Mirishkor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 3 oy davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Mirishkor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 1-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2026-yil 1-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 75 ta murojaatlarning barchasi hal etilgan bo‘lib, shundan 32 ta qanoatlantirilgan, 14 ta huquqiy tushuntirish berilgan. Murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko’rib chiqilgan.
Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2026-yilning 1-chorak davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 40 ta MFYlar qamrab olingan holda 3 marotaba sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Mirishkor tuman adliya bo‘limi tomonidan Xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashining 2 та normativ-huquqiy tusdagi qarorlari ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan va ijobiy xulosa berilgan.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2026-yilning 3 oyida jami 25 ta tashkilotlarda 1 ta o‘rganish va 8 ta monitoringlar o‘tkazilgan. O‘rganishlar natijasida jami 161 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan.
Mirishkor tuman adliya bo’limi tomonidan 2026-yilning 3 oyida jami 22 ta ta’sir choralari ko’llanilgan bo’lib, shundan, 3 ta ma’muriy, 19 ta taqdimnoma kiritilgan.
Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o’tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko’ra 3 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning 3 oyi davomida bo‘lim tomonidan jami ࡓ marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 19 tasi OAV orqali, 438 tasi og‘zaki, 362 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali, 438 tasi manzilli ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan. Targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 176 marotaba, ta’lim muassasalarida 133 marotaba, mehnat jamoalarida 83 marotaba va boshqa joylarda 46 marotaba o‘tkazilgan.
Mirishkor tuman adliya bo’limi tomonidan 2026-yilning 3 oyida qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha 3 ta takliflar berildi.
Kelgusida yuqorida ko’rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilaman.