Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 2-chorak davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan
2026 yil 2 iyul 27-1/2 Xalq deputatlari
Qarshi tuman Kengashiga
AXBOROT
Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan
2026-yil 2-chorak davomida amalga
oshirgan faoliyati yuzasidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 2-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2026-yil 2-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 171 ta murojaatlarning barchasi hal etilgan bo‘lib, shundan 85 ta qanoatlantirilgan, 38 ta huquqiy tushuntirish berilgan, 39 tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chtqtsh uchun yuborilgan 9 ta murojaaat o‘rganish jarayonida.
Murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko’rib chiqilishi ta’minlangan.
Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2026-yilning 2-chorak davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 32 ta MFYlar qamrab olingan holda har bir mahallda jami 32 ta sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida yoritib kelingan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan Xalq deputatlari Qarshi tuman Kengashining 3 ta normativ-huquqiy tusdagi qarorlari ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan va ijobiy xulosa berilgan.
Norma ijodkorligi va yuridik xizmat faoliyatini tashkil etish sohasida mahalliy
davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan 6 monitoringda qonunuzilishi holatlari aniqlanib, 3 ta taqdimnoma kiritildi “Ye-qaror” tizimi orqali hokim qarori va hokim farmoyishi doimiy nazorati olib borilishi ta’minlandi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2026-yilning 2 chorak davomida jami 16 ta tashkilotlarda 5 ta o‘rganish va 13 ta monitoringlar o‘tkazililgan.
O‘rganish natijalariga ko‘ra 413 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan.
Bo‘lim tomonidan 2026-yilning 2-chorakda tegishli idoralarga jami 43 ta ta’sir choralari kiritilgan, shundan, 7 ta ma’muriy, 34 ta taqdimnomalar kiritilgan.
Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o’tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko’ra 4 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida 2026-yilning 2-chorak davomida tuman adliya bo‘limi tomonidan jami 2032 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 122 tasi OAV orqali, 744 tasi og‘zaki, 1134 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali, 32 tasi manzilli ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan.
Shundan, targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 285 marotaba, ta’lim muassasalarida 151 marotaba, mehnat jamoalarida 270 marotaba va boshqa joylarda 38 marotaba o‘tkazilgan.
Bo‘lim tomonidan 2026-yilning 2-chorak davomida qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha 12 ta takliflar berilgan.
Kelgusida yuqorida ko’rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilinadi.
Qarshi tuman adliya
bo‘limi boshlig‘i A. Turayev