Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.10.2026

Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 3-chorak davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 3-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2026-yil 3-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 114 ta murojaatlarning barchasi hal etilgan bo‘lib, shundan 86 ta qanoatlantirilgan, 28 ta huquqiy tushuntirish berilgan. Murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko’rib chiqilgan.
Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2026-yilning 1-chorak davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda туманdagi 38 ta MFYlar qamrab olingan holda
16 marotaba sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.
Qonun  hujjatlarini  huquqiy  ekspertizadan  o‘tkazish  bo‘yicha
Kasbi tuman adliya bo‘limi томonidan Xalq deputatlari Kasbi tuman Kengashi hamda tuman hokimining normativ-huquqiy tusdagi qarorlari ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan bo’lib, qaror huquqiy ekspertizadan o’tkazilgan.
O‘tkazilgan  o‘rganishlar  va  qo‘llanilgan  ta’sir  choralari  bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2026-yilning 9 oyida jami 38 ta tashkilotlarda 6 ta o‘rganish va 28 ta monitoringlar o‘tkazilgan. O‘rganishlar natijasida jami 900 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan.
Kasbi tuman adliya bo’limi tomonidan 2026-yilning 9 oyida jami 53 ta ta’sir choralari ko’llanilgan bo’lib, shundan, 13 ta ma’muriy, 4 ta da’vo ariza, 36 ta taqdimnoma kiritilgan.
Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o’tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko’ra 13 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Amalga  oshirilgan  huquqiy  targ‘ibot  tadbirlari  bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning 9 oyi davomida jami 2061 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 107 tasi ommaviy axborot vositalari orqali, ijtimoiy tarmoqlar orqali 797 ta chiqishlar, 941 tasi og’zaki, 216 tasi yozma va ko’rgazmali huquqiy targ’ibot, 941 tasi manzilli targ’ibot va 432 tasi uyma-uy borib o’tkazilgan targ’ibot tadbirlaridan iboratdir.
Kasbi tuman adliya bo’limi tomonidan 2026-yilning 9 oyida qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha 9 ta takliflar berildi.
Kelgusida yuqorida ko’rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilaman.

Рўйҳатга қайтиш