07.04.2026
Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yil 9 oy davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 1-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2026-yil 1-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 57 ta murojaatlarning barchasi hal etilgan bo‘lib, shundan 38ta qanoatlantirilgan, 16 ta huquqiy tushuntirish berilgan, 3 ta murojaaat ko‘rib chiqish jarayonida.
Murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko’rib chiqilgan.
Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2026-yilning 1-chorak davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 19 ta MFYlar qamrab olingan holda 21 marotaba sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan Xalq deputatlari Qarshi tuman Kengashining 1 ta normativ-huquqiy tusdagi qarorlari ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan va ijobiy xulosa berilgan.
Norma ijodkorligi va yuridik xizmat faoliyatini tashkil etish sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan 3 monitoringda qonunuzilishi holatlari aniqlanib, 3 ta taqdimnoma kiritildi “Ye-qaror” tizimi orqali hokim qarori va hokim farmoyishi doimiy nazorati olib borilishi ta’minlandi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2026-yilning 1 choragida jami 7ta tashkilotlarda 1 ta o‘rganish va 6ta monitoringlar o‘tkazilgan. O‘rganishlar natijasida jami 283ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan.
Qarshi tuman adliya bo’limi tomonidan 2026-yilning1-chorakda tegishli idoralargajami 23ta ta’sir choralari kiritilgan, shundan, 2 ta ma’muriy, 21 ta taqdimnomalar kiritilgan.
Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o’tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko’ra 2 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning 1-chorak davomida bo‘lim tomonidan jami 1 322 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 23 tasi OAV
orqali, 552 tasi og‘zaki, 195 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali, 552 tasi manzilli ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan.
Shundan, targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 145 marotaba, ta’lim muassasalarida 125 marotaba, mehnat jamoalarida 256 marotaba va boshqa joylarda 26 marotaba o‘tkazilgan.
Qarshi tuman adliya bo’limi tomonidan 2026-yilning 1 chorakda qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha 3 ta takliflar berildi.
Kelgusida yuqorida ko’rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilinadi.