Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
14.01.2025

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining 2025-yil I va II choraklarga (I yarim yillikka) moʻljallangan ish rejasi

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi Hayʼat majlisining 2025-yil 13-yanvardagi
1/25-son bayoniga 1-ilova

Qashqadaryo  viloyat  adliya  boshqarmasining 2025-yil I va II choraklarga (I yarim yillikka) moʻljallangan

I Sh  R E J A S I*

Tadbir nomi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

Asos

Maqsad
(kutilayotgan natija)

Baholash**

I.  Ishlarni tashkillashtirish, boshqarma va uning tizimidagi boʻlimlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida

1.

Quyidagi adliya boʻlimlari, yuridik xizmat koʻrsatish va davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo‘limlari faoliyatini kompleks tekshirish:

- Muborak tumani;

- Shahrisabz shahri;

- Shahrisabz tumani.

Natijasini hayʼat majlisida muhokama qilish.

mart,

may-

iyun

Boshliq buyrugʻiga muvofiq

Adliya boʻlimlari va uning tuzilmalari faoliyati boshqarma tomonidan soʻnggi uch yil mobaynida kompleks tekshirilmagan.

Adliya boʻlimlari va uning tuzilmalari faoliyatini qonuniy amalga oshirilishini taʼminlash hamda tizimli qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish.

3

II.  Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda intellektual mulk sohasida

2.

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 4-mintaqaviy hudud 5-son tergov hibsxonasi hamda
10-son jazoni ijro etish koloniyasi faoliyatida yuridik xizmat sohasidagi ishlarni tashkil etishda qonun hujjatlariga rioya etilishini oʻrganish.

Natijasi boʻyicha tegishli taʻsir choralari koʻrish.

fevral-

mart

A.Isoqov,

S.Turapov

Mazkur sohada boshqarma tomonidan oxirgi uch yillikda oʻrganish va monitoring oʻtkazilmagan.

Yuridik xizmat sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʻminlash.

3

3.

Viloyatimiz hududida joylashgan yirik savdo majmualarida realizatsiya qilinayotgan tovarlarning kontrafaktlik darajasini o‘rganish hamda kontrafaktsiz hududga aylantirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish.

aprel

A.Isoqov,

I.Sharapov

Viloyatimizdagi yirik savdo majmularida ayrim tovarlarning kontrafakt nusxalari uchramoqda. Shunga ko‘ra, yirik savdo obyektlarida profilaktik tadbirlar o‘tkazish orqali ularni “Kontrafaktsiz hudud”ga aylantirish bo‘yicha amaliy yordam beriladi.

Yirik savdo majmualarini kontfaktsiz hududga aylantirish.

3

4.

Qashqadaryo viloyat Ekoljgiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi faoliyatida yuridik xizmat sohasidagi ishlarni tashkil etishda qonun hujjatlariga rioya etilishini oʻrganish.

Natijasi boʻyicha tegishli taʻsir choralari koʻrish

aprel-

may

A.Isoqov,

S.Turapov

Mazkur sohada boshqarma tomonidan oxirgi uch yillikda oʻrganish va monitoring oʻtkazilmagan.

Yuridik xizmat sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʻminlash.

3

5.

Hunarmandchilik buyumlarining dizaynini intellektual mulk obyekti sifatida ro‘yxatga olish, baholash, sug‘urtalash, tashkilot balansida aks ettirish va uni sotish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish istiqbollarini o‘rganish, natijasi yuzasidan Adliya vazirligiga axborot-tahliliy ma’lumotnoma kiritish.

may

A.Isoqov,

I.Sharapov

Hunarmandlar tomonidan o‘z buyumlarini intellektual mulk sifatida muhofaza qilish sustligi hamda savdo nuqtalarida hunarmandchilik buyumlari faqat suvenir sifatida past baholarda sotilayotganligi aniqlandi.

Ro‘yxatdan o‘tkazilgan hunarmandchilik buyumlari sonini oshirish va bunday buyumlarni qo‘shimcha qiymat bilan sotish imkoniyatini yaratish.

2

III.  Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish, inson huquqlarini himoya qilish,

Prezident hujjatlari ijrosini nazorat qilish huquqiy hamda targʻibot sohasida

6.

Qashqadaryo viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi va uning tizim tashkilotlari faoliyatida o‘rganish o‘tkazishni tashkil qilish, bunda:

huquqni qoʻllash amaliyoti;

davlat boshqaruvi tizimining samaradorligi;

qonunchilik hujjatlari (shu jumladan Prezident hujjatlari) va topshiriqlarning bajarilishi;

inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyat yo‘nalishlari;

ma’muriy tartib-taomillarga rioya etilishi va davlat xizmati ko‘rsatish holati;

tartibga solish ta’sirini baholash, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va norma ijodkorligi faoliyati;

yuridik xizmat faoliyatini;

intellektual mulk sohasi;

huquqiy targ‘ibotni amalga oshirilishini o‘rganish.

Natijasi boʻyicha tegishli chora koʻrish hamda Adliya vazirligiga axborot-tahliliy ma’lumotnoma kiritish.

yanvar- fevral

A.Isoqov, A.Bekmamatov,

F.Qurbonov,

E.Ismoilov,

Sh.Bahronov,

S.Turapov,

I.Sharapov,

V.Boboyeva

Amaldagi malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari mazmun jihatidan bitiruvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilmagan, o‘quv rejalarida nomutaxassislik fanlari ulushi yuqoriligicha qolmoqda.

Oliy ta’lim muassasalari va kadrlar buyurtmachilari bilan o‘zaro hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo‘yicha ishlar samarali yo‘lga qo‘yilmagan, ish beruvchilarning oliy ta’lim mazmunini shakllantirishdagi  ishtiroki yetarli emas.

Shuningdek, ishlab chiqarish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar samarali tashkil etilmagan, tayyorlanayotgan mutaxassislar malakaviy darajasi mehnat bozorining zamonaviy talablariga yetarlicha javob bermaydi.

Talabalarning ishlab chiqarish, malakaviy va boshqa turdagi amaliyotlarini mazmunli tashkil etish uchun uslubiy baza takomillashtiriladi hamda o‘quv rejalarida fanlar sonini nomutaxassislik fanlari hisobiga bosqichma-bosqich kamaytirish hamda tutashlikdagi fanlarni tanlov fanlari ro‘yxatiga kiritish.

3

7.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarining huquqlari kafolatlarini oshirish maqsadida “huquqiy ko‘mak” aksiyasini tashkil etish.

Shuningdek, aksiya doirasida nogironligi va kasalligi mavjud shaxslarga davolanishi uchun order berish hamda aholining ehtiyojmand toifalarini tibbiy xizmatlardan foydalanishi holatlarini o‘rganish.

Aksiya natijasi boʻyicha Adliya vazirligiga axborot berish.

fevral-

mart

A.Isoqov, E.Ismoilov,

V.Boboyeva, tuman (shahar) adliya bo‘limlari

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga nisbatan qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va kafolatlarning qo‘llanmasligi kabi va boshqa holatlari bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida “huquqiy ko‘mak” aksiyasini tashkil etish orqali ularning huquqlari kafolatlari ta’minlanadi.

Nogironligi yoki kasalligi mavjud shaxslarga davolanishi uchun order berish hamda aholi ehtiyojmand toifalarining tibbiy xizmatlardan foydalanishi, masalasida murojaatlar ortib bormoqda.

Shuningdek, order berish jarayoni uzoq vaqt olayotganligi sababli fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida qonunchilik hujjatlari ijrosi holati va amaliyoti tahlil qilinadi, muammosi mavjud shaxslarga amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi hamda aniqlangan huquqiy muammo va kamchiliklari bartaraf etilib, sohani takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqiladi.

3

8.

Qashqadaryo viloyat Sport boshqarmasi  va uning tizim tashkilotlari faoliyatida o‘rganish o‘tkazishni tashkil qilish, bunda:

huquqni qoʻllash amaliyoti;

davlat boshqaruvi tizimining samaradorligi;

qonunchilik hujjatlari (shu jumladan Prezident hujjatlari) va topshiriqlarning bajarilishi;

inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyat yo‘nalishlari;

ma’muriy tartib-taomillarga rioya etilishi va davlat xizmati ko‘rsatish holati;

tartibga solish ta’sirini baholash, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va norma ijodkorligi faoliyati;

yuridik xizmat faoliyatini;

intellektual mulk sohasi;

huquqiy targ‘ibotni amalga oshirilishini o‘rganish.

Natijasi boʻyicha tegishli chora koʻrish hamda Adliya vazirligiga axborot-tahliliy ma’lumotnoma kiritish.

mart-

aprel

A.Isoqov, A.Bekmamatov,

F.Qurbonov,

E.Ismoilov,

Sh.Bahronov,

S.Turapov,

I.Sharapov,

V.Boboyeva, tuman (shahar) adliya bo‘limlari

Boshqarma faoliyatida takrorlanuvchi vazifa va funksiyalar mavjudligi,  shuningdek vazifa va funksiyalarning amalga oshirish jarayonida ortiqcha byurokratik to‘siqlar mavjudligi holatlari uchramoqda.

Boshqarma faoliyatida takrorlanuvchi vazifa va funksiyalarni qisqartirish, vazifa va funksiyalarning amalga oshirish jarayonida ortiqcha byurokratik to‘siqlarni qisqartirish.

3

9.

Qashqadaryo viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi va tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limlari faoliyatida o‘rganish o‘tkazishni tashkil qilish, bunda:

huquqni qoʻllash amaliyoti;

davlat boshqaruvi tizimining samaradorligi;

qonunchilik hujjatlari (shu jumladan Prezident hujjatlari) va topshiriqlarning bajarilishi;

inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyat yo‘nalishlari;

ma’muriy tartib-taomillarga rioya etilishi va davlat xizmati ko‘rsatish holati;

tartibga solish ta’sirini baholash, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va norma ijodkorligi faoliyati;

yuridik xizmat faoliyatini;

intellektual mulk sohasi;

huquqiy targ‘ibotni amalga oshirilishini o‘rganish.

Natijasi boʻyicha tegishli chora koʻrish hamda Adliya vazirligiga axborot-tahliliy ma’lumotnoma kiritish.

may-

iyun

A.Isoqov, A.Bekmamatov,

F.Qurbonov,

E.Ismoilov,

Sh.Bahronov,

S.Turapov,

I.Sharapov,

V.Boboyeva,

tuman (shahar) adliya bo‘limlari

Boshqarma faoliyatida takrorlanuvchi vazifa va funksiyalar mavjudligi,  shuningdek vazifa va funksiyalarning amalga oshirish jarayonida ortiqcha byurokratik to‘siqlar mavjudligi holatlari uchramoqda.

Boshqarma faoliyatida takrorlanuvchi vazifa va funksiyalarni qisqartirish, vazifa va funksiyalarning amalga oshirish jarayonida ortiqcha byurokratik to‘siqlarni qisqartirish.

3

10.

Xodimlarning mehnat huquqlari kafolatlarini ta’minlash maqsadida “Xodimlarning mehnat huquqi kafolati” nomli “huquqiy ko‘mak” aksiyasini tashkil etish.

Aksiya natijasi boʻyicha Adliya vazirligiga axborot berish.

iyun

A.Isoqov, E.Ismoilov,

V.Boboyeva,

tuman (shahar) adliya bo‘limlari

Xodimlarning mehnat huquqlari kafolatlarini ta’minlanmayotganligi va boshqa kamchiliklar bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda.

Shuningdek, xodimlarning mehnat huquqlari kafolatlarini ta’minlash yo‘nalishida “huquqiy ko‘mak” aksiyasini tashkil etish orqali ularning huquqlari kafolatlari ta’minlanadi.

Xodimlarning mehnat huquqlari kafolatlarini ta’minlash yo‘nalishida qonunchilik hujjatlari ijrosi holati va amaliyoti tahlil qilinadi, muammosi mavjud shaxslarga amaliy ko’mak ko‘rsatiladi hamda aniqlangan huquqiy muammo va kamchiliklari bartaraf etilib, sohani takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqiladi.

3

11.

Qashqadaryo viloyat Bojxona boshqarmasi faoliyatida o‘rganish o‘tkazishni tashkil qilish, bunda:

huquqni qoʻllash amaliyoti;

davlat boshqaruvi tizimining samaradorligi;

qonunchilik hujjatlari (shu jumladan Prezident hujjatlari) va topshiriqlarning bajarilishi;

inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyat yo‘nalishlari;

ma’muriy tartib-taomillarga rioya etilishi va davlat xizmati ko‘rsatish holati;

tartibga solish ta’sirini baholash, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va norma ijodkorligi faoliyati;

yuridik xizmat faoliyatini;

intellektual mulk sohasi;

huquqiy targ‘ibotni amalga oshirilishini o‘rganish.

Natijasi boʻyicha tegishli chora koʻrish hamda Adliya vazirligiga axborot-tahliliy ma’lumotnoma kiritish.

iyun

A.Isoqov, A.Bekmamatov,

F.Qurbonov,

E.Ismoilov,

Sh.Bahronov,

S.Turapov,

I.Sharapov,

V.Boboyeva

Mazkur sohada boshqarma tomonidan oxirgi uch yillikda o‘rganish va monitoring o‘tkazilmagan.

Bojxona ma’muriyatchiligi va bojxona imtiyozlarini qo‘llash bilan bog‘liq ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va bojxona imtiyozlarini qo‘llash bo‘yicha yagona huquqni qo‘llash amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

3

12.

Viloyatimizda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq topshiriqlar ijrosini tahlil qilish.

Natijasi boʻyicha tahliliy ma’lumotnoma kiritish.

iyun

A.Isoqov,

F.Qurbonov

“Ijro.gov.uz” tizimi orqali ayrim topshiriqlar ijrosi ta’minlanmaganligi, mablag‘ yetishmovchiligi hamda mas’ul ijrochilarning bu borada ishlarni to‘g‘ri tashkil etmaganligi aniqlandi.

Shu bois, ushbu sohani tahlil qilish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish zaruriyati mavjud.

Mazkur soha bo‘yicha hududlarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma va takliflar tayyorlanadi.

3

IV.  Huquqiy xizmat koʻrsatishni tartibga solish, davlat xizmatlari koʻrsatilishi, FHDY sohasida

13.

“Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida notariuslar tomonidan ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuzasidan talabnoma yuborish holatini kameral tekshirish orqali o‘rganish.

Natijasi yuzasidan tahliliy ma’lumot tayyorlash va tegishli chora qo‘llash.

fevral

T.Imomberdiyev, O.Bo‘riyev

Notariuslar tomonidan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali belgilangan tartibda notarial harakatga oid ma’lumotlarni vakolatli organga yuborilishi talablariga rioya qilinishi ahvolini tahlil qilish.

Notariuslar tomonidan notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi, shu jumladan, notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, notarial harakatlar maxfiyligiga va notarius qasamyodiga rioya qilinish holatini o‘rganish.

3

14.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil
9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablariga asosan tuman (shahar) DXMlar tomonidan
2024-yilda tadbirkorlik subyektlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi holatlarining qonuniyligini o‘rganish.

Natijasi boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilash.

fevral-

mart

T.Imomberdiyev, D.Xudoyqulov

Vazirlar Mahkamasining
2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablariga rioya qilinishi ta’minlash.

Mazkur yo‘nalishda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchilimklarni aniqlash hamda tizimli qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish.

3

15.

Quyidagi advokatlik tuzilmalarida advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya talablari va shartlariga hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy yordam koʻrsatish davomida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi holatini oʻrganish:

Shahrisabz shahridagi:

- “Himoya” advokatlik firmasi;

- “I-Shokirov himoyasi” advokatlik byurosi;

- “Qonun va himoya advokatlik byurosi;

-“Nur adolati” advokatlik byurosi.

Qarshi shahridagi:

- “Femida qalqon” advokatlik firmasi;

- “Ergash maqsadli himoya” advokatlik byurosi;

- “Kamol ota adolatli himoyachi advokatlik byurosi”;

- “Abdiraxmonov Odil Nurmaxmatovich advokatlik byurosi;

- “Hasan Ismatovich himoyasi” advokatlik byurosi;

- “Akbarshoh himoyasi” advokatlik byurosi.

G‘uzor tumanidagi:

- Advokat himoyasi-NI” advokatlik byurosi;

- “Shaffof xizmat RR” advokatlik byurosi.

Yakkabog‘ tumanidagi:

- “Qonuniy ishonchli himoya” advokatlik byurosi;

- “Sardor madad” advokatlik byurosi.

Kitob tumanidagi:

- “Qashqadaryo argument” advokatlik firmasi;

- “Status himoya” advokatlik byurosi;

- “Shokh-safety” advokatlik byurosi;

- “Haqiqat qalqoni” advokatlik byurosi.

Natijasiga koʻra, taklif kiritish.

fevral,

mart,

may,

iyun

T.Imomberdiyev, O.Bo‘riyev

Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomning 10-bandida advokatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek advokatlik tuzilmalari tomonidan taʼsis hujjatlariga, ustav faoliyatiga, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va tugatish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish belgilangan.

Advokatura sohasidagi qonun hujjatlari talablariga amal qilishiga hamda kelgusida aniqlangan kamchiliklarga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash.

3

16.

Quyidagi FHDY boʻlimlari faoliyatini oʻrganish:

- Qarshi shahri va Kasbi tumani;

- Mirishkor va Dehqonobod tumanlari;

- Chiroqchi tumani.

Natijasiga koʻra, taklif kiritish.

fevral,

aprel,

may

T.Imomberdiyev, D.Xudoyqulov

Vazirlar Mahkamasining
2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori.

FHDY boʻlimlari faoliyatini qonuniy amalga oshirilishini taʼminlash hamda tizimli qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish.

3

17.

Quyidagi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini oʻrganish:

- Shahrisabz shahridagi U.Mustafayev va Qarshi shahridagi A.Urunov;

- Qarshi shahridagi G.Ostonova va G‘uzor tumanidagi G.Jo‘rabayeva;

- Kasbi tumanidagi M.Xo‘janiyozov va Shahrisabz tumanidagi M.Pattayeva;

- Shahrisabz shahridagi K.Yarmatov, Qarshi shahridagi R.Xonqulov va Kitob tumanidagi G.Ishmuratova.

Natijasiga koʻra, taklif kiritish.

fevral,

mart,

may,

iyun

T.Imomberdiyev, O.Bo‘riyev

“Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 228-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
27-iyuldagi 464-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning
12-bandiga koʻra notarius ish faoliyati belgilangan muddatlarda tekshirib boriladi.

Notariuslar faoliyatida notariat sohasidagi qonun hujjatlari talablariga amal qilinishi taʼminlash.

3

18.

Qashqadaryo viloyatidagi hududiy davlat arxivlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ahvolini tahlil qilish.

Natijasi boʻyicha tegishli choralarni koʻrish.

mart-
aprel

T.Imomberdiyev, Sh.Bahronov,

tuman (shahar) adliya bo‘limlari

Hozirgi kunda “O‘zarxiv” agentligining hududiy davlat arxivlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishni asossiz rad etish holatlari ko‘plab uchramoqda.

Hududiy davlat arxivlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonuniylik ta’minlanadi hamda amaliyotdagi tizimli muammolar bartaraf etiladi.

3

V.  Nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatida qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash hamda huquqiy targʻibot sohasida

19.

“Adliya aralashgach”, “Adliya — bir oy davomida” va “Bir murojaat izidan” nomli lavhalar, reportajlar, videoroliklar maqolalar tayyorlash va yoritish.

yanvar-

iyun

(reja-grafik asosida)

A.Isoqov,

V.Boboyeva, boshqarma va uning tizimidagi boʻlimlari

Adliya organlari faoliyati bilan fuqarolarni yaqindan tanishtirish va fuqarolarga adliya organlari vakolatiga taalluqli muammolari yuzasidan murojaat qilish imkoniyatini shakllantirish.

Aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash.

4

20.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali aholini qiziqtirgan masalalari yuzasidan “ovozli chat” loyihasini o‘tkazish.

yanvar-

iyun

(reja-grafik asosida)

A.Isoqov,

V.Boboyeva, boshqarma va uning tizimidagi boʻlimlari

Aholi tomonidan huquqiy muammolar va savollar hamda tushunmovchiliklar o‘z yechimini topmasdan qolmoqda.

Aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash.

4

21.

Viloyat adliya boshqarmasiga kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda aholiga qiziqarli va kerakli bo‘lgan mavzular yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda kontentlar joylashtirib borish.

yanvar-

iyun

A.Isoqov,

V.Boboyeva, boshqarma va uning tizimidagi boʻlimlari

Qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati yuzasidan aholining xabardorligi yo‘qligi sababli aksariyat normalar ijrosiz qolib ketmoqda.

Buning natijasida fuqarolarning muammolari qisqa vaqtda va tegishli manzil orqali hal etilmasdan qolmoqda.

Aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash.

4

22.

Quyidagi nodavlat notijorat tashkilotlar faolyatida o‘rganish o‘tkazish:

- Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining Qashqadaryo viloyat boʻlimi;

- Qarshi Davlat Universiteti huzuridagi “Zamon” mintaqaviy tadqiqot markazi.

Natijasi yuzasidan tegishli choralar ko‘rish.

aprel,

may

T.Imomberdiyev,

N.Sattarova

Mazkur tashkilotlar faoliyatida oxirgi 3 yillikda o‘rganish o‘tkazilmagan.

Tashkilotlar tomonidan qonun va ustav talablariga amal qilishiga olib keladi.

3

23.

Aholi muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish orqali, har bir fuqaroga individual yondashuvni joriy etishga qaratilgan “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida aholiga huquqiy yordam berishga qaratilgan huquqiy aksiya o‘tkazish.

may

A.Isoqov, V.Boboyeva,

E.Ismoilov,

T.Tursunov,

S.Ismatov,

tuman (shahar) adliya bo‘limlari

“Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida aholiga huquqiy yordam berishga qaratilgan huquqiy aksiya o‘tkazish orqali muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganib, har bir fuqaroga maksimal darajada individual yondashgan holda huquqiy maslahat berish orqali jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish zarur.

Aholining huquqiy muammolarini maksimal darajada joylardagi mahallalarning o‘zida hal etish. Fuqarolarga huquqiy tushuntirish berish orqali targ‘ibotni amalga oshirish.

4

24.

Mirishkor tumanidagi Chorgumbaz, Guliston, Mirishkor, Pomuq, Anna diniy tashkilotlarida o‘rganish o‘tkazish.

Natijasi yuzasidan tegishli choralar ko‘rish.

iyun

T.Imomberdiyev,

N.Sattarova

Mazkur diniy tashkilotlar faoliyatida oxirgi 3 yillikda o‘rganish o‘tkazilmagan.

Diniy tashkilotlar tomonidan qonun va ustav talablariga amal qilishiga olib keladi.

3

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining 2025 yil I va II choraklarga
(I yarim yillikka) moʻljallangan ish rejasiga ilova       

Ish rejada belgilangan tadbirlarni baholash yoʻnalishlari va mezonlari jadvali

Yoʻnalish raqami

Baholanayotgan yoʻnalish nomi

Yoʻnalishning baholash mezonlari**

Mezonni belgilash uchun taqqoslanuvchi koʻrsatkichlar

Myezon boʻyicha maksimal bali

Yoʻnalish bali

1

Adliya organlari va muassasalari faoliyatini tahlil qilish

Faoliyati baholanganligi

adliya boʻlimlari soni bilan baholangan adliya boʻlimlari soni

50

100

Tizimli tahlil amalga oshirilganligi

tahlil soni bilan tizimli amalga oshirilgan tahlil soni

25

Muddatga rioya qilish

rejalashtirilgan muddat bilan amalga oshirilgan muddat

25

2

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi, tahliliy maʼlumot va boshqa takliflar

Taklifning asoslanganligi

loyihada nazarda tutilgan jami qismlar bilan loyihaning NHH va faktlar bilan asoslangan qismlari

25

100

Taklifda muammoni tizimli va asl sabablarini bartaraf qilish nazarda tutilganligi

loyiha soni bilan loyihada tizimli va asl sabablarini bartaraf qilish nazarda tutilganligi

25

Taklif boʻyicha asoslantirishda taklif amaliyotga kiritilgandan soʻng kutilayotgan ijobiy natija aks etganligi

loyiha soni bilan loyihada kutilayotgan ijobiy natija (foiz, miqdor va boshqalarda) nazarda tutilganligi

25

Muddatga rioya qilish

rejalashtirilgan muddat bilan amalga oshirilgan muddat

25

3

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish (tekshirish, oʻrganish, monitoring va boshqalar) natijasida taʼsir choralar koʻrish

Oʻrganish qamrovi

savolnomadagi band soni bilan ularning har bir boʻyicha asoslar soni

20

100

Qonunbuzilishning asoslanganligi

qonun buzilishlar soni bilan NHH va faktlarga asoslangan qonunbuzilishlar soni

20

Qonunbuzilishni bartaraf qilinganligi

bartaraf qilinishi lozim boʻlgan qonunbuzilishlar soni bilan ularning bartaraf qilinganlari soni

20

Javobgarlik choralari qoʻllanilishi

javobgarlik tortilishi lozim boʻlgan shaxslar soni bilan javobgarlikka tortilgan shaxslar soni

20

Muddatga rioya qilish

rejalashtirilgan muddat bilan amalga oshirilgan muddat

20

4

Koʻrsatkichlar va vazifalar bajarilganligi

Koʻrsatkichlar-vazifalar bajarilganligi

normativ va ichki hujjatlar hamda rejadagi koʻrsatkichlar bilan bajarilgan koʻrsatkichlar miqdori

75

100

Muddatga rioya qilish

rejalashtirilgan muddat bilan amalga oshirilgan muddat

25

Izoh:

* Ish rejada nazarda tutilgan tadbirlar adliya boshqarmasining mavjud bino, moliyaviy mablagʻlari va moddiy-teknik vositalari doirasida amalga oshiriladi. Alohida resurslar talab qilinmaydi.

** Mezon balini aniqlash ikkinchi koʻrsatkichni (amalga oshirilgan ishlar boʻyicha koʻrsatkich miqdorini) mezon boʻyicha maksimal ballga koʻpaytirish, mazkur natijani birinchi koʻrsatkichga boʻlish orqali amalga oshiriladi. Bunda, agar ikkinchi koʻrsatkich birinchi koʻrsatkichdan katta boʻlsa, ikkinchi koʻrsatkich miqdori birinchi koʻrsatkichga teng qilib olinadi.



Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining 2025-yil I va II choraklarga (I yarim yillikka) moʻljallangan ish rejasi



Рўйҳатга қайтиш