‘g‘risida hamda davlat organlari va tashkilotlarining yuridik
xizmati faoliyati, ma’muriy tartib-taomillar va davlat xizmatlarini ko‘rsatish
sohasida aniqlangan huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik, ularning sodir etilishiga
ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida
taqdimnomalar kiritish vakolati berilgan.
G‘uzor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning 3-choragi davomida 31
marotaba tashkilotlarda huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan tahlil va o‘rganishlar
o‘tkazilib, 605 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlangan va aniqlangan qonunbuzilishi
holati bo‘yicha jami 79 ta taqdimnoma kiritilgan, kiritilgan taqdimnomalarning
ko‘rib chiqilishi natijalariga ko‘ra 3 mlrd. 280 mln. 450 ming 862 so‘mlik pul
mablag‘lari jismoniy va yuridik shaxslar foydasiga to‘lab berilgan, 22 nafar ma’sul
mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar va ma’muriy takliflar
rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, bo‘lim tomonidan inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha
chora-tadbirlarni amalga oshirish, o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish sohasidagi 176 nafar fuqaroning
murojaatlaridan 176 tasi qonun doirasida ko‘rib chiqilib, 99 tasi qanoatlantirilgan va
255 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan bo‘lsa, 60
tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 17 tasi tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.
Bo‘lim tomonidan, yangi qabul qilingan 38 ta qonun hujjatlari davlat organlari
va tashkilotlariga yetkazilgan.
Shuningdek, Adliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga
asosan bir qator huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan.
Xususan, bo‘lim tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining G‘uzor
tumanidagi Xalq qabulxonasi, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, sudlar va boshqa
bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 1054 marta yangi qabul qilinayotgan
qonun, farmon va qarorlarning mazmun-mohiyatlari yuzasidan huquqiy targ‘ibot
tadbirlari o‘tkazilgan.
Kelgusida yuqorida ko‘rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom
ettirilayotganligini ma’lum qilaman
G'uzor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 3-choradi davomida bajarilgan ishlshar bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmonining 6-bandida “tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari har chorakda tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axborot taqdim etadi” degan rahbariy ko‘rsatmalardan kelib chiqqan holda, G‘uzor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning 3-choragi davomida G‘uzor tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holatio‘rganildi.