Kitob tuman adliya bo‘limining 2026 yil 1 choraki davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Kitob tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026 yil 1 choraki davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2026 yil 1 choraki davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 57 ta murojaatlarning 37 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 37 ta yoki 75 foizi qanoatlantirilgan, 13 ta huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 8 tasi joyiga chiqib o‘rganilgan).
O‘tkazilgan sayyor qabullar
Bo‘lim tomonidan 2026 yil 1 choraki davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 13 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.
O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 226 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 10 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, 9 tasi qanoatlantirilgan va 1 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi
1 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
1 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 1 ta o‘rganish va 20 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 22 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 537 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 18 ta taqdimnoma,
30 ta ogohnoma, 6 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy takliflar kiritildi.
Natijada
- 6 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, 355 850 000 so‘m pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.
- 4 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan xujjatlar bekor qilingan.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2026 yil 1 choraki davomida jami 758 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 41 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 122 tasi og‘zaki, 25 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 122 tasi manzilli targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.
Kitob tuman adliya
bo‘limi boshlig‘i A.Xoliyarov