Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.04.2024

Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi faoliyatidan...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirish hisoblanadi.

Mazkur yo‘nalishda boshqarmaning Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, bo‘lim tomonidan 2024-yilning birinchi choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 360 ta murojaatning 339 tasi hal etilib, shundan 118 tasi yoki 32.7 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 34.8 foiz) qanoatlantirilgan, 221 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Shundan, boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 203 ta murojaatning 196 tasi hal etilib, shundan 45 tasi yoki 22.1 foizi qanoatlantirilgan, 151 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra qonun hujjatlari ijrosining buzilishi, uning sabablari hamda bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida 18 ta taqdimnomalar kiritildi. Shuningdek, 8 nafar ma’muriy javobgarlikka tortildi va fuqarolarga jami 327 954 060 so‘m pul mablag‘lari undirib berildi.

Sho‘ba tomonidan hisobot davrida 104 523 000 so‘mlik 6 ta da’vo arizalari kiritildi.

Bundan tashqari, sho‘ba tomonidan 2024-yil birinchi choragi davomida o‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar davomida aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish maqsadida jami 31 ta taqdimnoma va 13 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirildi. Natijada fuqarolar foydasiga 568 046 493 so‘m pul mablag‘lari undirib berilishi ta’minlandi.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 58 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 19 tasini ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar va 39 tasini og‘zaki huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etadi.

Xulosa qilib aytganda, inson huquqlari barchamiz uchun eng oliy qadriyat hisoblanadi. Biror bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmaydi, chunki har bir murojaat ortida inson taqdiri turibdi.

 

Inson huquqlarini himoya qilish

sho‘basi boshlig‘i

E.Ismoilov 

 



Рўйҳатга қайтиш