Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
15.07.2025

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining 2025-yil III va IVchoraklarga (II yarim yillikka) moʻljallangan ish rejasi

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi Hayʼat majlisining 2025-yil 14-iyuldagi
6/25-son bayoniga 1-ilova

Qashqadaryo  viloyat  adliya  boshqarmasining 2025-yil III va IVchoraklarga (II yarim yillikka) moʻljallangan

I Sh  R E J A S I*

Tadbir nomi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

Asos

Maqsad
(kutilayotgan natija)

Baholash**

I.  Ishlarni tashkillashtirish, boshqarma va uning tizimidagi boʻlimlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida

1.

Quyidagi adliya boʻlimlari, yuridik xizmat koʻrsatish va davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo‘limlari faoliyatini kompleks tekshirish:

- G‘uzor tumani;

- Yakkabog‘ tumani;

- Kitob tumani.

Natijasini hayʼat majlisida muhokama qilish.

avgust,

noyabr-

dekabr

Boshliq buyrugʻiga muvofiq

Adliya boʻlimlari va uning tuzilmalari faoliyati boshqarma tomonidan soʻnggi uch yil mobaynida kompleks tekshirilmagan.

Adliya boʻlimlari va uning tuzilmalari faoliyatini qonuniy amalga oshirilishini taʼminlash hamda tizimli qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish.

3

II.  Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda intellektual mulk sohasida

2.

Iste’mol tovarlari, dori vositalari, tibbiy buyum va tibbiy texnika hamda mualliflik huquqi (turdosh huquqlar) obyektlarini realizatsiya qilish jarayonida intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha nazorat xaridlarini o‘tkazish.

iyul-

dekabr

S.Raximov,

I.Sharapov

Savdo ob’yektlarida kontrafakt mahsulotlarning realizatsiyasi bilan bog‘liq holatlarning mavjudligi.

Intellektual mulk huquqlari sohasidagi qonunbuzilish holatlarini oldini olish.

2

3.

Qashqadaryo viloyati boʻyicha Gʼaznachilik boshqarmasi hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali faoliyatida yuridik xizmat sohasidagi ishlarni tashkil etishda qonun hujjatlariga rioya etilishini oʻrganish.

Natijasi boʻyicha tegishli taʻsir choralari koʻrish.

avgust-

sentabr

S.Raximov,

S.Turapov

Mazkur sohada boshqarma tomonidan oxirgi uch yillikda oʻrganish va monitoring oʻtkazilmagan.

Yuridik xizmat sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʻminlash.

3

4.

Butunjahon intellektual mulk tashkilotining mualliflik huquqi bo‘yicha shartnomasi (Jeneva, 1996-yil 20-dekabr) bo‘yicha majburiyatlarning O‘zbekiston Respublikasida bajarilishi yuzasidan monitoring o‘tkazish hamda tahliliy ma’lumotnoma tayyorlash va Adliya vazirligiga kiritish.

oktabr

S.Raximov,

I.Sharapov

O‘zbekiston Respublikasi ushbu xalqaro shartnomaga 2019-yilda qo‘shilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar majburiyatlar bajarilishi holati o‘rganilmagan.

Xalqaro shartnoma bo‘yicha belgilangan majburiyatlar bajarilishini o‘rganish hamda mualliflik huquqi obyektlarini internet axborot makonida himoyasini ta’minlash.

2

5.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi hamda Toifalangan obʼektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligi 99150-harbiy qism faoliyatida yuridik xizmat sohasidagi ishlarni tashkil etishda qonun hujjatlariga rioya etilishini oʻrganish.

Natijasi boʻyicha tegishli taʻsir choralari koʻrish

oktabr-noyabr

S.Raximov,

S.Turapov

Mazkur sohada boshqarma tomonidan oxirgi uch yillikda oʻrganish va monitoring oʻtkazilmagan.

Yuridik xizmat sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʻminlash.

3

III.  Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish, inson huquqlarini himoya qilish,

Prezident hujjatlari ijrosini nazorat qilish huquqiy hamda targʻibot sohasida

6.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami huquqlarini himoya qilishga qaratilgan “huquqiy ko‘mak” aksiyasini o‘tkazish.

Natijasi boʻyicha Adiya vazirligiga axborot-tahliliy ma’lumotnoma kiritish.

avgust

S.Raximov, E.Ismoilov,

R.Raxmonov, tuman (shahar) adliya bo‘limlari

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga nisbatan qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va kafolatlarning qo‘llanmaslik holatlari bo‘yicha tegishli murojaatlar kelib tushmoqda.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida “huquqiy ko‘mak” aksiyasini tashkil etish orqali ularning huquqlari kafolatlari ta’minlanishi kuchaytiriladi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida qonunchilik hujjatlari ijrosi holati va amaliyoti o‘rganiladi, muammosi mavjud shaxslarga amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi hamda aniqlangan muammo va kamchiliklar bartaraf etilib, sohani takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqiladi.

4

7.

O‘rmon xo‘jaligi agentligi Qashqadaryo viloyatdagi hududiy va tarkibiy tuzilmalari faoliyatida o‘rganish o‘tkazishni tashkil etish, bunda:

huquqni qoʻllash amaliyoti;

davlat boshqaruvi tizimining samaradorligi;

qonunchilik hujjatlari (shu jumladan Prezident hujjatlari) va topshiriqlarning bajarilishi;

inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyat yo‘nalishlari;

ma’muriy tartib-taomillarga rioya etilishi va davlat xizmati ko‘rsatish holati;

tartibga solish ta’sirini baholash, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va norma ijodkorligi faoliyati;

yuridik xizmat faoliyatini;

intellektual mulk sohasi;

huquqiy targ‘ibotni amalga oshirilishini o‘rganish.

Natijasi boʻyicha tegishli chora koʻrish hamda Adliya vazirligiga axborot-tahliliy ma’lumotnoma kiritish.

avgust-sentabr

S.Raximov, A.Bekmamatov,

F.Qurbonov,

E.Ismoilov,

Sh.Bahronov,

S.Turapov,

I.Sharapov,

R.Raxmonov,

tegishli tuman (shahar) adliya bo‘limlari

Bugungi kunda o‘rmonlarning kamayib borishi va tabiiy tiklanish
sur’atining pastligi, davlat o‘rmon fondi yerlarida noqonuniy kesish, o‘rmon xo‘jaligi ko‘chatzorlarining yetarli rivojlanmaslik holatlari mavjud. 2030-yilgacha 1,7 mln gektar yerda o‘rmonzorlar tashkil etish bo‘yicha Prezident qarori mavjud bo‘lsa-da, ayrim hududlarda rejalashtirilgan ishlar amalga oshirilmayapti.

O‘rmon xo‘jaligi agentligi
faoliyatini o‘rganish natijasida agentlik faoliyatidagi mavjud tizimli muammo va kamchiliklarni aniqlash, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish o‘rmon xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorat
mexanizmlarini kuchaytiriladi.

3

8.

Eksportni rag‘batlantirish agentligi Qashqadaryo viloyatdagi hududiy tuzilmalari faoliyatida o‘rganish o‘tkazishni tashkil etish, bunda:

huquqni qoʻllash amaliyoti;

davlat boshqaruvi tizimining samaradorligi;

qonunchilik hujjatlari (shu jumladan Prezident hujjatlari) va topshiriqlarning bajarilishi;

inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyat yo‘nalishlari;

ma’muriy tartib-taomillarga rioya etilishi va davlat xizmati ko‘rsatish holati;

tartibga solish ta’sirini baholash, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va norma ijodkorligi faoliyati;

yuridik xizmat faoliyatini;

intellektual mulk sohasi;

huquqiy targ‘ibotni amalga oshirilishini o‘rganish.

Natijasi boʻyicha tegishli chora koʻrish hamda Adliya vazirligiga axborot-tahliliy ma’lumotnoma kiritish.

avgust-sentabr

S.Raximov, A.Bekmamatov,

F.Qurbonov,

E.Ismoilov,

Sh.Bahronov,

S.Turapov,

I.Sharapov,

R.Raxmonov

Hududiy tuzilmalar faoliyatida takrorlanuvchi vazifa va funksiyalar mavjudligi,  shuningdek vazifa va funksiyalarning amalga oshirish jarayonida ortiqcha byurokratik to‘siqlar mavjudligi holatlari uchramoqda.

Hududiy tuzilmalar faoliyatida takrorlanuvchi vazifa va funksiyalarni qisqartirish, vazifa va funksiyalarning amalga oshirish jarayonida ortiqcha byurokratik to‘siqlarni qisqartirish.

3

9.

Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qashqadaryo viloyat hududiy va tarkibiy tuzilmalari faoliyatida o‘rganish o‘tkazishni tashkil etish, bunda:

huquqni qoʻllash amaliyoti;

davlat boshqaruvi tizimining samaradorligi;

qonunchilik hujjatlari (shu jumladan Prezident hujjatlari) va topshiriqlarning bajarilishi;

inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyat yo‘nalishlari;

ma’muriy tartib-taomillarga rioya etilishi va davlat xizmati ko‘rsatish holati;

tartibga solish ta’sirini baholash, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va norma ijodkorligi faoliyati;

yuridik xizmat faoliyatini;

intellektual mulk sohasi;

huquqiy targ‘ibotni amalga oshirilishini o‘rganish.

Natijasi boʻyicha tegishli chora koʻrish hamda Adliya vazirligiga axborot-tahliliy ma’lumotnoma kiritish.

sentabr-oktabr

S.Raximov, A.Bekmamatov,

F.Qurbonov,

E.Ismoilov,

Sh.Bahronov,

S.Turapov,

I.Sharapov,

R.Raxmonov, tuman (shahar) adliya bo‘limlari

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan aholining sanitariya-gigiyena talablari, epidemiyaga qarshi choralar, oziq-ovqat xavfsizligi va infeksion kasalliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilayotgan nazorat faoliyati huquqiy jihatdan yetarli darajada barqaror va samarali emasligi kuzatilmoqda.

Profilaktika va gigiyenaga oid targ‘ibot materiallari eskicha, yetarli interaktivlik yo‘q, sanitariya holati, epidemiologik holat, infeksiya tarqalishi bo‘yicha yagona va to‘liq ma’lumot bazasi mavjud emas.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va uning hududiy tuzilmalari faoliyatini o‘rganish natijasida:

sanitariya-gigiyena va jamoat salomatligi sohasida amaldagi huquqni qo‘llash amaliyotida muammolar bartaraf etiladi;

huquqiy hujjatlardagi eskirgan yoki zamonaviy ehtiyojlarga javob bermaydigan normalarni qayta ko‘rib chiqiladi;

sohada yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish hamda ma’sul organlar vakolatlari va mas’uliyatini aniq belgilash;

jamiyat sog‘liqni saqlash tizimi va fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash masalalari bo‘yicha idoralararo hamkorlikni rivojlantirish.

3

10.

Energetika vazirligi Qashqadaryo viloyat hududiy va tarkibiy tuzilmalari faoliyatida o‘rganish o‘tkazishni tashkil etish, bunda:

huquqni qoʻllash amaliyoti;

davlat boshqaruvi tizimining samaradorligi;

qonunchilik hujjatlari (shu jumladan Prezident hujjatlari) va topshiriqlarning bajarilishi;

inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyat yo‘nalishlari;

ma’muriy tartib-taomillarga rioya etilishi va davlat xizmati ko‘rsatish holati;

tartibga solish ta’sirini baholash, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va norma ijodkorligi faoliyati;

yuridik xizmat faoliyatini;

intellektual mulk sohasi;

huquqiy targ‘ibotni amalga oshirilishini o‘rganish.

Natijasi boʻyicha tegishli chora koʻrish hamda Adliya vazirligiga axborot-tahliliy ma’lumotnoma kiritish.

oktabr

S.Raximov, A.Bekmamatov,

F.Qurbonov,

E.Ismoilov,

Sh.Bahronov,

S.Turapov,

I.Sharapov,

R.Raxmonov,

tuman (shahar) adliya bo‘limlari

Boshqarma faoliyatida takrorlanuvchi vazifa va funksiyalar mavjudligi,  shuningdek vazifa va funksiyalarning amalga oshirish jarayonida ortiqcha byurokratik to‘siqlar mavjudligi holatlari uchramoqda.

Boshqarma faoliyatida takrorlanuvchi vazifa va funksiyalarni qisqartirish, vazifa va funksiyalarning amalga oshirish jarayonida ortiqcha byurokratik to‘siqlarni qisqartirish.

3

11.

Ko‘p qavatli uylarga tutash hududlarni boshqaruv kompaniyalariga berish bo‘yicha hokimlarning qarorlarini o‘rganish hamda qonunga zid ravishda qabul qilingan qarorlarni bekor qilish choralarini ko‘rish.

noyabr

S.Raximov, A.Bekmamatov

Davlat Rahbari tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida sport maydonchalari va bolalar o‘yingohlari, uylar orasidagi yashil hududlar qurilish uchun berib yuborilayotganidan odamlar noroziligi tandiq qilingan.

Hokimlar tomonidan ko‘p qavatli uylarga tutash hududlarni boshqaruv kompaniyalariga berish bo‘yicha qonunchilikka zid ravishda qabul qilingan qarorlarni bekor qilish.

3

12.

Yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini aniqlash, o‘rganish va hal etish, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, yoshlar ongida qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish maqsadida “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasini o‘tkazish.

Aksiya natijasi boʻyicha Adliya vazirligiga axborot berish.

noyabr

S.Raximov, E.Ismoilov,

R.Raxmonov,

tuman (shahar) adliya bo‘limlari

Yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini aniqlash, o‘rganish hamda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, yoshlar ongida qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi Ushbu “huquqiy ko‘mak” aksiyasini tashkil etish orqali bolalar va yoshlarning huquqlari kafolatlari ta’minlanishi yanada kuchaytiriladi.

Yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini aniqlash, o‘rganish, tahlil qilish va hal etish, jamiyatda yoshlar rolini oshirish hamda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, yoshlar ongida qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish va ularning milliy vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirish hisoblanadi.

4

IV.  Huquqiy xizmat koʻrsatishni tartibga solish, davlat xizmatlari koʻrsatilishi, FHDY hamda raqamlashtirish sohasida

13.

Quyidagi FHDY boʻlimlari faoliyatini oʻrganish:

- Qamashi tumani;

- Koson va

Qarshi tumanlari;

- Ko‘kdala va

Nishon tumanlari.

Natijasiga koʻra, taklif kiritish.

iyul,

avgust-sentabr,

oktabr-noyabr

T.Imomberdiyev, Sh.Xalilov

Vazirlar Mahkamasining
2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori.

FHDY boʻlimlari faoliyatini qonuniy amalga oshirilishini taʼminlash hamda tizimli qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish.

3

14.

“FHDYning yagona axborot elektron arxivi” axborot tizimidagi “Raqamlashtirish moduli” orqali tug‘ilish va o‘lim dalolatnoma yozuvlariga JShShIR biriktirish choralari ko‘rish.

iyul-

noyabr

T.Imomberdiyev, Sh.Xalilov,

tuman (shahar) FHDY bo‘limlari

Adliya vazirligining 2025-yil 1-iyuldagi 24/10-9268/8-son ko‘rsatma xati.

Barcha elektron tizimlarda fuqarolarning oila tarkibini to‘liq va to‘g‘ri shakllantirilishiga erishiladi.

1

15.

Quyidagi advokatlik tuzilmalarida advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya talablari va shartlariga hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy yordam koʻrsatish davomida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi holatini oʻrganish:

Qarshi shahridagi:

- “Nasaf huquq maslahatchi” advokatlar hay’ati;

- “Yusupov Himoyasi” advokatlik byurosi;

- “Huquqiy protsess” advokatlik byurosi;

- “Xodjaev Axtam himoyasi” advokatlik byurosi;

Qarshi shahridagi:

- “Advokat haqiqat tayanchi” advokatlik byurosi;

- “Ishonchli himoya mezoni” advokatlik byurosi;

- “Nur himoyasida” advokatlik byurosi”;

- “Jasur huquqiy himoyasi” advokatlik byurosi;

Qarshi shahridagi:

- “Otaxon qonun himoyachi” advokatlik firmasi;

- “Feniks advokatlari” advokatlik firmasi;

- “Adolat” advokatlik firmasi;

- “Alyans” advokatlik firmasi;

Qamashi tumanidagi:

- “Ong adolat til haqiqat” advokatlik byurosi;

- “Huquq samarasi” advokatlik byurosi;

Yakkabog‘ tumanidagi:

- “Advokat Behzod Saidov” advokatlik byurosi;

- “Yakkabog‘ adolat himoyasi” advokatlik byurosi.

Natijasiga koʻra, taklif kiritish.

avgust,

sentabr,

oktabr,

noyabr

T.Imomberdiyev, O.Bo‘riyev

Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomning 10-bandida advokatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek advokatlik tuzilmalari tomonidan taʼsis hujjatlariga, ustav faoliyatiga, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va tugatish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish belgilangan.

Advokatura sohasidagi qonun hujjatlari talablariga amal qilishiga hamda kelgusida aniqlangan kamchiliklarga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash.

3

16.

Quyidagi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini oʻrganish:

- Shahrisabz shahridagi D.Xayrulloyeva, Yakkabog‘ tumanidagi D.Turayeva va Koson tumanidagi M.Amanova;

- Shahrisabz tumanidagi D.Jamolova, Qarshi shahridagi M.Allanova va M.Muxammadiyeva;

- Yakkabog‘ tumanidagi Y.Turdiyeva, Muborak tumanidagi G.Oqmamatova va Chiroqchi tumanidagi M.Pattayeva;

- Mirishkor tumanidagi F.Xamidov, Qarshi shahridagi I.Yakubov va U.Turdiyev.

Natijasiga koʻra, taklif kiritish.

avgust,

sentabr,

noyabr,

dekabr

T.Imomberdiyev, O.Bo‘riyev

“Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 228-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
27-iyuldagi 464-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning
12-bandiga koʻra notarius ish faoliyati belgilangan muddatlarda tekshirib boriladi.

Notariuslar faoliyatida notariat sohasidagi qonun hujjatlari talablariga amal qilinishi taʼminlash.

3

17.

Viloyatning olis va chekka hududlarida yashovchi aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida onlayn davlat xizmatlaridan foydalanishlarini ta’minlash maqsadida, tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan “MY.GOV.UZ BILAN YANADA OSON!!!” shiori ostida bepul aksiya oʻtkazish.

avgust-sentabr

T.Imomberdiyev, Sh.Xalilov,

tuman (shahar) DXMlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80 son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risida”gi nizom.

Aholini, ayniqsa yoshlarni Mobil-ID tizimidan identifikatsiyadan o‘tkazgan holda, ularni onlayn davlat xizmatlaridan foydalanishlariga erishish.

1

18.

Notariuslar tomonidan:

2024-yil hamda 2025-yilning 1-yarim yilligi davomida notariuslar tomonidan ko‘chmas mulk va avtomototransport vositasi oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirishda mol-mulklarga nisbatan taqiq va xatlovlar mavjudligini tekshirish holatlarini;

2022-2024-yillar hamda 2025-yilning 1-yarim yilligi davomida notariuslar tomonidan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma berish holatlarini o‘rganish.

Natijasi yuzasidan tegishli choralar qo‘llab, tahliliy ma’lumotnomani Adliya vazirligiga kiritish.

avgust

oktabr

T.Imomberdiyev, O.Bo‘riyev

Notariuslar tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq notarial harakatlar rasmiylashtirilganda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali mol-mulklarga taqiq va xatlovlar tekshirilishi lozim.

Shuningdek, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma berish holatlari 2019-2021-yillarda tahlil qilingan bo‘lib, so‘nggi uch yil mobaynida notariuslar tomonidan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma berish holatlarini o‘rganish zarurati mavjud.

Notariuslar tomonidan notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi, shu jumladan, notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, notarial harakatlar maxfiyligiga va notarius qasamyodiga rioya qilinish holatini o‘rganish.

1

19.

Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida davlat xizmatlari ko‘rsatilishida belgilangan muddatlarga hamda rad etish talablariga rioya etilganligi holatini tahlil qilish.

Natijasi boʻyicha tegishli choralarni koʻrish.

oktabr- noyabr

T.Imomberdiyev, Sh.Bahronov

Mazkur sohada boshqarma tomonidan oxirgi bir yillikda o‘rganilmagan.

Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan  Davlat uy-joy fondi obyektini xususiylashtirish bo‘yicha ariza yuborish davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari ijro qilinishi holati va amaliyoti tahlil qilinadi muammo va kamchiliklar bartaraf etilib, sohani takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqiladi.

3

20.

Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi xodimlarining fuqarolarga rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish holatlarini o‘rganish.

noyabr

T.Imomberdiyev, Sh.Xalilov

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-son qarori bilan tasdiqlangan “Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”

Davlat xizmatlari ko‘rsatishdagi xatoliklarni bartaraf etish va yo‘l qo‘ymaslikka erishish.

1

21.

Boshqarma va uning tizimidagi tuzilmalarda kompyuter va tarmoq qurilmalarini inventarizatsiya (xatlov)dan o‘tkazish

noyabr

A.Ergashev
G‘.Suyarov

ISO/IEC 27001:2022 xalqaro standarti talablariga muvofiq axborot va kiberxavfsizlik talablarini bajarish.

Boshqarma va uning tizimidagi tuzilmalarda kompyuter va tarmoq qurilmalarini inventarizatsiyadan o‘tkazib, har qanday qurilmalarni tarmoqqa ishlashida administrator tomonidan ruxsat berish tizimini joriy etish.

1

V.  Nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatida qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash hamda huquqiy axborot sohasida

22.

Aholi o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida “Men jinoyatchilikka qarshiman”, “Korrupsiya-jamiyat kushandasi”, “Huquqbuzarliklarga birgalikda kurashamiz” mavzularida davra suhbati va seminarlar tashkil etish.

iyul-

dekabr

(reja-grafik asosida)

S.Raximov,

R.Raxmonov, boshqarma va uning tizimidagi boʻlimlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash.

Mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish.

4

23.

Ommaviy huquqiy bloglar va podkastlar” tashkil etish.

iyul-

dekabr

(reja-grafik asosida)

S.Raximov,

R.Raxmonov, boshqarma tarkibiy bo‘linmalari

Huquqiy mavzularda mutaxassislar bilan suhbatlar, intervyular va savol-javoblar tashkil qilish hamda video/audio podkastlar, YouTube va Instagram sahifalari orqali yoritib borish.

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, ularni huquqbuzarliklardan ogoh etish va jamiyatda o‘z o‘rnini topishga bo‘lgan intilishini kuchaytirish.

4

24.

“Men Vatanimning yuziman” nomli targ‘ibot kampaniyasini tashkil etish.

iyul-

noyabr

S.Raximov,

R.Raxmonov, boshqarma va uning tizimidagi boʻlimlari

So‘nggi davrda chet elda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan ko‘plab turli darajadagi huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilganligiga guvoh bo‘lmoqdamiz.

Huquqbuzarliklarni yuzaga kelishiga sabab bo‘layotgan omillar sifatida xorijiy mamlakatlarning qonunlari va madaniy qoidalarini yetarlicha bilmasligi, iqtisodiy omillar, oilaviy nazoratning zaifligi, radikallashuv va siyosiy omillarni ko‘rsatishimiz mumkin.

Axloqiy, madaniy va huquqiy bilimlarni oshirish orqali xorijdagi salbiy hodisalarni kamaytirish.

Turizm va mehnat migratsiyasi sohalarida milliy brendingni mustahkamlash.

4

25.

Quyidagi nodavlat notijorat tashkilotlar faolyatida o‘rganish o‘tkazish:

- Qashqadaryo viloyat kurash federatsiyasi;

- Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining qoʻl jangi federatsiyasi Qashqadaryo viloyat boʻlimi.

Natijasi yuzasidan tegishli choralar ko‘rish.

avgust,

sentabr

T.Imomberdiyev,

N.Sattarova

Mazkur tashkilotlar faoliyatida oxirgi 3 yillikda o‘rganish o‘tkazilmagan.

Tashkilotlar tomonidan qonun va ustav talablariga amal qilishiga olib keladi.

3

26.

“Yoshlar uchun huquqiy marafon” o‘tkazish.

oktabr

S.Raximov,

R.Raxmonov, boshqarma va uning tizimidagi boʻlimlari

Huquq sinflari uchun huquqiy viktorinalar, tanlovlar o‘tkazish,
7-11-sinflar o‘rtasida o‘tkaziladi, diplom va sovg‘alar beriladi.

Yoshlarning huquqiy bilimini mustahkamlash, huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish, adolatga sodiqlik, qonuniylik va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish hamda iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirish.

4

27.

Yakkabog‘ tumanidagi Eski Qurgʻon, Qayragʻoch, Murodulla Xojixon, Muxammadiya, Jomeʼ, Mallaxon tura, Tollibuloq, Yangiobod, Imom Abu Yusuf, Eshpoʻlat hoji, Chimqoʻrgʻon, Darxon, Gʻurjob, Tezob, Gumbaz, Hoji Shamsidinxon, Xuja Ilgor, Turon diniy tashkilotlarida o‘rganish o‘tkazish.

Natijasi yuzasidan tegishli choralar ko‘rish.

oktabr- noyabr

T.Imomberdiyev,

N.Sattarova

Mazkur diniy tashkilotlar faoliyatida oxirgi 3 yillikda o‘rganish o‘tkazilmagan.

Diniy tashkilotlar tomonidan qonun va ustav talablariga amal qilishiga olib keladi.

3

28.

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va farovonligining huquqiy kafolati” shiori ostida “tengdosh-tengdoshga” tamoyili ostidagi targ‘ibot poyezdi loyihasini tashkil etish.

noyabr

S.Raximov,

R.Raxmonov, boshqarma va uning tizimidagi boʻlimlari

Mamlakatimiz yoshlari aksariyat hollarda o‘zlarining konstitutsiyaviy huquq va burchlarini to‘laqonli bilmasligi holatlari uchraydi. Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholining huquqiy ong va madaniyatini oshirish maqsadida targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun mohiyatini yoshlarga yetkazish.

4

VI.  Boshqa sohalarda

29.

“Ruhiy salomatlik-sog‘lom ish muhiti” seminar dasturi yuzasidan

har chorakda

A.Rajabov,

Tuman (shahar) adliya bo‘limlari

Har chorakda professional psixolog ishtirokida 1,5-2 soatlik interaktiv formatda nazariya va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish.

Taklif etiladigan mavzularni har chorakda belgilab olib, shu mazmunda seminarlarni o‘tkazib borish.

4

30.

Boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari hamda uning tuzilmalarining moddiy qiymatliklarini to‘liq inventarizatsiya (xatlov)dan o‘tkazish hamda ta’mirtalablarini ta’mirlash va yaroqsizlarini hisobdan chiqarish choralarini ko‘rish.

sentabr-oktyabr

T.Tursunov

Bo‘limlarning shart-sharoitlarini yaxshilash maqsadida

Eskirgan yaroqsiz jihozlarni hisobdan chiqarish va ta’mirtalablarini ta’minlab berish orqali sharoitlarni yanada yaxshilash.

1

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining 2025 yil III va IV choraklarga
(II yarim yillikka) moʻljallangan ish rejasiga ilova       

Ish rejada belgilangan tadbirlarni baholash yoʻnalishlari va mezonlari jadvali

Yoʻnalish raqami

Baholanayotgan yoʻnalish nomi

Yoʻnalishning baholash mezonlari**

Mezonni belgilash uchun taqqoslanuvchi koʻrsatkichlar

Myezon boʻyicha maksimal bali

Yoʻnalish bali

1

Adliya organlari va muassasalari faoliyatini tahlil qilish

Faoliyati baholanganligi

adliya boʻlimlari soni bilan baholangan adliya boʻlimlari soni

50

100

Tizimli tahlil amalga oshirilganligi

tahlil soni bilan tizimli amalga oshirilgan tahlil soni

25

Muddatga rioya qilish

rejalashtirilgan muddat bilan amalga oshirilgan muddat

25

2

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi, tahliliy maʼlumot va boshqa takliflar

Taklifning asoslanganligi

loyihada nazarda tutilgan jami qismlar bilan loyihaning NHH va faktlar bilan asoslangan qismlari

25

100

Taklifda muammoni tizimli va asl sabablarini bartaraf qilish nazarda tutilganligi

loyiha soni bilan loyihada tizimli va asl sabablarini bartaraf qilish nazarda tutilganligi

25

Taklif boʻyicha asoslantirishda taklif amaliyotga kiritilgandan soʻng kutilayotgan ijobiy natija aks etganligi

loyiha soni bilan loyihada kutilayotgan ijobiy natija (foiz, miqdor va boshqalarda) nazarda tutilganligi

25

Muddatga rioya qilish

rejalashtirilgan muddat bilan amalga oshirilgan muddat

25

3

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish (tekshirish, oʻrganish, monitoring va boshqalar) natijasida taʼsir choralar koʻrish

Oʻrganish qamrovi

savolnomadagi band soni bilan ularning har bir boʻyicha asoslar soni

20

100

Qonunbuzilishning asoslanganligi

qonun buzilishlar soni bilan NHH va faktlarga asoslangan qonunbuzilishlar soni

20

Qonunbuzilishni bartaraf qilinganligi

bartaraf qilinishi lozim boʻlgan qonunbuzilishlar soni bilan ularning bartaraf qilinganlari soni

20

Javobgarlik choralari qoʻllanilishi

javobgarlik tortilishi lozim boʻlgan shaxslar soni bilan javobgarlikka tortilgan shaxslar soni

20

Muddatga rioya qilish

rejalashtirilgan muddat bilan amalga oshirilgan muddat

20

4

Koʻrsatkichlar va vazifalar bajarilganligi

Koʻrsatkichlar-vazifalar bajarilganligi

normativ va ichki hujjatlar hamda rejadagi koʻrsatkichlar bilan bajarilgan koʻrsatkichlar miqdori

75

100

Muddatga rioya qilish

rejalashtirilgan muddat bilan amalga oshirilgan muddat

25

Izoh:

* Ish rejada nazarda tutilgan tadbirlar adliya boshqarmasining mavjud bino, moliyaviy mablagʻlari va moddiy-teknik vositalari doirasida amalga oshiriladi. Alohida resurslar talab qilinmaydi.

** Mezon balini aniqlash ikkinchi koʻrsatkichni (amalga oshirilgan ishlar boʻyicha koʻrsatkich miqdorini) mezon boʻyicha maksimal ballga koʻpaytirish, mazkur natijani birinchi koʻrsatkichga boʻlish orqali amalga oshiriladi. Bunda, agar ikkinchi koʻrsatkich birinchi koʻrsatkichdan katta boʻlsa, ikkinchi koʻrsatkich miqdori birinchi koʻrsatkichga teng qilib olinadi.


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining 2025-yil III va IVchoraklarga (II yarim yillikka) moʻljallangan ish rejasi




Рўйҳатга қайтиш