Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va metodik ta’minlash sho‘basi tomonidan 2025 yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlari.
Sho‘baga 36 ta murojaat kelib tushgan, shundan 25 ta murojaatlar hal etilgan.
2 ta sohada o‘rganish hamda 3 ta monitoring tadbirlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan o‘rganishlar va monitoringlar natijasida jami 2776 ta qonun buzilishi va kamchiliklar aniqlangan.
16 ta taqdimnoma, 3 ta ma’muriy bayonnomalar tuzilgan.
Ta’sir choralar natijasida 2 nafar shaxslar intizomiy, 3 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, 6 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilingan hamda 1 ta hujjat qonunga muvofiqlashtirilgan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 4 ta normativ tusdagi hamda 80 ta yer munosabatlariga oid qarorlari “E-qaror” elektron tizimi orqali huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi ta’minlandi.
E’tirof.kadastr.uz platformasiga kiritilgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bo‘yicha 16 986 nafar fuqarolarning hujjatlari ko‘rib chiqildi hamda 9 223 ta obektga nisbatan fuqarolarning tegishli huquqlari e’tirof etilishi ta’minlandi.
Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va
metodik ta’minlash sho‘basi