Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.10.2026

Qashqadaryo viloyat FHDY bo‘limlari tomonidan 2026-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

Qashqadaryo viloyat FHDY bo‘limlari tomonidan 2026-yilning 9 oyi davomida quyidagi ishlar amalga oshirilgan.
Joriy yilning 9 oyi davomida tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan 71778 ta tug‘ilish qayd etilgan bo‘lib, shundan 37 266 tasi o‘g‘il bolalar, 34 512 tasi qiz bolalarni tashkil etadi.
Shuningdek, tug‘ilishining muddatini o‘tkazib qayd etish holatlari 523 ta, topib olingan (tashlab ketilgan) bola tug‘ilishini qayd etish holati mavjud emas, o‘lik tug‘ilgan 526 ta, perinatal o‘lim holatlari 46 ta, yolg‘iz onadan tug‘ilganlar 1335 tani tashkil etadi.
Shuningdek, 3461 ta otalikni belgilash qayd etilgan bo‘lib, shundan sud qarori asosida 5 ta, farzandlikka olish 236 ta dalolatnoma yozuvlari rasmiylashtirilgan.
Tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jami 17 575 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, shundan 11 tasi chet elliklar bilan, 8 tasi fuqaroligi yo‘q shaxslar bilan nikoh qayd etildi.
Tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan jami 2 460 ta nikohdan ajralganlik qayd etilgan.
Joriy yilning 9 oyi davomida 11 833 ta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, bir yoshgacha o‘lganlar 1352 ta, muddatini o‘tkazib o‘limi qayd etilganlar 898 ta, sud qarori bilan 13 ta holatda o‘lim qayd etilgan.
Bundan tashqari, tiklangan dalolatnoma yozuvlari 31 ta, fuqarolarning familiya, ismi va otasining ismini o‘zgartirishlar soni 208 tani tashkil etadi.
Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirishlar kiritish ariza asosida 1 287 ta, sud qarori asosida 27 tadan iborat.
Tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan 25 334 ta tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar onlayn berilgan arizalar asosida rasmiylashtirildi va tegishli manzillarga yetkazildi.
Tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan 4 001 815 015 so‘m davlat boji, 2 869 324 900 so‘m gerb yig‘imi va 9 967 176 262 so‘m pullik xizmat undirilgan

Рўйҳатга қайтиш