Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.10.2026

Mirishkor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 9 oy davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Mirishkor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 2026-yil 9 oy davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2026-yil 2026-yil 9 oy davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 173 ta murojaatlarning barchasi hal etilgan bo‘lib, shundan 103 ta qanoatlantirilgan, 100 ta huquqiy tushuntirish berilgan. Murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko’rib chiqilgan.

Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2026-yilning 2026-yil 9 oy davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 40 ta MFYlar qamrab olingan holda 13 marotaba sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

Mirishkor tuman adliya bo‘limi tomonidan Xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashining 3 та normativ-huquqiy tusdagi qarorlari ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan va ijobiy xulosa berilgan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2026-yilning 3 oyida jami 25 ta tashkilotlarda 6 ta o‘rganish va 21 ta monitoringlar o‘tkazilgan. O‘rganishlar natijasida jami 410 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan.

Mirishkor tuman adliya bo’limi tomonidan 2026-yilning 9 oyida jami 54 ta ta’sir choralari ko’llanilgan bo’lib, shundan, 9 ta ma’muriy, 45 ta taqdimnoma kiritilgan.

Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o’tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko’ra 9 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning 9 oyi davomida bo‘lim tomonidan jami1478 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 49 tasi OAV orqali, 738 tasi og‘zaki, 635 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali, 58 tasi manzilli ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan. Targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 274 marotaba, ta’lim muassasalarida 195 marotaba, mehnat jamoalarida 163 marotaba va boshqa joylarda 104 marotaba o‘tkazilgan.

Mirishkor tuman adliya bo’limi tomonidan 2026-yilning 9 oyida qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha 11 ta takliflar berildi.

Kelgusida yuqorida ko’rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilaman.

                                                             

                                           


Рўйҳатга қайтиш