Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.04.2024

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha 2024-yilning 1-choragi davomida vazifa va topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Xususan, intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun talabnomalar topshirish sohasida 15 nafar shaxslarga intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yhatidan o‘tkazish uchun talabnomalar topshirish bo‘yicha ko‘maklashilib, ularga mazkur sohada batafsil huquqiy tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar buzilishining oldini olish maqsadida ommaviy joylarda, jumaldan seminar, tarqatma materiallarni tarqatish va OAV chiqishlar ko‘rinishidagi jami 22 marotaba profilaktika tadbirlari amalga oshirildi.

Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida o‘tkazilgan tekshirish va monitoringlar natijasida jami 204 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tashkilot va tadbirkorlik subyektlariga kiritilgan 14 ta taqdimnomalarning barchasi ijrosi to‘liq ta’minlangan.

Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 3 nafar shaxslarga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib tegishli sudlarga chiqarilgan barchasisi bo‘yicha sud tomonidan jarima jazolari belgilangan.

Tizim orqali kelib tushgan 5 ta shikoyat va 1 ta ariza turidagi murojaatlarning 4 tasi qanoatlantirilgan, 1 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Qanoatlantirilgan shikoyatlar bo‘yicha 1 marotaba tadbirkorlik subyektiga tekshirish o‘tkazilib, aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 1 ta taqdimnoma kiritilib uning ijrosi to‘liq ta’minlangan.

Intellektual mulk sohasidagi qonunchilik normalari va vazifalari ijrosi yuzasidan 34 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shulardan 3 tasi televideniya, 3 tasi radio, 1 tasi gazeta, 16 tasi veb-sayt va boshqa elektron axborot vositalari, 7 ta seminar, ma’ro‘za va davra suhbatlari tarzidagi og‘zaki huquqiy targ‘ibot, 4 tasi ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tarzida amalga oshirilgan.

Intellektual mulk huquqlarini

himoya qilish bo‘yicha-bosh maslahatchi

 I.Sharapov



Рўйҳатга қайтиш