07.04.2026
Muborak tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 1-chorak davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Muborak tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 1-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2026-yil 1-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 35 ta murojaatlarning barchasi hal etilgan bo‘lib, shundan 29 ta yoki 94 foizi qanoatlantirilgan, 6 ta huquqiy tushuntirish berilgan. Murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko’rib chiqilgan. Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2026-yil 1-chorak davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 23 ta MFYlar qamrab olingan holda 5 marotaba sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Muborak tuman adliya bo‘limi tomonidan Xalq deputatlari Muborak tuman Kengashining 1 tа normativ-huquqiy tusdagi qarorlari ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan va ijobiy xulosa berilgan. Norma ijodkorligi va yuridik xizmat faoliyatini tashkil etish sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan monitoringda qonun buzilishi holatlari aniqlanmadi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2026-yil 1-chorak davomida jami 20 ta tashkilotlarda 3 ta o‘rganish va 16 ta monitoringlar o‘tkazilgan. O‘rganishlar natijasida jami 565 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan.
Muborak tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 1-chorak davomida jami 22 ta ta’sir choralari qo‘llanilgan bo’lib, shundan, 3 ta da’vo arizasi, 4 ta ma’muriy, 15 ta taqdimnoma kiritilgan.
Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 5 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 1-chorak davomida bo‘lim tomonidan jami 1373 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 42 tasi OAV orqali, 337 tasi og‘zaki, 369 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali, 625 tasi manzilli ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan.
Targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 217 marotaba, ta’lim muassasalarida 68 marotaba, mehnat jamoalarida 54 marotaba va boshqa joylarda 49 marotaba o‘tkazilgan.
Muborak tuman adliya bo’limi tomonidan 2026-yil 1-chorak davomida qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha 4 ta takliflar berildi.
Kelgusida yuqorida ko‘rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilaman