Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
07.04.2026

Ko‘kdala tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil I choragi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmonining 6-bandida tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari har chorakda tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axborot taqdim etishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Ko‘kdala tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning 1-choragi davomida Ko‘kdala tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati o‘rganildi.

Bo‘lim tomonidan huquqni qo‘llash amaliyoti hamda inson huquqlari
va boshqa sohalar bo‘yicha 1 marta o‘rganish hamda 10 marta tahlil
va monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlar davomida 13 ta
tashkilot faoliyati qamrab olindi.

Olib borilgan o‘rganish va monitoringlar davomida 236 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 21 ta taqdimnoma kiritilib, kiritilgan taqdimnomalar natijasida 52 nafar jismoniy, 2 nafar tadbirkorlik subyektlarining buzilgan huquqlari tiklanib, ularning foydasiga 451 mln. so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qaytarildi. Taqdimnomaga asosan tashkilotlar tomonidan qabul qilingan 2 ta yuridik tusdagi hujjatlar bekor qilinib, 3 tasi amaldagi Qonun-hujjatlar talablariga muvofiqlashtirildi.

Aniqlangan qonun buzilish holatlari yuzasidan 4 nafar mas’ul shaxslar intizomiy javobgarlikka, 6 nafar mas’ul shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Shuningdek, adliya bo‘limiga 2026-yil I-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 46 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 33 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 6 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilgan va 3 ta murojaat hal etish uchun taalluqliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan.

Bo‘lim tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab sudlarga 33 mln. 656 ming so‘mlik da’vo arizalari kiritilib, shundan 21 mln. 252 ming so‘mlik da’vo arizalari qanoatlantirilgan.

Bo‘limning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan, huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, 2026-yil 1-choragi davomida bo‘lim tomonidan jami 544 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 37 tasi OAV orqali, 246 tasi og‘zaki, 227 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali, 246 tasi manzilli ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan.

Bo‘lim tomonidan mahallalarda 72 marotaba, ta’lim muassasalarida 47 marotaba, mehnat jamoalarida 66 marotaba va boshqa joylarda 61 marotaba Targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.

Mazkur o‘tkazilib kelinayotgan targ‘ibotlarning aksariyati yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa, shu bilan bir qatorda inson huquqlariga oid (xotin-qizlar huquqlari, voyaga yetmaganlar huquqlari), korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid va boshqa dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Kelgusida yuqorida ko‘rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilishi ma’lum qilaman.

 

Ko‘kdala tuman

adliya bo‘limi boshlig‘i                                                     Sh.I.Usmanov

 


Рўйҳатга қайтиш