Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.04.2024

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi boʻlimlari tomonidan 2024-yilning 1-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning koʻrib chiqilishi boʻyicha

Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 2 150 ta murojaatning 1 884 tasi hal etilib, shundan 1 054 tasi yoki 56 foizi qanoatlantirildi, 830 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek, boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 581 ta murojaatning 574 tasi hal etilib, shundan 178 tasi yoki 31 foizi qanoatlantirildi, 396 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 37 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib,
34 tasiga ijobiy xulosa berildi, 3 tasi belgilangan talablarga rioya qilinmay taqdim qilinganligi sababli qaytarildi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyati yuzasidan oʻrganish va monitoringlar oʻtkazilib, natijasi boʻyicha jami 7 ta taqdimnoma kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalar natijasida jami 7 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari, shundan 4 tasi normativ-huquqiy tusdagi qarorlari bekor qilinib, 3 tasi qonun hujjatlarga muvofiqlashtirildi.

Qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda amaliyotda mavjud muammoli holatlarni bartaraf etish yuzasidan 109 ta takliflar ishlab chiqildi.

Oʻtkazilgan oʻrganishlar va qoʻllanilgan
taʼsir choralari boʻyicha

Boshqarma va uning tizimidagi adliya boʻlimlari tomonidan hisobot davrida jami 82 ta oʻrganish va 413 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganishlar davomida 710 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olindi hamda ushbu oʻrganish va monitoringlar natijasida 29 169 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 492 ta taqdimnoma, 232 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish haqida takliflar hamda 246 ta ogohnoma kiritildi.

Natijada 67 nafar shaxs intizomiy (shundan 2 nafari egallab turgan vazifasidan ozod qilindi) va 218 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi, 1 661 ta noqonuniy hujjatlar aniqlanib, 542 ta bekor qilindi, 1 119 tasi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi, shuningdek, 38 mlrd. 541 mln. soʻmdan ortiq pul mablagʻlagʻlari qonuniy egalariga qaytarildi.

Hisobot davrida sudlarga 8 mlrd. 381 mln. soʻmlik 164 ta daʼvo arizalari kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 7 mlrd. 928 mln. soʻmlik 136 ta daʼvo arizalari qanoatlantirildi.

Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boʻyicha

Boshqarma tomonidan 2024-yil 31-mart holatiga koʻra jami
607 ta nodavlat notijorat tashkilotlari roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 435 tasi davlat roʻyxatiga, 172 tasi hisob roʻyxatiga olingan nodavlat notijorat tashkilotlaridan iborat, shuningdek,
188 ta diniy tashkilotlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 186 tasi islom diniga mansub boʻlsa, 2 tasi noislomiy diniy tashkilotlar hisoblanadi.

Advokatura sohasi boʻyicha

Boshqarma tomonidan 2024-yil 31-mart holatida jami
473 nafar advokatga advokatlik litsenziyasi berilgan boʻlib, shundan 313 tasi litsenziya olib ishlayotganlar, 5 tasi litsenziya olib ishlamayotganlar, 20 tasi boshqa hududda ishlayotganlar, 135 tasining litsenziyasi amal qilishi tugatilgan.

Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyati boʻyicha

Markazlar tomonidan jami 124 397 ta yuridik tusdagi hujjatlar huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kelib tushgan.

Ushbu hujjatlardan 114 859 tasiga ijobiy xulosalar berilgan, 9 538 tasi qonunchilikka zid boʻlganligi sababli rad qilingan.

Yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar manfaatini koʻzlab qarzdor tashkilotlarga jami 94 ta talabnomalar kiritilib, talabnoma muddatini vaqtida taʼminlamagan tashkilotlarga nisbatan sudlarga
50 ta daʼvo arizalari kiritilishi taʼminlandi.

Davlat xizmatlari koʻrsatilishi sohasi boʻyicha

Davlat xizmatlari markazlariga hisobot davrida jami
346 088 ta davlat xizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan, 231 594 tasi fuqarolarning shaxsan oʻzi orqali, 114 494 tasi internet orqali murojaat qilgan.

Davlat xizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan murojaatlarning 327 206 tasi hal etilgan va 18 882 tasi rad etilgan.

FHDYO boʻlimlari tomonidan hisobot davrida 21 378 ta
(11 356 ta oʻgʻil, 10 022 ta qiz) tugʻilish, 5 542 ta nikoh, 846 ta nikohdan ajralish, 4 096 ta oʻlim, 1 287 ta otalikni belgilash,
101 ta farzandlikka olish, 534 ta dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish kiritish harakatlari amalga oshirilgan.

FHDYO harakatlari amalga oshirilishi natijasida 1 mlrd.
127 mln. 198 ming soʻmlik davlat boji, 1 mlrd. 132 mln. 432 ming soʻmlik gerb yigʻimi hamda 1 mlrd. 320 mln. 203 ming soʻmlik pullik xizmat toʻlovlari undirildi.

Amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida boshqarma va uning tizimidagi adliya boʻlimlari tomonidan jami 6 036 ta, shundan 795 tasi ommaviy axborot vositalari orqali, 2 733 tasi ijtimoiy tarmoqlari orqali chiqishlar, 2 042 tasi ogʻzaki, 466 tasi yozma va koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirildi. Shuningdek, 856 tasi uyma-uy borib oʻtkazilgan huquqiy targʻibotlar boʻlsa, 2 007 tasi manzilli huquqiy targʻibotlar hisoblanadi.

Qashqadaryo viloyat

adliya boshqarmasi



Рўйҳатга қайтиш