05.10.2026
huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmonining
6-bandida tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari har chorakda tegishlicha
tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat
organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti
holati bo‘yicha axborot taqdim etishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 9 oy
davomida Yakkabog‘ tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti
holati o‘rganildi.
Xususan, 2026-yil 9 oy davomida bo‘lim tomonidan tuman Xalq deputatlari
kengashining normativ-huquqiy tusdagi 5 ta qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan
o’tkazilib, ijobiy xulosalar berilib rozilik vizasi qo’yildi. Bo‘lim tomonidan huquqni
qo‘llash amaliyoti hamda inson huquqlari va boshqa sohalar bo‘yicha 10 marta
o‘rganish hamda 32 marta tahlil va monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va
monitoringlar davomida 45 ta tashkilot faoliyati qamrab olindi. O‘rganish va
monitoringlar davomida 743 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib va ushbu
qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan jami 51 ta taqdimnomalar
kiritilgan hamda ushbu taqdimnomalarga asosan 1 mlrd 5 mln. so‘m miqdoridagi ish
haqi va shunga tenglashtirilgan mablag‘lar undirilishi ta’minlanib, 44 ta hujjatlar
qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirilgan.
Shuningdek, adliya bo‘limiga joriy yilning 9 oy mobaynida jismoniy va
yuridik shaxslardan jami 411 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 132 tasi
qanoatlantirilgan bo‘lsa, 248 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilgan, 10 ta
murojaatlar hisobot davrida qoldiqda qolgan va 18 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha
yuborilgan.
Bo‘lim tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudiga
jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab 9 ta 374 mln. 350 ming
so‘mlik da’vo arizalari kiritilib, shundan 82 mln. 298 ming so‘mlik da’vo arizalari
qanoatlantirilgan. 9 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar
rasmiylashtirilib, ma’muriy qaror qabul qilish uchun tegishincha vakolatli idoralarga
yuborilgan va 9 nafar shaxslarning barchasiga nisbatan ma’muriy javobgarlik
masalalari hal etilgan.
Bo‘limning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan, huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida
ham bir qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, 2026-yil 9 oy mobaynida bo‘lim
tomonidan jami 1479 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 140
tasi OAV orqali, 711 tasi og‘zaki, 595 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali, 720 tasi manzilli
Ijrochi:Sh.Rayimov Tel.: ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan. Targ‘ibot tadbirlari
mahallalarda 223 marotaba, ta’lim muassasalarida 164 marotaba, mehnat
jamoalarida 138 marotaba va boshqa joylarda 186 marotaba o‘tkazilgan. Mazkur
o‘tkazilib kelinayotgan targ‘ibotlarning aksariyati yangi qabul qilinayotgan
normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa,
shu bilan bir qatorda inson huquqlariga oid (xotin-qizlar huquqlari, voyaga
yetmaganlar huquqlari), korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid va
boshqa dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Kelgusida
yuqorida ko‘rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum
qilaman.
Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 9 oy mobaynida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi “Davlathuquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini