Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
07.04.2026

Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning 1-chorak mobaynida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan MA’LUMOT

Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning
1-choragi mobaynida Shahrisabz shahrida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati o‘rganildi.

Xususan, Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilda Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining 1 ta hamda shahar hokimining 2 ta normativ tusdagi qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ijobiy xulosa berildi.

Bo‘lim tomonidan huquqni qo‘llash amaliyoti hamda inson huquqlari
va boshqa sohalar bo‘yicha 1 marta o‘rganish hamda 13 marta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlar davomida 4 ta tashkilot faoliyati qamrab olindi. O‘rganish va monitoringlar davomida 640 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib va ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan jami 23 ta taqdimnomalar kiritilgan hamda ushbu taqdimnomalarga asosan 891 ming
630 so‘m miqdoridagi ish haqi va shunga tenglashtirilgan mablag‘lar undirilishi ta’minlanib, 80 ta hujjatlar bekor qilindi.

Shuningdek, adliya bo‘limiga 2026-yilning 1-choragi mobaynida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 66 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan
49 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 7 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilgan, 10 ta murojaatlar hisobot davrida qoldiqda qolgan.

Bo‘lim tomonidan Fuqarolik ishlar bo‘yicha tumanlararo sudlariga jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab 4 ta 95 mln. so‘m miqdoridagi da’vo arizalari kiritilib, shundan 45 mln. so‘m miqdoridagi da’vo arizalari qanoatlantirilgan.

Bundan tashqari, 2 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ma’muriy qaror qabul qilish uchun tegishincha vakolatli idoralarga yuborilgan va 2 nafar shaxsning barchasiga nisbatan ma’muriy javobgarlik masalalari hal etilgan.

Bo‘limning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan, huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, 2026-yilning 1-choragi mobaynida bo‘lim tomonidan jami
763 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 25 ta OAV orqali, 247 ta og‘zaki, 465 ta ijtimoiy tarmoqlar orqali, 247 ta manzilli ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan.

Targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 80 marotaba, ta’lim muassasalarida
68 marotaba, mehnat jamoalarida 78 marotaba va boshqa joylarda 21 marotaba o‘tkazilgan.

Mazkur o‘tkazilib kelinayotgan targ‘ibotlarning aksariyati yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa, shu bilan bir qatorda inson huquqlariga oid (xotin-qizlar huquqlari, voyaga yetmaganlar huquqlari), korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid va boshqa dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Kelgusida yuqorida ko‘rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilaman.

 

 

Shahrisabz shahar adliya bo‘limi


Рўйҳатга қайтиш