Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
03.07.2026

Nishon tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmonining 6-bandida tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari har chorakda tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axborot taqdim etishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Nishon tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 6 oyi mobaynida Nishon tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati o‘rganildi.

O‘tgan davr mobaynida Xalq deputatlari Nishon tuman kengashining                 5 ta qaror loyihasi ekspetizadan o‘tkazildi.

Nishon tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 6 oyi davomida 23 ta tashkilotlarda huquqni qo‘llash amaliyoti va inson huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘rganish, tahlil va monitoringlar o‘tkazilib, 447 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlangan va aniqlangan qonun buzilishi holati bo‘yicha jami 53 ta taqdimnoma kiritilgan, kiritilgan taqdimnomalarning ko‘rib chiqilishi natijalariga ko‘ra 3 nafar ma’sul-mansabdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan, qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan 54 ta davlat organlari va muassasalarining hujjati bekor qilingan, 1 mlrd. 854 mln. 885 500 so‘m pul mablag‘lari jismoniy va yuridik shaxslar foydasiga undirib berilgan, bo‘lim tomonidan ma’muriy bayonnomalar va ma’muriy takliflar rasmiylashtirilib, natijasiga ko‘ra 12 nafar ma’sul-mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Fuqarolarni va yuridik shaxslarni qonuniy manfaatlarini ko‘zlab, xususan mansabdor shaxslarga majburiyat yuklashni, yuridik faktni belgilashni, oylik ish haqlarini va qarzlarni undirishni so‘rab, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga 225 000 000 so‘m mukofot pullarini undirish bo‘yicha 3 ta da’vo arizalar kiritildi.

Bo‘lim tomonidan inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish sohasidagi 130 nafar fuqaroning murojaatlardan 118 tasi qonun doirasida ko‘rib chiqilib, 85 tasi qanoatlantirilgan va ularning buzilgan huquqlari tiklangan bo‘lsa, 37 tasiga qonun doirasida huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Bo‘lim tomonidan 2026-yil 3 oyi davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 36 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

Tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 3 oyi mobaynida jami                 1855 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 113 tasi OAV orqali, 325 tasi og‘zaki, 576 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali, 1036 tasi manzilli ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan.

Targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 474 marotaba, ta’lim muassasalarida 180 marotaba, mehnat jamoalarida 142 marotaba va boshqa joylarda 240 marotaba o‘tkazilgan.

Mazkur o‘tkazilib kelinayotgan targ‘ibotlarning aksariyati yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa, shu bilan bir qatorda inson huquqlariga oid (xotin-qizlar huquqlari, voyaga yetmaganlar huquqlari), korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid va boshqa dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Kelgusida yuqorida ko‘rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilaman.

 

Bo‘lim boshlig‘i                                         M.Tangriyev

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Рўйҳатга қайтиш