Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
07.04.2026

Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 1-choragi mobaynida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmonining 6-bandida tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari har chorakda tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axborot taqdim etishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 1-choragi davomida Yakkabog‘ tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati o‘rganildi.

Xususan, Bo‘lim tomonidan 2026-yil 1-choragi davomida bo‘lim tomonidan tuman Xalq deputatlari kengashining normativ-huquqiy tusdagi 1 ta qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan o’tkazilib, ijobiy xulosalar berilib rozilik vizasi qo’yildi.

Bo‘lim tomonidan huquqni qo‘llash amaliyoti hamda inson huquqlari
va boshqa sohalar bo‘yicha 2 marta o‘rganish hamda 8 marta tahlil
va monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlar davomida 12 ta
tashkilot faoliyati qamrab olindi. O‘rganish va monitoringlar davomida 318 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib va ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan jami 18 ta taqdimnomalar kiritilgan hamda ushbu taqdimnomalarga asosan 129 mln. so‘m miqdoridagi ish haqi va shunga tenglashtirilgan mablag‘lar undirilishi ta’minlanib, 15 ta hujjatlar qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirilgan.

Shuningdek, adliya bo‘limiga joriy yilning 1-choragi mobaynida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 123 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 45 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 61 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilgan, 4 ta murojaatlar hisobot davrida qoldiqda qolgan va 11 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Bo‘lim tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudiga jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab 5 ta 146 mln.
797 ming so‘mlik da’vo arizalari kiritilib, shundan 5 mln.
632 ming so‘mlik da’vo arizalari qanoatlantirilgan. 3 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy qaror qabul qilish uchun tegishincha vakolatli idoralarga yuborilgan va 3 nafar shaxslarning barchasiga nisbatan ma’muriy javobgarlik masalalari hal etilgan.

Bo‘limning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan, huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, 2026-yil 1-choragi mobaynida bo‘lim tomonidan jami 634 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 49 tasi OAV orqali, 294 tasi og‘zaki, 266 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali, 294 tasi manzilli ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan.

Targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 110 marotaba, ta’lim muassasalarida
63 marotaba, mehnat jamoalarida 53 marotaba va boshqa joylarda 63 marotaba o‘tkazilgan.

Mazkur o‘tkazilib kelinayotgan targ‘ibotlarning aksariyati yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa, shu bilan bir qatorda inson huquqlariga oid (xotin-qizlar huquqlari, voyaga yetmaganlar huquqlari), korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid va boshqa dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Kelgusida yuqorida ko‘rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilaman.

 

Yakkabog‘ tuman
adliya bo‘limi boshlig‘i                                                      X.Nortojiyev

 


Рўйҳатга қайтиш