Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
03.07.2026

Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning I-II-choragida (6 oyi) mobaynida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmonining 6-bandida tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari har chorakda tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axborot taqdim etishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning 3 oyi davrida Chiroqchi tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati o‘rganildi.

Xususan, Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilda I, II choraklarida Chiroqchi tuman hokimi va Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining 2 ta normativ tusdagi qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib tegishli tartibda xulosalar berildi.

Bo‘lim tomonidan huquqni qo‘llash amaliyoti hamda inson huquqlari va boshqa sohalar bo‘yicha 5 marta o‘rganish hamda 19 marotaba monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlar davomida 22 ta tashkilot faoliyati qamrab olindi. O‘rganish va monitoringlar davomida 132 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib va ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 59 ta taqdimnomalar kiritilgan hamda ushbu taqdimnomalarga asosan 3 mlrd 58 million so‘mdan ortiq miqdoridagi ish haqi va shunga tenglashtirilgan mablag‘lar undirilishi ta’minlanib, 30 ta hujjat qonunlarga zid ravishda qabul qilinganligi aniqlanib qonunchilkka muvofiqlashitirildi.

Shuningdek, adliya bo‘limiga joriy yilning yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan bevosita, elektron ( https://cabinetpm2.gov.uz, ishonch telefonlari orqali) jami 57 ta, “Huquqiy mahalla” platformasi orqali 67 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 89 ga yaqin murojaatlar hal etilgan.

Bo‘lim tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Iqtisodiy sudga Pudrat shartnomasiga asosan ajarilgan ishlar haqini undirish yuzasida taqdimnoma kiritilgan va ko‘rib chiqish jarayonida turibdi. 3 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy qaror qabul qilish uchun tegishincha vakolatli idoralarga yuborilib barchasiga nisbatan ma’muriy javobgarlik masalalari hal etilgan.

Bo‘limning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan, huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, 2026-yilning o‘tgan davrida bo‘lim tomonidan jami 1335 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 98 tasi OAV orqali, 536 tasi og‘zaki, 623 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirilgan, targ‘ibotlar jarayonida jami 730 dan ortiq turli mazmundagi ko‘rgazmali tarqatma materiallar tarqatilib, ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan.

Targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 92 marotaba, ta’lim muassasalarida 76 marotaba, mehnat jamoalarida 69 marotaba va boshqa joylarda 86 marotaba o‘tkazilgan.

Mazkur o‘tkazilib kelinayotgan targ‘ibotlarning aksariyati yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa, shu bilan bir qatorda inson huquqlariga oid (xotin-qizlar huquqlari, voyaga yetmaganlar huquqlari), korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid va boshqa dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-mayda qabul qilingan PF-80 son Farmonida belgilab berilgan vazifalar bo‘yicha tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqarolardan “Huquqiy mahalla”platformasi orqali jami 60 dan ortiq murojaatlar olinib, ushbu arizalarning hammasi ijobiy hal etildi.

Aniqlangan huquqiy muammolardan tahlil qilinganda, ularning aksariyat qismi ish haqlari, ustamalar, ijtimoiy ta’minot va pensiya, nogironlikni belgilash, aliment va soliq imtiyozlarini qo‘llanilishi va turli imtiyozlar masalasidagi muammolarni tashkil etgan.

Shuningdek, adliya bo‘limi tomonidan tumanda “Ijtimoiy reestr”ga kiritilgan fuqarolarga tizimli ravishda huquqiy maslahatlar berib borilmoqda.

Sizga axborot tariqasida bildirilmoqda

 

Chiroqchi tumani adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                     X.Yarbozorov

 


Рўйҳатга қайтиш