07.04.2026
Dehqonobod tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo’llash amaliyoti holati bo’yicha
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmonining 6- bandida “tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari har chorakda tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axborot taqdim etadi” degan rahbariy ko‘rsatmalardan kelib chiqqan holda, Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning I choragida Dehqonobod tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati o‘rganildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi PF- 5415-sonli Farmonida adliya organlari va muassasalari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra adliya organlarini «Odilona qonunlarni qabul qilish, jamiyatda qonunga hurmat ruxini qaror toptirish — demokratik huquqiy davlat ko‘rishning garovidir» degan konseptual g‘oyani hayotga tatbiq etishga qaratilgan yagona davlat huquqiy siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydigan professional xizmatga aylantirish; davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalarining qonunlar va boshqa normativhuquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish sohasidagi faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish, tanqidiy tahlil asosida izchil va bir xil huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini, ma’muriy tartib-taomillar va davlat xizmatlarining sifatini kompleks va tanqidiy tahlil qilishda adliya organlarining rolini oshirish, bu sohalarda qonunchilikni yanada takomillashtirish va huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; o‘z faoliyatlari yuzasidan jamoatchilikka tizimli ravishda ma’lumotlar taqdim etish yo‘li bilan adliya organlari mansabdor shaxslarining hisobot berish tartibini joriy etish, ularning aholini tashvishga soluvchi muammolarga yuzaki munosabatda bo‘lishi holatlariga chek qo‘yish, shuningdek, ularning faoliyatini baholashning aniq mezonlarini belgilash kabilar ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagiPQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi Nizomning 12-bandi, beshinchi kichik bandida adliya organlariga vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan, qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish, to‘xtatib turish (to‘liq yoki qisman) yoxud ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida hamda davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati faoliyati, ma’muriy tartib-taomillar va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida aniqlangan huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritish vakolati berilgan. 2026-yilning I choragi davomida Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 12 ta tashkilotlarda huquqni qo‘llash amaliyoti va norma ijodkorligi sohasida 1 ta o‘rganish va 17 ta monitoringlar o‘tkazilib, 216 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlangan va aniqlangan qonun buzilishi holati bo‘yicha jami 19 ta taqdimnoma kiritilgan, kiritilgan taqdimnomalarning ko‘rib chiqilishi natijalariga ko‘ra 512 763 000 so‘m pul mablag‘lari jismoniy va yuridik shaxslarga undirib berilgan. Bo‘lim tomonidan I chorak davomida 6 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan ma’muriy bayonnoma tuzilib, natijasiga ko‘ra 6 nafar mas’ul xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi. Fuqarolarni qonuniy manfaatlarini ko‘zlab fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘uzor tumanlararo sudiga kiritilgan 3 ta da’vo arizasi qanoatlantirilib, 83 821 000 so’mlik da’vo arizalari qanoatlantirildi.1 ta Qarshi tumanlararo ma’muriy sudiga kiritilgan da’vo ariza qanoatlantirildi. Bundan tashqari adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning I choragi davomida Davlat xizmatlari markazi, Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hamda xususiy amaliyot bilan shug ullanuvchi notarial idora bilan birgalikda tumandagi MFY larni qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazildi. Yangi qabul qilingan qonun hujjatlari davlat organlari va tashkilotlarga yetkazilgan. Tumandagi davlat organlari, tashkilotlar, kollejlar, maktablar, mahalla fuqarolar yig‘inlari va nodavlat notijorat tashkilotlarida 2026-yilning 1-choragida jami 440 ta og‘zaki huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, yangi qabul qilinayotgan qonun, farmon va qarorlarning mazmun-mohiyatlari yuzasidan tushuntirishlar berilgan va 600 dan ortiq ta buklet va flayerlar tarqatilgan. Shuningdek, bo‘lim tomonidan ommaviy axborot vositalari orqali jami 36 ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan. Shundan, 12 tasi radio, 12 tasi gazetalar, 12 ta televideniyani tashkil qiladi. 322 ta targ‘ibot tadbirlari telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Dehqonobod tuman adliya huquqiy yangiliklar”, “Mahallalar+Adliya” kanallari hamda tuman adliya bo‘limining “Facebook” dagi sahifasi, instagramdagi “Dehqonobod adliya” va boshqa telegram guruhlari, vebsayt, elektron axborot vositalari orqali amalga oshirilgan.