Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
07.04.2026

Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 1-chorak davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 1-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

 

Bo‘lim tomonidan 2026-yil 1-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 42 ta murojaatlarning barchasi hal etilgan bo‘lib, shundan 42 ta yoki 85,5 foizi qanoatlantirilgan, 6 ta huquqiy tushuntirish berilgan. Murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko’rib chiqilgan.

 

Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2026-yilning 1-chorak davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda туманdagi 38 ta MFYlar qamrab olingan holda 8 marotaba sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

 

Kasbi tuman adliya bo‘limi томонидан Xalq deputatlari Kasbi tuman Kengashining normativ-huquqiy tusdagi qarorlari ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan bo’lib, qaror huquqiy ekspertizadan o’tkazilgan.

 

     O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

 

Bo‘lim tomonidan 2026-yilning 3 oyida jami 17 ta tashkilotlarda 1 ta o‘rganish va 11 ta monitoringlar o‘tkazilgan. O‘rganishlar natijasida jami 463 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan.

Kasbi tuman adliya bo’limi tomonidan 2026-yilning 3 oyida jami 24 ta ta’sir choralari ko’llanilgan bo’lib, shundan, 7 ta ma’muriy, 2 ta da’vo ariza, 15 ta taqdimnoma kiritilgan.

Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o’tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko’ra 7 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

 

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning 3 oyi davomida jami 784 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 47 tasi ommaviy axborot vositalari orqali, ijtimoiy tarmoqlar orqali 326 ta chiqishlar, 340 tasi og’zaki, 71 tasi yozma va ko’rgazmali huquqiy targ’ibot, 340 tasi manzilli targ’ibot va 153 tasi uyma-uy borib o’tkazilgan targ’ibot tadbirlaridan iboratdir.

Kasbi tuman adliya bo’limi tomonidan 2026-yilning 3 oyida qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha 3 ta takliflar berildi.

Kelgusida yuqorida ko’rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilaman.

 

Kasbi tuman

adliya bo‘limi boshlig‘i                                                A.Zoyirov


Рўйҳатга қайтиш