05.10.2026
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2026 yil 3-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 258 ta murojaatlarning 249 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 199 ta yoki 79,9 foizi qanoatlantirilgan, 50 ta huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 64 ta joyiga chiqib o‘rganilgan).
O‘tkazilgan sayyor qabullar
Bo‘lim tomonidan 2026 yil 3-choragi davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 41 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.
O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 850 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 129 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, 101 tasi qanoatlantirilgan va 28 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi
4 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
4 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 4 ta taqdimnoma kiritildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 6 ta o‘rganish va 39 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 45 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 1713 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 63 ta taqdimnoma,
21 ta ogohnoma, 15 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy takliflar kiritildi.
Natijada
- 5 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 5 215 334 000 so‘m pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.
- 335 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan xujjatlar bekor qilinib, amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqlashtirilgan.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 14 ta da’vo ariza va arizalar kiritilib to‘liq qanoatlantirilgan, 1 242 024 500 so‘m manfaatdor shaxs foydasiga undirilgan.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026 yil 3-choragi davomida jami 2629 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 179 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 1294 tasi og‘zaki, 219 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 1294 tasi manzilli targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.
Shahrisabz tuman adliya
bo‘limi boshlig‘i R.Muhammadiyev
Shahrisabz tuman adliya bo‘limining 2026 yil 3-choragi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Shahrisabz tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026 yil 3-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha