Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
04.10.2023

Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar shoʻbasi tomonidan 2023-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar...

Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar shoʻbasi tomonidan
2023-yilning 9 oyi davomida

amalga oshirilgan ishlar...

 

Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar shoʻbasi tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʻminlash, sifatli davlat xizmati koʻrsatilishini nazorat qilish yuzasidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Shoʻba tomonidan 2023-yilning 9 oyi davomida jami vazirlik va boshqa tashkilotlar tomonidan kelib tushgan 479 ta xat-hujjatlar va topshiriq xatlarining ijrosi oʻz vaqtida taʻminlandi.

Kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning jami 316 ta murojaati oʻrganilib, ularning ijrosi taʻminlandi. Shundan 62 ta murojaat qanoatlantirilgan, 170 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berildi, 7 ta murojaat koʻrmasdan qoldirilgan, 67 ta murojaatlar taalluqliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 10 ta murojaat hisobot davrining oxirida qoldiq boʻlib oʻtgan.

Hisobot davrida viloyatda jami 59 nafar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyat yuritib kelmoqda.

Shoʻba tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning talabnomalariga asosan viloyatda faoliyat yurituvchi hamda sobiq notarial idora notariuslariga nisbatan 35 ta xizmat tekshiruvlari oʻtkazilib, 5 ta xizmat tekshiruvi oʻz tasdigʻini topgan.

Shuningdek, shoʻba tomonidan 2023-yilning 9 oyi davomida notarial idoralarda 16 ta “Sirli mijoz” va “Reyd” tadbirlari oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar va qonun buzilishi holatlari boʻyicha 8 nafar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishi 15 kundan
1 oy muddatgachatoʻxtatildi.

Bundan tashqari shoʻba tomonidan viloyatdagi 14 ta notarial idoralarda rejali tekshirish oʻtkazib, 14 nafar notariuslarning litsenziyasining amal qilish muddati
1 oydan 3 oygacha muddatga toʻxtatildi.

Huquqiy targʻibot sohasida 2023-yilning 9 oyi davomida 88 ta ommaviy axborot vositalari orqali huquqiy targʻibot ishlari amalga oshirilib, bulardan
16 tasi radio va televideniya, 26 ta gazeta, 46 tasi Veb sayt va boshqa elektron axborot vositalari orqali amalga oshirilgan. Shu bilan birga 50 ta ogʻzaki huquqiy targʻibotlar amalga oshirilib, ushbu targʻibot tadbirlarida 3258 nafar fuqarolarga soha faoliyati, shuningdek, notariat sohasida boʻlayotgan islohotlar boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Shoʻba tomonidan 2023-yilning 9 oyi mobaynida advokatura sohasida ham bir qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2023-yilning 1-oktabr kuniga qadar jami 456 ta advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenzilar berilgan boʻlib, shundan joriy yilning 30-sentabr holatida litsenziya olib ishlayotgan advokatlar soni 302 tani, litsenziya olib boshqa hududda ishlayotgan advokatlar soni
20 tani hamda litsenziyasining amal qilishi tugatilgan advokatlar soni 132 tani tashkil qiladi.

Shu jumladan, 2023-yilning 9 oyi davomida berilgan litsenziyalar
soni 44 tani hamda litsenziyasining amal qilishi tugatilganlar soni 9 tani tashkil qiladi.

2023-yilning 9 oyi davomida faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmalari soni
165 tani, shundan advokatlik byurolari 144 tani, advokatlik firmalari 17 tani hamda advokatlar hayʻatlari 4 tani tashkil qiladi.

Viloyat adliya boshqarmasining ish rejasiga asosan jami 11 ta advokatlik tuzilmalarida tekshirishlar oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar va qonunbuzilishlar soni
22 tani tashkil qilgan.

Mazkur aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 10 ta advokatlik tuzilmalari rahbarlariga tegishli tartibda taqdimnomalar kiritilgan.

Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2023-yilning 9 oyi davomida viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan advokatlarning 17 nafarini Yuristlar malakasini oshirish markazida oʻqitish maqsadida Advokatlar palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasiga koʻmaklashildi.

Advokatlar palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasi tomonidan 2023-yilning 9 oyi davomida jami 8 ta yigʻilish oʻtkazilib, unda jami 174 ta malaka komissiyasi muhokamasiga oid masalalar muhokama qilingan.

Malaka komissiyasi yigʻilishida muhokama qilingan 174 ta masaladan 7 tasi malaka imtihonini qabul qilish, 159 tasi advokatlarning intizomiy javobgarlik masalasini koʻrib chiqish hamda 8 tasi advokat qasamyodini qabul qilish boʻyicha muhokama qilingan.

Shu bilan birga, 2023-yilning 9 oyi davomida talabgorlarga berilgan 44 ta litsenziyalar uchun jami 13.740.000 soʻm davlat boji, 44 ta arizani koʻrib chiqish uchun jami 6.870.000 soʻm miqdorida toʻlov undirilgan.

 

 

 

 

Yuridik xizmatlar sohasida:

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 244-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ijrosini boʻyicha 2023-yilning 9 oyi davomida 11 nafar yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan oʻtkazilib, 10 nafari attestatsiyadan oʻtgan deb topilgan.

Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari berish boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (roʻyxat raqami 2920, 28.08.2017-yil) ijrosi boʻyicha boshqarma tomonidan davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlariga martaba darajasi berish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, 2023-yilning 9 oyi davomida 2 nafar yuridik xizmat xodimlariga martaba darajasi berish boʻyicha Adliya vazirligi markaziy attestatsiya komissiyasiga tavsiyalar kiritilib, 2 nafar yuridik xizmat xodimlariga ham martaba darajasi berilgan.

Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (roʻyxat raqami
2864, 28.02.2017-yil) ijrosi boʻyicha hududdagi barcha organlar va tashkilotlarga belgilangan tartibda yuridik xizmat xodimlarini lavozimga kelishish tartibiga qatʻiy rioya etilishi yuzasidan xatlar kiritilgan.

Hozirgi kunda adliya boshqarmasi huzuridagi yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalari boʻyicha kelishish komissiyasi tomonidan 23 nafar yuridik xizmat xodimlari boʻyicha lavozimga tayinlash boʻyicha suhbat oʻtkazilib, natijasiga koʻra 18 nafar yuridik xizmat xodimi boʻyicha rozilik berilgan boʻlsa, 5 nafar nomzod suhbatdan oʻtmagan deb topilgan.

Bundan tashqari, 23 nafar yuridik xizmat xodimlari boʻyicha lavozimdan ozod etishga kelishish amalga oshirilgan.

Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyati sohasida:

2023-yilning 9 oyi davomida Markazlar tomonidan yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlarning 371 758 ta yuridik tusdagi hujjatlari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 346 357 tasiga qonun hujjatlariga muvofiqligi sababli ijobiy xulosa berilgan boʻlsa, 25 401 ta hujjat qonun hujjatlariga zidligi sababli rad etilgan.

Bundan tashqari, yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar manfaatini koʻzlab qarzdor tashkilotlarga jami 714 talabnomalar kiritilib, talabnoma muddatini vaqtida taʼminlamagan tashkilotlarga nisbatan tumanlararo Iqtisodiy sudlarga 448 tadaʼvo arizalari kiritilishi taʼminlandi.

Shu bilan birga, xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar hodimlarini huquqiy ongi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida yangi qabul qilinayotgan sohaga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida
25 mingdan ortiq targʻibot tadbirlari olib borildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi
PQ-5168-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolarga bepul yuridik xizmat koʻrsatilishi Yuridik xizmat koʻrsatish markazlarining asosiy vazifalaridan biri yetib belgilangan.

Shunga koʻra bugungi kunda viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyoz va kafolatlar boʻyicha” hamda “Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyoz va kafolatlar boʻyicha”, “Yangi O‘zbekiston Respublikasida barcha tadbirkorlik subektlari uchun yaratilgan imtiyoz va kafolatlar bo‘yicha” 5 dan ortiq QOʻLLANMALAR ishlab chiqilgan boʻlib, markazlar tomonidan viloyatning barcha hududidagi Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar va nogironligi boʻlgan shaxslar bilan bevosita uchrashuvlar belgilanib, bepul huquqiy yordam koʻrsatilib kelinmoqda.

Bundan tashqari boshqarma tomonidan yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksi talablariga koʻra hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha tavsiyalar hamda hujjat naʼmunalarining yangi shakllari ishlab chiqilib, xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlarga tushuntirish va targʻibot tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda.

 

 

 

         Notariat, advokatura va
huquqiy xizmatlar shoʻbasi.            


Рўйҳатга қайтиш