Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.10.2026

Koson tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 9 oy davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Koson tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 2-yarim yillik davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha.
Bo‘lim tomonidan 2026-yil 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 366 ta murojaatlar kelib tushgan, 40 ta murojaat tegishligiga ko‘ra yuborilgan, shundan 302 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 24 ta huquqiy tushuntirish berilgan. Murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan. Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2026-yilning 9 oy davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi jami 74 ta MFYlardan qamrab olingan holda 24 marotaba sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha Koson tuman adliya bo‘limi tomonidan Xalq deputatlari Koson tuman Kengashining 6 tа normativ-huquqiy tusdagi qarorlari ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan va ijobiy xulosa berilgan. Norma ijodkorligi va yuridik xizmat faoliyatini tashkil etish sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan monitoringda 2 ta hujjat bekor qilinib, qonunchilikka muvofiqlashtiridi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha Koson tumani adliya bo‘lim tomonidan 2026-yilning 9 oyida jami 45 ta tashkilotlarda 39 ta monitoringva 5 ta o‘rganishlar o‘tkazilgan.
O‘rganishlar natijasida jami 1059 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan.
Koson tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning 9 oyida jami 92 ta ta’sir choralari qo‘llanilgan bo‘lib, shundan, 23 ta da’vo arizasi, 12 ta ma’muriy, 57 ta taqdimnoma kiritilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 12 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning 9 oyi davomida bo‘lim tomonidan jami 2167 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 186 tasi OAV orqali, 556 tasi og‘zaki, 848 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali, 577 tasi manzilli ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan. Targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 365 marotaba, ta’lim muassasalarida 98 marotaba, mehnat jamoalarida 76 marotaba va boshqa joylarda marotaba o‘tkazilgan.
Koson tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning 9 oyida qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha 15 ta takliflar berildi. Kelgusida yuqorida ko‘rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilaman.

Рўйҳатга қайтиш