Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.04.2024

Koson tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning 3 oyi davomida qilingan ishlar yuzasidan

08.04.2024-yil                                                                              Koson tumani

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha.

Bo‘lim tomonidan 2024-yilning 3 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 185 ta murojaatlarning 124 tasi hal etilib, shundan  93 tasi qanoatlantirilgan, 34 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 25 tasi tegishligi bo‘yicha yuborilgan.

Kelib tushgan 185 ta murojaatlarning, 164 tasi inson huquqlarini himoya qilishga, 11 tasi ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo`llash amaliyotini o`rganish hamda 10 tasi davlat xizmalari ko`rsatish yo`nalishiga oid hisoblanadi.

Bo‘limga 2024-yilning 3 oyi davomida kelib tushgan murojaatlarning 10 tasi ariza, 175 tasi shikoyat tarzida qabul qilindi.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 1 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha.

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 4 ta o‘rganish va 23 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 60 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 1464 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 13 ta taqdimnoma, 6 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 1 ta ogohnoma kiritildi.

Natijada 1 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan
va 1 milliard 411 million 850 ming so`m pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 6 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 7 ta 143 millon so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan 7 ta 143 mln so`mlik da`vo summasi qanoatlantirilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha.

Koson tuman adliya boʻlimi tomonidan oʻtgan davrda Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 379 ta targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan. Shundan ommaviy axborot vositalarida 64 ta, ogʻzaki 176, 30 ta koʻrgazmali va 109 ta ijtimoiy tarmoqlar orqali targʻibot huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

Tuman adliya boʻlimi tomonidan 2024-yilning 3 oyida qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha 4 ta takliflar berildi.

 



Рўйҳатга қайтиш