Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning I-chorakda (3 oyi) mobaynida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmonining 6-bandida tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari har chorakda tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axborot taqdim etishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning 3 oyi davrida Chiroqchi tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati o‘rganildi.
Xususan, Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilda I, II, III, IV chorakda Chiroqchi tuman hokimi va Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining 1 ta normativ tusdagi qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib tegishli tartibda xulosalar berildi.
Bo‘lim tomonidan huquqni qo‘llash amaliyoti hamda inson huquqlari va boshqa sohalar bo‘yicha 1 marta o‘rganish hamda 13 marotaba monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlar davomida 09 ta tashkilot faoliyati qamrab olindi. O‘rganish va monitoringlar davomida 92 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib va ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 26 ta taqdimnomalar kiritilgan hamda ushbu taqdimnomalarga asosan 1 mlrd 800 ming so‘mdan ortiq miqdoridagi ish haqi va shunga tenglashtirilgan mablag‘lar undirilishi ta’minlanib, 15 ta hujjat qonunlarga zid ravishda qabul qilinganligi aniqlanib qonunchilkka muvofiqlashitirildi.
Shuningdek, adliya bo‘limiga joriy yilning yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan bevosita, elektron ( https://cabinetpm2.gov.uz, ishonch telifonlari orqali) jami 40 ta, “Huquqiy mahalla” platformasi orqali 24 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 50 ga yaqin murojaatlar hal etilgan.
Bo‘lim tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudiga fuqarolar manfaatini ko‘zlab, ish haqi va ustamalarni undirish yuzasidan 2 ta murojaat kiritilib, ulardan 1 tasi hozirda ko‘rib chiqish jarayonida turibdi. 3 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy qaror qabul qilish uchun tegishincha vakolatli idoralarga yuborilib barchasiga nisbatan ma’muriy javobgarlik masalalari hal etilgan.
Bo‘limning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan, huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Jumladan, 2026-yilning o‘tgan davrida bo‘lim tomonidan jami 616 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 50 tasi OAV orqali, 261 tasi og‘zaki, 302 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirilgan, targ‘ibotlar jarayonida jami 260 dan ortiq turli mazmundagi ko‘rgazmali tarqatma materiallar tarqatilib, ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan.
Targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 92 marotaba, ta’lim muassasalarida 76 marotaba, mehnat jamoalarida 69 marotaba va boshqa joylarda 86 marotaba o‘tkazilgan.
Mazkur o‘tkazilib kelinayotgan targ‘ibotlarning aksariyati yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa, shu bilan bir qatorda inson huquqlariga oid (xotin-qizlar huquqlari, voyaga yetmaganlar huquqlari), korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid va boshqa dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-mayda qabul qilingan PF-80 son Farmonida belgilab berilgan vazifalar bo‘yicha tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqarolardan “Huquqiy mahalla”platformasi orqali jami 20 dan ortiq murojaatlar olinib, ushbu arizalarning hammasi ijobiy hal etildi.
Aniqlangan huquqiy muammolardan tahlil qilinganda, ularning aksariyat qismi ish haqlari, ustamalar, ijtimoiy ta’minot va pensiya, nogironlikni belgilash, aliment va soliq imtiyozlarini qo‘llanilishi va turli imtiyozlar masalasidagi muammolarni tashkil etgan.
Shuningdek, adliya bo‘limi tomonidan tumanda “Ijtimoiy reestr”ga kiritilgan fuqarolarga tizimli ravishda huquqiy maslahatlar berib borilmoqda.
Sizga axborot tariqasida bildirilmoqda
Chiroqchi tumani adliya
bo‘limi boshlig‘i X.Yarbozorov