Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
03.07.2026

Shahrisabz tuman adliya bo‘limining 2026 yil 2-choragi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Shahrisabz tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026 yil 2-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

 

Bo‘lim tomonidan 2026 yil 2-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 177 ta murojaatlarning 167 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 134 ta yoki 80,2 foizi qanoatlantirilgan, 33 ta huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 46 ta joyiga chiqib o‘rganilgan).

 

O‘tkazilgan   sayyor    qabullar

 

Bo‘lim tomonidan 2026 yil 2-choragi davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 27 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 580 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 97 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, 81 tasi qanoatlantirilgan va 16 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

 

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi
3 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
3 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 4 ta taqdimnoma kiritildi.

 

     O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

 

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 5 ta o‘rganish va 24 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 30 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 1096 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 46 ta taqdimnoma,
21 ta ogohnoma, 10 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy takliflar kiritildi.

 

                                              Natijada

 

- 4 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 3 873 mln. so‘m pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.

 

- 223 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan xujjatlar bekor qilinib, amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqlashtirilgan.

 

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 11 ta da’vo ariza va arizalar kiritilib to‘liq qanoatlantirilgan, 629,2 mln. so‘m manfaatdor shaxs foydasiga undirilgan.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

 

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026 yil 2-choragi davomida jami 1864 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 120 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 939 tasi og‘zaki, 148 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 939 tasi manzilli targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

 

Shahrisabz tuman adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                  R.Muhammadiyev

                                                                                             


Рўйҳатга қайтиш