Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
03.07.2026

Muborak tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 6 oy davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Muborak tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 1-yarim yillik davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

    Bo‘lim tomonidan 2026-yil 6 oy davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 61 ta murojaatlarning barchasi hal etilgan bo‘lib, shundan 57 ta yoki 94 foizi qanoatlantirilgan, 4 ta huquqiy tushuntirish berilgan. Murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko’rib chiqilgan. Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2026-yil 6 oyi davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 23 ta MFYlar qamrab olingan holda 12 marotaba sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

    Muborak tuman adliya bo‘limi tomonidan Xalq deputatlari Muborak tuman Kengashining 2 tа normativ-huquqiy tusdagi qarorlari ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan va ijobiy xulosa berilgan. Norma ijodkorligi va yuridik xizmat faoliyatini tashkil etish sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan monitoringda qonun buzilishi holatlari aniqlanmadi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

    Bo‘lim tomonidan 2026-yil 6 oyi davomida jami 30 ta tashkilotlarda 6 ta o‘rganish va 27 ta monitoringlar o‘tkazilgan. O‘rganishlar natijasida jami 718 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan.
    Muborak tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 6 oyi davomida jami 58 ta ta’sir choralari qo‘llanilgan bo’lib, shundan, 10 ta da’vo arizasi, 8 ta ma’muriy, 40 ta taqdimnoma kiritilgan.
    Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 8 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

    Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 6 oyi davomida bo‘lim tomonidan jami 1317 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 62 tasi OAV orqali, 569 tasi og‘zaki, 552 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali, 569 tasi manzilli ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan.
    Targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 336 marotaba, ta’lim muassasalarida 81 marotaba, mehnat jamoalarida 63 marotaba va boshqa joylarda 89 marotaba o‘tkazilgan.
    Muborak tuman adliya bo’limi tomonidan 2026-yil 6 oyi davomida qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha 10 ta takliflar berildi.
    Kelgusida yuqorida ko‘rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilaman

Рўйҳатга қайтиш