Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.04.2024

Shaxrisabz tuman adliya boʻlimining 2024 yil 1-chorak davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya boʻlimlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Shaxrisabz tuman adliya boʻlimi tomonidan 2024-yil 1-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib  tushgan  murojaatlarning  koʻrib  chiqilishi  boʻyicha

Boʻlim tomonidan 2024-yilning 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 58 ta murojaatlarning 43 tasi hal etilgan boʻlib, shundan 31 ta yoki 60 foizi qanoatlantirilgan, 20 ta yoki 20 foiziga huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 9 ta joyiga chiqib oʻrganilgan).

Oʻtkazilgan   sayyor    qabullar

Boʻlim tomonidan 2024-yilning 1-choragi davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 12 ta MFYlarda sayyor qabullar oʻtkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

Oʻtkazilgan sayyor qabullar jarayonida 172 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 22 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, 16 tasi qanoatlantirilgan va 6 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Qonun  hujjatlarini  huquqiy  ekspertizadan  oʻtkazish  boʻyicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi
1 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan boʻlib, shundan
1 tasiga rozilik vizasi qoʻyildi.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasi boʻyicha 1 ta taqdimnoma kiritildi.

     Oʻtkazilgan  oʻrganishlar  va  qoʻllanilgan  taʼsir  choralari  boʻyicha

Boʻlim tomonidan hisobot davrida jami 4 ta oʻrganish va 26 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganish davomida 31 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu oʻrganishlar natijasida 107 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 12 ta taqdimnoma,
6 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, maʼmuriy takliflar kiritildi.

                                               Natijada

- 59 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan xujjatlar bekor qilingan.

Bundan tashqari, boʻlim tomonidan hisobot davrida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 30 ta daʼvo ariza va arizalar kiritilib toʻliq qanoatlantirilgan, 2,187928,8 mln. soʻm manfaatdor shaxs foydasiga undirilgan.

Amalga  oshirilgan  huquqiy  targʻibot  tadbirlari  boʻyicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan 2024-yilning 1-choragi davomida jami 352 ta huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 257 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 83 tasi ogʻzaki, 12 tasi manzilli targʻibot tadbirlaridan iboratdir.

Shaxrisabz tuman adliya

boʻlimi  boshligʻi                                                 F.Gʻaniyev

                                                                                              



Рўйҳатга қайтиш