Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
03.07.2026

Notariat, advokatura va mediatsiya shoʻbasi tomonidan 2026-yilning 1-yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar...

Notariat, advokatura va mediatsiya shoʻbasi tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʻminlash, sifatli davlat xizmati koʻrsatilishini nazorat qilish yuzasidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Shoʻba tomonidan 2026-yilning 1-yarim yilligi davomida jami vazirlik va boshqa tashkilotlar tomonidan kelib tushgan 232 ta xat-hujjatlar va topshiriq xatlarining ijrosi oʻz vaqtida taʻminlandi.

Kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning jami 175 ta murojaati oʻrganilib, ularning ijrosi taʻminlandi. Shundan 38 ta murojaat qanoatlantirilgan, 124 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berildi, 13 ta murojaatlar taalluqliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan.

Hisobot davrida viloyatda jami 64 nafar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyat yuritib kelmoqda.

Shoʻba tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning talabnomalariga asosan viloyatda faoliyat yurituvchi hamda sobiq notarial idora notariuslariga nisbatan 14 ta xizmat tekshiruvlari oʻtkazilib, 2 ta xizmat tekshiruvi oʻz tasdigʻini (2 nafar notarius letsinziyasi 1 oydan 3 oygacha muddatga to‘xtatilgan) topgan.

Shuningdek, shoʻba tomonidan 2026-yilning 1-yarim yilligi davomida notarial idoralarda 17 ta “Sirli mijoz” va “Reyd” tadbirlari oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar va qonun buzilishi holatlari boʻyicha 5 nafar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishi
15 kundan 1 oyga qadar toʻxtatildi.

Bundan tashqari shoʻba tomonidan viloyatdagi 12 ta notarial idoralarda rejali tekshirish oʻtkazib, 12 nafar notariuslarning litsenziyasining amal qilishi toʻxtatildi.

Huquqiy targʻibot sohasida 2026-yilning 1-yarim yilligi davomida 19 ta ommaviy axborot vositalari orqali huquqiy targʻibot ishlari amalga oshirilib, bulardan 11 tasi radio va televideniya, 5 ta gazeta, 85 tasi Veb sayt va boshqa elektron axborot vositalari orqali amalga oshirilgan. Shu bilan birga 34 ta ogʻzaki huquqiy targʻibotlar amalga oshirilib, ushbu targʻibot tadbirlarida 2 234 nafar fuqarolarga soha faoliyati, shuningdek, notariat sohasida boʻlayotgan islohotlar boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Shoʻba tomonidan 2026-yilning 1-yarim yilligi davomida advokatura sohasida ham bir qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2026-yilning 1-iyul kuniga qadar jami 589 ta advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalar berilgan boʻlib, shundan 2026-yilning 30-iyun holatida litsenziya olib ishlayotgan advokatlar soni 391 tani, litsenziya olib boshqa hududda ishlayotgan advokatlar soni
23 tani hamda litsenziyasining amal qilishi tugatilgan advokatlar soni 175 tani tashkil qiladi.

Shu jumladan, 2026-yilning 1-yarim yilligi davomida berilgan litsenziyalar soni 14 tani hamda litsenziyasining amal qilishi tugatilganlar soni 9 tani tashkil qiladi.

2026-yilning 1-yarim yilligi davomida faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmalari soni 337 tani, shundan advokatlik byurolari 317 tani, advokatlik firmalari
16 tani hamda advokatlar hayʻatlari 4 tani tashkil qiladi.

Viloyat adliya boshqarmasining ish rejasiga asosan jami 17 ta advokatlik tuzilmalarida tekshirishlar oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar va qonunbuzilishlar soni
34 tani tashkil qilgan.

Mazkur aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 17 ta advokatlik tuzilmalari rahbarlariga tegishli tartibda taqdimnomalar kiritilgan.

Advokatlar palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasi tomonidan 2026-yilning 1-yarim yilligi davomida jami 8 ta yigʻilish oʻtkazilib, unda jami 121 ta malaka komissiyasi muhokamasiga oid masalalar muhokama qilingan.

Malaka komissiyasi yigʻilishida muhokama qilingan 121 ta masaladan 6 tasi malaka imtihonini qabul qilish, 109 tasi advokatlarning intizomiy javobgarlik masalasini koʻrib chiqish hamda 6 tasi advokat qasamyodini qabul qilish boʻyicha muhokama qilingan.

Shu bilan birga, 2026-yilning 1-yarim yilligi davomida talabgorlarga berilgan
14 ta litsenziyalar uchun jami 4.326.000 soʻm davlat boji, 14 ta arizani koʻrib chiqish uchun jami 2.163.000 soʻm miqdorida toʻlov undirilgan.

 


Рўйҳатга қайтиш