05.10.2026
Xususan, Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan huquqni qo‘llash amaliyoti hamda inson huquqlari va boshqa sohalar bo‘yicha 1 ta o‘rganish hamda 10 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlar davomida 8 ta tashkilot faoliyati qamrab olindi. O‘rganish va monitoringlar davomida 51 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib va ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan jami 24 ta taqdimnomalar kiritilgan hamda ushbu taqdimnomalarga asosan 20 mln. so‘m miqdoridagi ish haqi va shunga tenglashtirilgan mablag‘lar undirilishi ta’minlandi.
Shuningdek, adliya bo‘limiga 2026-yilning 3-choragi mobaynida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 66 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan
57 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 3 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilgan,
1 murojaat ta’luqliligi bo‘yicha boshqa tashkilotga yuborilgan va 2 ta murojaatlar hisobot davrida qoldiqda qolgan.
Bundan tashqari, 5 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ma’muriy qaror qabul qilish uchun tegishincha vakolatli idoralarga yuborilgan va 5 nafar shaxsning barchasiga nisbatan ma’muriy javobgarlik masalalari hal etilgan.
Bo‘limning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan, huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Jumladan, 2026-yilning 3-choragi mobaynida bo‘lim tomonidan jami
107 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 17 ta OAV orqali,
84 ta og‘zaki, 88 ta ijtimoiy tarmoqlar orqali, 80 ta manzilli ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan.
Targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 49 marotaba, ta’lim muassasalarida
11 marotaba, mehnat jamoalarida 24 marotaba o‘tkazilgan.
Mazkur o‘tkazilib kelinayotgan targ‘ibotlarning aksariyati yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa, shu bilan bir qatorda inson huquqlariga oid (xotin-qizlar huquqlari, voyaga yetmaganlar huquqlari), korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid va boshqa dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Kelgusida yuqorida ko‘rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilaman.
Shahrisabz shahar adliya bo‘limi
Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning 3-chorakda amalga oshirilgan ishlari yuzasidan
Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning 3-choragi mobaynida Shahrisabz shahrida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati o‘rganildi.Xususan, Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan huquqni qo‘llash amaliyoti hamda inson huquqlari va boshqa sohalar bo‘yicha 1 ta o‘rganish hamda 10 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlar davomida 8 ta tashkilot faoliyati qamrab olindi. O‘rganish va monitoringlar davomida 51 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib va ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan jami 24 ta taqdimnomalar kiritilgan hamda ushbu taqdimnomalarga asosan 20 mln. so‘m miqdoridagi ish haqi va shunga tenglashtirilgan mablag‘lar undirilishi ta’minlandi.