Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
03.07.2026

Qarshi shahar adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning 2-chorak mobaynida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi
“Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmonining 6-bandida tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari har chorakda tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axborot taqdim etishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Qarshi shahar adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning
1-yarim yilligi mobaynida Qarshi shahrida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati o‘rganildi.

Xususan, Qarshi shahar adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilda Xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashining 2 ta normativ tusdagi qarori hamda 1 ta hokimning normativ tusdagi qarori loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ijobiy xulosa berildi.  

Bo‘lim tomonidan huquqni qo‘llash amaliyoti hamda inson huquqlari
va boshqa sohalar bo‘yicha 3 marta o‘rganish hamda 22 marta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlar davomida 27 ta tashkilot faoliyati qamrab olindi. O‘rganish va monitoringlar davomida 1036 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib va ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan jami 32 ta taqdimnomalar kiritilgan hamda ushbu taqdimnomalarga asosan 174 nafar fuqarolarning huquqlari tiklandi.

Shuningdek, adliya bo‘limiga 2026-yilning 1-yarimyilligi mobaynida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 214 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 119 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 56 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilgan, 33 tasi tegishligiga ko‘ra vakolatli tashkilotlarga yuborilgan bo‘lsa, 6 ta murojaatlar hisobot davrida qoldiqda qolgan.

Bo‘lim tomonidan Iqtisodiy ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab 8 ta 738 mln. so‘mlik da’vo arizalari kiritilib, shundan 615 mln. so‘mlik da’vo arizalari qanoatlantirilib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga 2 ta da’vo arizasi kiritilib, bittasi qanoatlantirildi, 1 tasi ko‘rib chiqish jarayonida. 6 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ma’muriy qaror qabul qilish uchun tegishincha vakolatli idoralarga yuborilgan va 6 nafar shaxsning barchasiga ma’muriy javobgarlik masalalari hal etilgan.

Bo‘limning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan, huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, 2025-yilning 2-choragi mobaynida bo‘lim tomonidan jami
1627 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 133 tasi OAV orqali, 790 tasi og‘zaki, 704 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘tkazilgan.

Targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 213 marotaba, ta’lim muassasalarida
205 marotaba, mehnat jamoalarida 177 marotaba va boshqa joylarda 195 marotaba o‘tkazilgan.

Mazkur o‘tkazilib kelinayotgan targ‘ibotlarning aksariyati yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa, shu bilan bir qatorda inson huquqlariga oid (xotin-qizlar huquqlari, voyaga yetmaganlar huquqlari), korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid va boshqa dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Kelgusida yuqorida ko‘rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilaman.

 

Qarshi shahar adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                 I.Ergashev                                               


Рўйҳатга қайтиш