Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.04.2024

MIRISHKOR TUMAN ADLIYA: 2023-YIL 2-CHORAK SARHISOBI

MIRISHKOR TUMAN ADLIYA: 2023-YIL 2-CHORAK SARHISOBI

Mirishkor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yil 1-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha:
Bo‘lim tomonidan 2024-yil 1-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 52 ta murojaatlarning (o‘tgan yildan 2 ta murojaat qoldiq bo‘lib o‘tgan) 48 tasi hal etilib, shundan 43 tasi yoki 82.7 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 89,6 foiz) qanoatlantirilgan, 5 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 5 ta murojaat tegishligi bo’yicha yuborilgan, qoldiqda 2 ta murojaatlar qolgan.
Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2024-yil 1-chorak davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 40 ta MFYlardan 12 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va norma ijodkorligi bo‘yicha:
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 4 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 4 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2024-yil 1-chorak davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 3 ta taqdimnomalar kiritildi.
Kiritilgan taqdimnoma natijasida 3 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha:
Bo‘lim tomonidan 2024-yil 1-chorak davomida jami 6 ta o‘rganish va 17 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 61 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 828 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 31 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.
Xususan, 15 ta taqdimnoma va 7 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va 8 ta da’vo arizalari kiritilgan.
Natijada 1 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 567 784,7 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan.
Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 5 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 8 ta 1 833 000 000 so‘mlik da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha:
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yil 1-chorak davomida jami 549 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 340 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 158 tasi og‘zaki, 51 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 158 tasi manzilli targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.


Рўйҳатга қайтиш