Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
03.07.2026

Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 2-chorak davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 2-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

 

Bo‘lim tomonidan 2026-yil 2-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 98 ta murojaatlarning barchasi hal etilgan bo‘lib, shundan 72 ta qanoatlantirilgan, 23 ta huquqiy tushuntirish berilgan, 3 tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.

Murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko’rib chiqilishi ta’minlangan.

Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2026-yilning 2-chorak davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 57 ta MFYlar qamrab olingan holda har bir mahallda jami 57 ta sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida yoritib kelingan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

 

Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan Xalq deputatlari Qarshi tuman Kengashining 1 ta normativ-huquqiy tusdagi qarorlari ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan va ijobiy xulosa berilgan.

Norma ijodkorligi va yuridik xizmat faoliyatini tashkil etish sohasida mahalliy

davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan monitoringda qonunuzilishi holatlari aniqlanib, 2 ta taqdimnoma kiritildi “E-qaror” tizimi orqali hokim qarori va hokim farmoyishi doimiy nazorati olib borilishi ta’minlandi.

 

           O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

 

Bo‘lim tomonidan 2026-yilning 2 chorak davomida jami 13 ta tashkilotlarda 5 ta o‘rganish va 8 ta monitoringlar o‘tkazililgan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra 408 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan.

Bo‘lim tomonidan 2026-yilning 2-chorakda tegishli idoralarga jami 31 ta ta’sir choralari kiritilgan, shundan, 3 ta ma’muriy, 28 ta taqdimnomalar kiritilgan.

Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o’tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko’ra 3 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

 

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida 2026-yilning 2-chorak davomida tuman adliya bo‘limi tomonidan jami 1707 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 45 tasi OAV orqali, 580 tasi og‘zaki, 1070 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali, 12 tasi manzilli ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan.

Shundan, targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 214 marotaba, ta’lim muassasalarida 132 marotaba, mehnat jamoalarida 225 marotaba va boshqa joylarda 34 marotaba o‘tkazilgan.

Bo‘lim tomonidan 2026-yilning 2-chorak davomida qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha 8 ta takliflar berilgan.

Kelgusida yuqorida ko’rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilinadi.

 

Qamashi tuman adliya

bo‘limi boshlig‘i                                             O. Zulfiqarov


Рўйҳатга қайтиш