Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
12.01.2026

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining 2026-yil I va II choraklarga (I yarim yillikka) moʻljallangan

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi Hayʼat majlisining 2026-yil 9-yanvardagi
1/26-son bayoniga 1-ilova

 

 

Qashqadaryo  viloyat  adliya  boshqarmasining 2026-yil I va II choraklarga (I yarim yillikka) moʻljallangan

I Sh  R E J A S I*

 

Tadbir nomi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

Asos

Maqsad
(kutilayotgan natija)

Baholash**

I.  Ishlarni tashkillashtirish, boshqarma va uning tizimidagi boʻlimlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida

1.

Quyidagi adliya boʻlimlari, yuridik xizmat koʻrsatish va davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo‘limlari faoliyatini kompleks tekshirish:

- Kasbi tumani;

- Mirishkor tumani.

Natijasini hayʼat majlisida muhokama qilish.

 

 

 

 

may-

iyun

Boshliq buyrugʻiga muvofiq

Adliya boʻlimlari va uning tuzilmalari faoliyati boshqarma tomonidan soʻnggi uch yil mobaynida kompleks tekshirilmagan.

Adliya boʻlimlari va uning tuzilmalari faoliyatini qonuniy amalga oshirilishini taʼminlash hamda tizimli qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish.

3

II.  Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda intellektual mulk sohasida

2.

Viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlari faolliyatida, jumladan OTMlarining rasmiy va ijtimoiy tarmoqlari hamda ARM faoliyatlarida mualliflik huquqi va turdosh huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazish.

Natijasi boʻyicha tegishli taʼsir choralari koʻrish.

yanvar-

fevral

S.Raximov,

I.Sharapov

Mazkur sohada boshqarma tomonidan oxirgi uch yillikda o‘rganilmagan.

Intellektual mulk sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni notoʻgʻri va ziddiyatli qoʻllash amaliyotini va holatini o‘rganish.

3

3.

Quyidagi davlat tashkilotlari faoliyatida yuridik xizmat sohasidagi ishlarni tashkil etishda qonun hujjatlariga rioya etilishini oʻrganish:

- Milliy Gvardiya Qashqadaryo viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi hamda To‘rtinchi mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi;

- Qashqadaryo viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi hamda Sog‘liqni saqlash boshqarmasi G‘uzor maxsus tibbiy ombori.

Natijasi boʻyicha tegishli taʼsir choralari koʻrish.

 

 

 

 

mart,

 

 

 

aprel

S.Raximov,

S.Turapov

Mazkur sohada boshqarma tomonidan oxirgi uch yillikda oʻrganish va monitoring oʻtkazilmagan.

Yuridik xizmat sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʻminlash.

3

4.

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan davlat tashkilotlarining hujjatlarini
“E-huquqshunos” elektron tizimida “paket” usuli orqali qabul qilish tartibini joriy qilish.

may

S.Raximov,

S.Turapov

Tahlil natijasiga ko‘ra, xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar tomonidan ichki hujjatlarini (ariza, bildirgi, bayonnoma va boshqalar) yuritish raqamlashtirilmagan.

YXKMlar tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan davlat tashkilotlarining hujjatlarni yuritish jarayonini to‘liq raqamlashtirish.

1

5.

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xizmat ko‘rsatayotgan davlat tashkilotlar tomonidan xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish kiritish hamda bekor qilish bilan bog‘liq jarayonlarni avtomatlashtirish.

may

S.Raximov,

S.Turapov

Tahlil natijasiga ko‘ra, xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar tomonidan xo‘jalik shartnomalari tuzilgandan so‘ng, taraflar tomonidan shartnoma shartlarini bajarmaslik holatlari uchramoqda. YXKMlar tomonidan shartnoma loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng, uning bajarilishini joyiga chiqqan holda monitoring qilish uchun resurs (xodimlar soni) yetarli emas.

YXKMlar tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan davlat tashkilotlari tomonidan xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish kiritish va bekor qilish bilan bog‘liq jarayonlarda qonuniylikni ta’minlash hamda ushbu jarayonlarni raqamlashtirish orqali mavjud resurslardan samarali foydalanish.

1

6.

Biologik faol moddalarni olib kirish hamda ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma berish jarayonida intellektual mulk obyektlariga (tovar belgisi va sanoat namunasiga) boʻlgan huquqlarga rioya etilgani holatini o‘rganish.

O‘rganish natijasi yuzasidan ma’lumot tayyorlash va adliya vaziriga axborot berish.

may

S.Raximov,

I.Sharapov

Mazkur sohada oxirgi uch yillikda Sogʻliqni saqlash vazirligi va tizim tashkilotlarida o‘rganish va monitoring o‘tkazilmagan.

Biologik faol moddalarni olib kirish va ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma berish jarayonida intellektual mulk obyektlariga rioya etilishi holati yetarli darajada nazoratga olinmaganligi sababli shikoyatlar kelib tushmoqda.

Biologik faol moddalarni olib kirish va ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma berish jarayonida intellektual mulk obyektlariga rioya etilishi holatini o‘rganish.

3

III.  Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish hamda inson huquqlarini himoya qilish sohasida

7.

Fuqarolarning ko‘chmas mulkka
bo‘lgan huquqlarini to‘liq ta’minlash maqsadida “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligini o‘tkazish.

Natijasi boʻyicha Adiya vazirligiga axborot-tahliliy ma’lumotnoma kiritish.

yanvar-

fevral

S.Raximov, E.Ismoilov,

R.Raxmonov, tuman (shahar) adliya bo‘limlari

Tahlil natijasiga ko‘ra, hozirda respublika bo‘yicha 18 mingga yaqin ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lsada, unga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.

Oqibatda, ushbu ko‘chmas mulklar egalariga soliq qonunchiligi bo‘yicha uch karra soliq stavkasi qo‘llanilmoqda.

Respublikadagi 18 mingga yaqin ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ko‘maklashish orqali fuqarolarning mulk huquqlarini to‘liq ta’minlash hamda uch karra soliq to‘lanishini oldini olish

3

8.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Qashqadaryo viloyatdagi hududiy va tarkibiy tuzilmalari faoliyatida o‘rganish o‘tkazishni tashkil etish, bunda:

huquqni qoʻllash amaliyoti tahlil qilish;

vazifa va funksiyalari samaradorligini tahlil qilish;

faoliyatni takomillashtirish, shu jumladan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibini ishlab chiqish maqsadida ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish;

zaruratga ko‘ra sohani takomillashtirish bo‘yicha normative huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;

o‘rganish jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash.

Natijasi boʻyicha tegishli chora koʻrish hamda Adliya vazirligiga axborot-tahliliy ma’lumotnoma kiritish.

yanvar-

fevral

S.Raximov, A.Bekmamatov,

E.Ismoilov,

Sh.Bahronov,

S.Turapov,

I.Sharapov,

R.Raxmonov,

tuman (shahar) adliya bo‘limlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi faoliyati yuzasidan so‘nggi uch yil mobaynida kompleks o‘rganish va monitoring amalga oshirilmagan.

Nazorat tadbirlari muvofiqlashtirilmagan va huquqni qo‘llash amaliyoti tizimli tahlil etilmaganligi sababli vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish samaradorligini baholash imkoniyati cheklangan.

Bu esa nazorat tizimini kuchaytirish va me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida belgilangan me’yor va talablarning bajarilishini ta’minlash, vazifa va funksiyalarni amalga oshirish jarayonlarini soddalashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning belgilangan talablarga mosligini nazorat qilish orqali vazirlikning samarali va sifatli faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

3

9.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi Qashqadaryo viloyatdagi hududiy va tarkibiy tuzilmalari faoliyatida o‘rganish o‘tkazishni tashkil etish, bunda:

huquqni qoʻllash amaliyoti tahlil qilish;

vazifa va funksiyalari samaradorligini tahlil qilish;

faoliyatni takomillashtirish, shu jumladan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibini ishlab chiqish maqsadida ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish;

zaruratga ko‘ra sohani takomillashtirish bo‘yicha normative huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;

o‘rganish jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash.

Natijasi boʻyicha tegishli chora koʻrish hamda Adliya vazirligiga axborot-tahliliy ma’lumotnoma kiritish.

fevral-

mart

S.Raximov, A.Bekmamatov,

E.Ismoilov,

Sh.Bahronov,

S.Turapov,

I.Sharapov,

R.Raxmonov

Sohada Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan so‘nggi uch yil mobaynida Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyati yuzasidan kompleks o‘rganish va monitoring amalga oshirilmagan.

Nazorat tadbirlari muvofiqlashtirilmagan va huquqni qo‘llash amaliyoti tizimli tahlil etilmaganligi sababli inspeksiya xizmatlari sifati va agrosanoat loyihalarining samaradorligini baholash imkoniyati cheklangan.

Bu esa nazorat tizimini kuchaytirish va me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

Qishloq xo‘jaligi va agrosanoat sohasida belgilangan me’yor va talablarning bajarilishini ta’minlash, inspeksiya nazorat tadbirlarini qonuniylik asosida amalga oshirish hamda ishlab chiqarish va resurslardan foydalanish jarayonlarining belgilangan standartlarga mosligini nazorat qilish orqali xavfsiz, samarali va sifatli agrosanoat faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

3

10.

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Qashqadaryo viloyatdagi hududiy va tarkibiy tuzilmalari faoliyatida o‘rganish o‘tkazishni tashkil etish, bunda:

huquqni qoʻllash amaliyoti tahlil qilish;

vazifa va funksiyalari samaradorligini tahlil qilish;

faoliyatni takomillashtirish, shu jumladan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibini ishlab chiqish maqsadida ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish;

zaruratga ko‘ra sohani takomillashtirish bo‘yicha normative huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;

o‘rganish jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash.

Natijasi boʻyicha tegishli chora koʻrish hamda Adliya vazirligiga axborot-tahliliy ma’lumotnoma kiritish.

mart-

aprel

S.Raximov, A.Bekmamatov,

E.Ismoilov,

Sh.Bahronov,

S.Turapov,

I.Sharapov,

R.Raxmonov,

tuman (shahar) adliya bo‘limlari

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyati yuzasidan so‘nggi uch yil mobaynida kompleks o‘rganish va monitoring amalga oshirilmagan.

Nazorat tadbirlari muvofiqlashtirilmagan va huquqni qo‘llash amaliyoti tizimli tahlil etilmaganligi sababli qo‘mitaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish samaradorligini baholash imkoniyati cheklangan.

Bu esa nazorat tizimini kuchaytirish va me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

Avtomobil yo‘llari sohasida belgilangan me’yor va talablarning bajarilishini ta’minlash, vazifa va funksiyalarni amalga oshirish jarayonlarini soddalashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning belgilangan talablarga mosligini nazorat qilish orqali qo‘mitaning samarali va sifatli faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

3

11.

Xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash hamda oilaviy zo‘ravonlik holatlarini oldini olish maqsadida “Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari” huquqiy aksiyasini o‘tkazish.

Natijasi boʻyicha Adiya vazirligiga axborot-tahliliy ma’lumotnoma kiritish.

mart-

aprel

S.Raximov, E.Ismoilov,

R.Raxmonov, tuman (shahar) adliya bo‘limlari

So‘nggi paytlarda oilada ayollarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik holatlari ko‘payib bormoqda.

Shu bois, ushbu sohada fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirish hamda zo‘ravonlik holatlarini oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish zarurati yuzaga kelmoqda.

Xotin-qizlar huquqlari ta’minlanib, fuqarolar o‘rtasida oilaviy zo‘ravonlik holatlarini oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish

3

12.

Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi Qashqadaryo viloyatdagi hududiy va tarkibiy tuzilmalari faoliyatida o‘rganish o‘tkazishni tashkil etish, bunda:

huquqni qoʻllash amaliyoti tahlil qilish;

vazifa va funksiyalari samaradorligini tahlil qilish;

faoliyatni takomillashtirish, shu jumladan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibini ishlab chiqish maqsadida ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish;

zaruratga ko‘ra sohani takomillashtirish bo‘yicha normative huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;

o‘rganish jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash.

Natijasi boʻyicha tegishli chora koʻrish hamda Adliya vazirligiga axborot-tahliliy ma’lumotnoma kiritish.

aprel-

may

S.Raximov, A.Bekmamatov,

E.Ismoilov,

Sh.Bahronov,

S.Turapov,

I.Sharapov,

R.Raxmonov

Sohada Transport vazirligi tomonidan so‘nggi uch yil mobaynida inspeksiya faoliyati yuzasidan kompleks o‘rganish va monitoring ishlari amalga oshirilmagan.

Nazorat tadbirlarining muvofiqlashtirilmaganligi va huquqni qo‘llash amaliyotining tizimli tahlil qilinmaganligi tufayli inspeksiya xizmatlari sifatini baholash imkoniyati cheklangan.

Shu bilan birga, avtotransport harakati va yuk tashish jarayonlarida yetarli nazorat o‘rnatilmagan.

Avtotransport harakati va yuk tashish sohasida belgilangan talablarga rioya etilishini ta’minlash, nazorat tadbirlarini qonuniylik asosida amalga oshirish hamda transport vositalari texnik holatining belgilangan standartlarga mosligini ta’minlash orqali xavfsiz va sifatli transport xizmatlarini yo‘lga qo‘yish.

3

13.

Yoshlar, jumladan uyushmagan yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini aniqlash, o‘rganish va buzilgan huquqlarini tiklash, bolalar zo‘ravonligini oldini olish, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, bolalar va yoshlarning huquqlari kafolatlari ta’minlanishini yanada kuchaytirish maqsadida “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasini oʻtkazish.

Natijasi boʻyicha Adiya vazirligiga axborot-tahliliy ma’lumotnoma kiritish.

may-

iyun

S.Raximov, E.Ismoilov,

R.Raxmonov, tuman (shahar) adliya bo‘limlari

Maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari, shu jumladan jinsiy zo‘ravonlik holatlari soni ko‘payib bormoqda.

Shu bois, ta’lim muassasalarida va mahallalarda bolalar, pedagoglar va otaonalar o‘rtasida keng qamrovli tushuntirish hamda suhbatlar o‘tkazish maqsadga muvofiq.

Bolalar va yoshlar huquqlari davlat himoyasida ekanligini singdirish, bolalar va yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini oʻrganish, tahlil qilish va ularning buzilgan huquqlarini tiklash, bolalar zo‘ravonligini oldini olish, nogironligi bo‘lgan bolalar huquqlarini ta’minlash.

Shuningdek. bolalar va yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda bolalar va yoshlarning qiynab kelayotgan huquqiy muammolarga yechim topish.

3

IV.  Huquqiy xizmat koʻrsatishni tartibga solish, davlat xizmatlari koʻrsatilishi hamda FHDY sohasida

14.

Quyidagi FHDY boʻlimlari faoliyatini oʻrganish:

- Qarshi shahri va Muborak tumani;

- Dehqonobod va Chiroqchi tumanlari;

- Shahrisabz shahri va Shahrisabz tumani.

Natijasiga koʻra, taklif kiritish.

 

 

yanvar,

aprel-

iyun

T.Imomberdiyev, Sh.Xalilov

Vazirlar Mahkamasining
2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori.

FHDY boʻlimlari faoliyatini qonuniy amalga oshirilishini taʼminlash hamda tizimli qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish.

3

15.

“FHDYning yagona axborot elektron arxivi” axborot tizimidagi “Raqamlashtirish moduli” orqali tug‘ilish va o‘lim dalolatnoma yozuvlariga JShShIR biriktirish choralari ko‘rish.

yanvar-

iyun

T.Imomberdiyev, Sh.Xalilov,

tuman (shahar) FHDY bo‘limlari

Adliya vazirligining 2025-yil
1-iyuldagi 24/10-9268/8-son ko‘rsatma xati.

Barcha elektron tizimlarda fuqarolarning oila tarkibini to‘liq va to‘g‘ri shakllantirilishiga erishiladi.

1

16.

Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari va Oliy malaka komissiyalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartiblarini tahlil qilish.

Natijasi yuzasidan tahliliy ma’lumotnoma tayyorlash va Adliya vazirligiga taqdim etish.

mart

T.Imomberdiyev, O.Bo‘riyev

So‘nggi paytlarda malaka komissiyalari faoliyati yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek advokatlar tomonidan ham e’tirozlar ko‘payib bormoqda.

Malaka komissiyalar faoliyatidagi tizimli muammolarni aniqlanadi va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.

2

17.

Tuman (shahar) DXMlar orqali tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan firma nomlarini zahiraga olish xizmatlari ko‘rsatish holatlarini o‘rganish va bu boradagi xizmatlar sonini oshirish choralarini ko‘rish.

mart

T.Imomberdiyev, Sh.Xalilov,

tuman (shahar) DXMlari

Vazirlar Mahkamasining
2025-yil 6-fevraldagi 65-son qarori bilan tasdiqlangan “Firma nomlarini berish va ulardan foydalanish tartiblarini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.

Davlat xizmatlari ko‘rsatishda qo‘shimcha pullik xizmatlar tushumini oshirish.

1

18.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Qashqadaryo viloyat hududiy va tarkibiy tuzilmalari faoliyatida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ahvolini o‘rganish.

Natijasi yuzasidan tegishli ta’sir choralarini qo‘llash.

mart-

aprel*

T.Imomberdiyev,

Sh.Bahronov,

tuman (shahar) adliya bo‘limlari

Mazkur sohada boshqarma tomonidan oxirgi uch yillikda o‘rganilmagan.

Tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash hamda ortiqcha byurokratik talablarga chek qo‘yish.

3

19.

Quyidagi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini oʻrganish:

- Qarshi shahridagi D.Xolmanova, B.Axrorov, M.Umbarov, G‘uzor tumanidagi A.Xudayberdiyev;

- Nishon tumanidagi A.Zaripov, Qarshi tumanidagi A.Pirmatov, Shahrisabz shahridagi B.Ibrohimov va Chiroqchi tumanidagi I.Sheraliyev;

- G‘uzor tumanidagi I.Xamrayev, Qarshi shahridagi A.Begimov, Qamashi tumanidagi M.Mamatov va Yakkabog‘ tumanidagi A.Raximov.

Natijasiga koʻra, taklif kiritish.

 

 

 

mart-

aprel,

 

may,

 

 

 

iyun

T.Imomberdiyev, O.Bo‘riyev

“Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 228-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
27-iyuldagi 464-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning
12-bandiga koʻra notarius ish faoliyati belgilangan muddatlarda tekshirib boriladi.

Notariuslar faoliyatida notariat sohasidagi qonun hujjatlari talablariga amal qilinishi taʼminlash.

3

20.

Quyidagi advokatlik tuzilmalarida advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya talablari va shartlariga hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy yordam koʻrsatish davomida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi holatini oʻrganish:

- Koson tumanidagi “Koson advokatlik”, “Koson ishonch”, “Advokat Shukurov To‘lqin”, “Yuridik xizmat huquqiy himoya”, “Shohbek lawyer” advokatlik byurolari;

- G‘uzor tumanidagi “Kabilov Zakir Kenjaevich” advokatlik firmasi, “Inson huquqlari himoyasi”, “Miranda qoidasi”, “G‘uzor haqiqati ko‘zgusi” advokatlik byurolari;

- Qarshi shahridagi “Advokat adolat timsoli”, “Advokat adolat yog‘dusi”, “Sherzod Ergashevich himoyasi”, “Ravshanov Abdulaziz ximoyasi” advokatlik byurolari;

- Dehqonobod tumanidagi “Adolatparvar haqiqat” advokatlik firmasi, Chiroqchi tumanidagi “Chiroqchi huquqi”, “Adolatli Xumoyun”, “Chiroqchi madad maslahatchi” advokatlik byurolari.

Natijasiga koʻra, taklif kiritish.

 

 

 

 

 

 

 

 

mart,

 

 

 

 

aprel,

 

 

 

 

may,

 

 

 

 

iyun

T.Imomberdiyev, O.Bo‘riyev

Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomning 10-bandida advokatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek advokatlik tuzilmalari tomonidan taʼsis hujjatlariga, ustav faoliyatiga, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va tugatish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish belgilangan.

Advokatura sohasidagi qonun hujjatlari talablariga amal qilishiga hamda kelgusida aniqlangan kamchiliklarga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash.

3

21.

Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish harakatlarini qonuniyligi holatlarini o‘rganish.

may-
iyun

T.Imomberdiyev, Sh.Xalilov

Vazirlar Mahkamasining
2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomi.

DXM xodimlari tomonidan qonunchilik talablariga amal qilishlarini ta’minlanishiga erishish.

2

 

V.  Nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatida qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash hamda huquqiy axborot sohasida

 

22.

“Adliya aralashgach”, “Adliya — bir oy davomida” va “Bir murojaat izidan” nomli lavhalar, reportajlar, videoroliklar maqolalar tayyorlash va yoritish.

yanvar-

iyun

(reja-grafik asosida)

S.Raximov,

R.Raxmonov, boshqarma va uning tizimidagi boʻlimlari

Adliya organlari faoliyati bilan fuqarolarni yaqindan tanishtirish va fuqarolarga adliya organlari vakolatiga taalluqli muammolari yuzasidan murojaat qilish imkoniyatini shakllantirish.

Aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash.

4

23.

Nodavlat notijorat hamda diniy tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan 2025-yillik hisobotlarni oʻrganish va tahlil qilish.

Natijasi yuzasidan tegishli choralar koʻrish.

fevral-

mart

T.Imomberdiyev,

N.Sattarova

Boshqarmada roʻyxatdan oʻtgan 600 ta nodavlat notijorat hamda 189 ta diniy tashkilotlarning
2025-yil faoliyati qonuniyligi taqdim etilgan hisobotlari asosida oʻrganiladi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va ustav (nizom) talablariga rioya etilishini taʼminlash.

2

24.

Aholi va ish beruvchilar o‘rtasida norasmiy bandlikning salbiy oqibatlari hamda rasmiy mehnat munosabatlarining huquqiy va ijtimoiy afzalliklari haqida tizimli va ta’sirchan huquqiy targ‘ibotni tadbirlarini amalga oshirish.

fevral-

may

S.Raximov,

R.Raxmonov, boshqarma va uning tizimidagi boʻlimlari

Norasmiy bandlikning asosiy sabablaridan biri aholi va ish beruvchilarda rasmiy mehnat munosabatlarining huquqiy va ijtimoiy ahamiyati to‘g‘risida yetarli tushunchaning mavjud emasligi, shuningdek norasmiy mehnatning salbiy oqibatlari haqida axborot yetishmasligidir.

Shu munosabat bilan aholi va ish beruvchilar o‘rtasida tizimli va ta’sirchan huquqiy targ‘ibot ishlarini tashkil etish, rasmiy mehnat munosabatlarining afzalliklarini keng tushuntirish hamda norasmiy bandlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish orqali yashirin iqtisodiyot holatlarini kamaytirish zarurati yuzaga kelmoqda.

Aholi va ish beruvchilar o‘rtasida norasmiy bandlikning salbiy oqibatlari hamda rasmiy mehnat munosabatlarining huquqiy va ijtimoiy afzalliklari to‘g‘risida tizimli va ta’sirchan huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish orqali yashirin iqtisodiyot holatlarini kamaytirish, mehnat munosabatlarini qonuniylashtirish hamda fuqarolarning mehnat huquqlarini ishonchli himoya qilishdan iborat.

4

25.

Jamiyatda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, shuningdek spirtli ichimlik va giyohvand moddalar iste’moliga ruju qo‘ygan shaxslar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar hamda nizoli oilalar ulushi yuqori bo‘lgan mahallalarda huquqiy-ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirishga oid huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.

fevral-

may

S.Raximov,

R.Raxmonov, boshqarma va uning tizimidagi boʻlimlari

Viloyatda kriminogen vaziyati og‘ir sifatida 91 ta MFY qayd qilingan bo‘lib PQ-2 ga asosan boshqa HMQOlar tomonidan turli tadbirlar amalga oshirilmoqda, mazkur mahallalrda adliya organlari tomonidan aholi o‘rtasida tizimli huquqiy targ‘ibot ishlarini tashkil etish, xavf guruhiga kiruvchi shaxslar bilan manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish, mahalla instituti, adliya organlari, ichki ishlar, sog‘liqni saqlash va boshqa mutasaddi idoralar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish lozim bo‘ladi.

Jinoyatchilik va huquq buzarlikning kamayishiga, kriminogen vaziyati og‘ir sifatida qayd etilgan 91 ta MFYda ijtimoyi-ma’naviy muhitning yaxshilanishiga hamda aholi o‘rtasida adliya organlari imidjining oshishiga olib keladi.

4

26.

Bolaning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati hamda qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquq va erkinliklariga tahdid soluvchi har qanday xatti-harakatlarning oldini olishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy va profilaktik yo‘nalishdagi media materiallarni tayyorlash va keng targ‘ib qilish.

aprel

S.Raximov,

R.Raxmonov, boshqarma va uning tizimidagi boʻlimlari

Mamlakatda bolalar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mavjud bo‘lishiga qaramay, amaliyotda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, beparvolik, ruhiy ta’sir o‘tkazish, ekspluatatsiya qilish kabi holatlar hamon uchrayotganligi.

Shu bois bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va sha’ni daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan ogohlantiruvchi, profilaktik va ma’naviy-ma’rifiy media mahsulotlarni yaratish zarurati mavjud.

Bolalarning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishga qaratilgan huquqiy-ma’rifiy tushunchalarni jamiyat orasida keng targ‘ib etish, bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, ota-onalar hamda tarbiyachilarda huquqiy mas’uliyat va ogohlikni kuchaytirish hamda milliy va xalqaro huquqiy normalari, sog‘lom va xavfsiz tarbiya muhiti g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi media mahsulotlar orqali aholining huquqiy ongini yuksaltirish.

4

27.

Quyidagi nodavlat notijorat tashkilotlar faolyatida o‘rganish o‘tkazish:

- Qashqadaryo viloyat asalarichilar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Dzyudo federatsiyasi Qashqadaryo viloyat boʻlimi, Qarshi shahar “Bars”sport klubi;

- Oʻzbekiston “Oʻzbek jang sanʼati” federatsiyasi Qashqadaryo viloyat boʻlimi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat boʻlimi, Qashqadaryo viloyat “Ayollar maslahat markazi”.

Natijasi yuzasidan tegishli choralar ko‘rish.

 

 

 

aprel,

 

 

 

may

T.Imomberdiyev,

N.Sattarova

Mazkur tashkilotlar faoliyatida oxirgi 3 yillikda o‘rganish o‘tkazilmagan.

Tashkilotlar tomonidan qonun va ustav talablariga amal qilishiga olib keladi.

3

28.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish boshqarmalarining huquqiy targ‘ibot sohasida amalga oshirilgan ishlarini muvofiqlashtirish yuzasidan monitoring o‘tkazish.

mart-

aprel*

S.Raximov,

R.Raxmonov

Vazirlar Mahkamasining
342-son qarori ijrosini amalga oshirish (oxirgi 2-3 yilda ushbu tashkilotlarda bu borada monitoring o‘tkazilmagan).

Mazkur davlat boshqaruvi organlarining huquqiy targ’ibot sohasida faoliyatini muvofiqlashtirish, amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlarining samaradorligini tahlil qilish, mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2

29.

Onlayn davlat xizmatlarini olish bilan bog‘liq videoroliklar seriyasini tayyorlash va keng tarqatish.

may

S.Raximov,

R.Raxmonov, boshqarma va uning tizimidagi boʻlimlari

Onlayn davlat xizmatlari soni tobora ortib bormoqda. Biroq aholining barcha qatlamlari ushbu xizmatlardan samarali va to‘liq foydalana olmayapti. Buning asosiy sababi fuqarolarning raqamlashtirish bo‘yicha savodxonligi yetarli darajada emasligi, shuningdek, xizmatlardan foydalanish tartibi haqida tushunarli va sodda ma’lumotlarning kamligi.

Shu bois, onlayn davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonini bosqichmabosqich, oddiy va vizual shaklda tushuntirib beruvchi videoroliklar tayyorlash dolzarb hisoblanadi.

Onlayn davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonini bosqichma-bosqich, oddiy va vizual shaklda tushuntirib beruvchi videoroliklar tayyorlash dolzarb hisoblanadi.

Bunday videoroliklar mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga, aholining xabardorligini oshirishga va davlat xizmatlaridan foydalanish samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi.

4

30.

Qurilish faoliyatini amalga oshirishda zarur bo‘lgan ruxsatnomalarni olish tartibi, shuningdek, uy-joy sotib olayotganda fuqarolar e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan asosiy huquqiy jihatlar bo‘yicha aholiga sodda va tushunarli tilda ma’lumot berishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot va axborot tarqarish materiallari to‘plamini tayyorlash.

may

S.Raximov,

R.Raxmonov, boshqarma va uning tizimidagi boʻlimlari

Aholi o‘rtasida qurilish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur ruxsatnomalar olish tartibi, uy-joy sotib olish jarayonidagi huquqiy talablar va ularga rioya qilinmasligining oqibatlari haqida yetarli darajada ma’lumotga ega bo‘lmaslik holatlari saqlanib qolmoqda.

Mazkur bilim yetishmovchiligi ayrim fuqarolarning noqonuniy qurilish ishlarini boshlashi, hujjatlarni rasmiylashtirishda xatolarga yo‘l qo‘yishi, firibgarlik qurboniga aylanishi yoki kelgusida mulk huquqi bilan bog‘liq nizolarga duch kelishiga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli keng ommaga mo‘ljallangan tushuntirish va ogohlantiruvchi media mahsulotlar tayyorlash dolzarb vazifa hisoblanadi.

Aholining qurilish faoliyatini amalga oshirishda zarur bo‘lgan ruxsatnomalar, uy-joy oldisotdisi jarayonidagi muhim huquqiy talablar va firibgarlikdan himoyalanish bo‘yicha huquqiy savodxonligini oshirish.

Shuningdek, qurilishga ruxsat olish tartibi, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish va uy-joy xaridida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan asosiy jihatlar haqida sodda va tushunarli targ‘ibot materiallari orqali fuqarolarda ogohlik va mas’uliyatni kuchaytirish.

4

31.

Quyidagi diniy tashkilotlar faolyatida o‘rganish o‘tkazish:

- Qamashi tumanidagi Chim, Langar ota, Qishli, Mang‘it, Mir Alisher Navoiy, Sanchiqul, Qoratepa va O‘g‘lonjon ota;

- Nishon tumanidagi Tallimarjon, Xazrati Usmon, Munavvara, Navruz, Mulla Ungboy, Nishon.

Natijasi yuzasidan tegishli choralar ko‘rish.

 

 

may,

 

 

 

iyun

T.Imomberdiyev,

N.Sattarova

Mazkur diniy tashkilotlar faoliyatida oxirgi 3 yillikda o‘rganish o‘tkazilmagan.

Diniy tashkilotlar tomonidan qonun va ustav talablariga amal qilishiga olib keladi.

3

 

VI.  Boshqa sohalarda

32.

“Ruhiy salomatlik-sog‘lom ish muhiti” seminar dasturi yuzasidan interaktiv formatda nazariya va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish.

har chorakda

A.Rajabov,

tuman (shahar) adliya bo‘limlari

Professional psixolog ishtirokida 1,5-2 soatlik interaktiv formatda nazariya va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish.

Xodimlar fuqarolar bilan ishlash jarayoni e’tiborli va mas’uliyat bo‘lishadi hamda fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatiladi.

1

 

            Izoh: Mazkur ish rejaning 18 va 28-bandlari ijrosi bir vaqtda amalga oshiriladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining 2026 yil I va II choraklarga
(I yarim yillikka) moʻljallangan ish rejasiga ilova       

 

Ish rejada belgilangan tadbirlarni baholash yoʻnalishlari va mezonlari jadvali

 

Yoʻnalish raqami

Baholanayotgan yoʻnalish nomi

Yoʻnalishning baholash mezonlari**

Mezonni belgilash uchun taqqoslanuvchi koʻrsatkichlar

Myezon boʻyicha maksimal bali

Yoʻnalish bali

1

Adliya organlari va muassasalari faoliyatini tahlil qilish

Faoliyati baholanganligi

adliya boʻlimlari soni bilan baholangan adliya boʻlimlari soni

50

100

Tizimli tahlil amalga oshirilganligi

tahlil soni bilan tizimli amalga oshirilgan tahlil soni

25

Muddatga rioya qilish

rejalashtirilgan muddat bilan amalga oshirilgan muddat

25

2

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi, tahliliy maʼlumot va boshqa takliflar

Taklifning asoslanganligi

loyihada nazarda tutilgan jami qismlar bilan loyihaning NHH va faktlar bilan asoslangan qismlari

25

100

Taklifda muammoni tizimli va asl sabablarini bartaraf qilish nazarda tutilganligi

loyiha soni bilan loyihada tizimli va asl sabablarini bartaraf qilish nazarda tutilganligi

25

Taklif boʻyicha asoslantirishda taklif amaliyotga kiritilgandan soʻng kutilayotgan ijobiy natija aks etganligi

loyiha soni bilan loyihada kutilayotgan ijobiy natija (foiz, miqdor va boshqalarda) nazarda tutilganligi

25

Muddatga rioya qilish

rejalashtirilgan muddat bilan amalga oshirilgan muddat

25

3

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish (tekshirish, oʻrganish, monitoring va boshqalar) natijasida taʼsir choralar koʻrish

Oʻrganish qamrovi

savolnomadagi band soni bilan ularning har bir boʻyicha asoslar soni

20

100

Qonunbuzilishning asoslanganligi

qonun buzilishlar soni bilan NHH va faktlarga asoslangan qonunbuzilishlar soni

20

Qonunbuzilishni bartaraf qilinganligi

bartaraf qilinishi lozim boʻlgan qonunbuzilishlar soni bilan ularning bartaraf qilinganlari soni

20

Javobgarlik choralari qoʻllanilishi

javobgarlik tortilishi lozim boʻlgan shaxslar soni bilan javobgarlikka tortilgan shaxslar soni

20

Muddatga rioya qilish

rejalashtirilgan muddat bilan amalga oshirilgan muddat

20

4

Koʻrsatkichlar va vazifalar bajarilganligi

Koʻrsatkichlar-vazifalar bajarilganligi

normativ va ichki hujjatlar hamda rejadagi koʻrsatkichlar bilan bajarilgan koʻrsatkichlar miqdori

75

100

Muddatga rioya qilish

rejalashtirilgan muddat bilan amalga oshirilgan muddat

25

 

Izoh:

* Ish rejada nazarda tutilgan tadbirlar adliya boshqarmasining mavjud bino, moliyaviy mablagʻlari va moddiy-teknik vositalari doirasida amalga oshiriladi. Alohida resurslar talab qilinmaydi.

** Mezon balini aniqlash ikkinchi koʻrsatkichni (amalga oshirilgan ishlar boʻyicha koʻrsatkich miqdorini) mezon boʻyicha maksimal ballga koʻpaytirish, mazkur natijani birinchi koʻrsatkichga boʻlish orqali amalga oshiriladi. Bunda, agar ikkinchi koʻrsatkich birinchi koʻrsatkichdan katta boʻlsa, ikkinchi koʻrsatkich miqdori birinchi koʻrsatkichga teng qilib olinadi.


Рўйҳатга қайтиш