Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.10.2026

Kitob tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 3-choradi davomida bajarilgan ishlshar bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Kitob tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026 yil 3 choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2026 yil o‘tgan davri davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 201 ta murojaatlarning 167 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 123 ta yoki 61 foizi qanoatlantirilgan, 40 ta huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 38 tasi joyiga chiqib o‘rganilgan).
O‘tkazilgan sayyor qabullar
Bo‘lim tomonidan 2026 yil 3-choragi davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 34 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.
O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 426 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 102 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, 78 tasi qanoatlantirilgan va 24 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 5 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 5 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 6 ta o‘rganish va 42 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 46 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 697 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 33 ta taqdimnoma, 47 ta ogohnoma, 9 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy takliflar kiritildi.
Natijada
- 6 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, 1 484 895 000 so‘m pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.
- 8 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan xujjatlar bekor qilingan.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026 yil 3 choragi davomida jami 1 828 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 109 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 332 tasi og‘zaki, 78 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

Kitob tuman adliya
bo‘limi boshlig‘i                                                  A.Xoliyarov

Рўйҳатга қайтиш