Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.10.2023

Китоб туман адлия бўлимининг 2023 йил 3-чорак давомида амалга оширган фаолияти юзасидан

Kitob tuman adliya bo‘limining 2023 yil 3-chorak davomida

amalga  oshirgan  faoliyati  yuzasidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Kitob tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023 yil 3-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib  tushgan  murojaatlarning  ko‘rib  chiqilishi  bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2023 yilning 3-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 233 ta murojaatlarning 228 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 177 ta yoki 76 foizi qanoatlantirilgan, 51 ta huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 17 ta joyiga chiqib o‘rganilgan).

O‘tkazilgan   sayyor    qabullar

Bo‘lim tomonidan 2023 yilning 3-choragi davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 41 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 460 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 32 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, 23 tasi qanoatlantirilgan va 9 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Qonun  hujjatlarini  huquqiy  ekspertizadan  o‘tkazish  bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi
7 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
7 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 2 ta taqdimnoma kiritildi.

     O‘tkazilgan  o‘rganishlar  va  qo‘llanilgan  ta’sir  choralari  bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 14 ta o‘rganish va 53 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 145 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 6678 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 101 ta taqdimnoma,
278 ta ogohnoma, 34 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy takliflar kiritildi.

                                               Natijada

- 10 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 26083,2 mln. so‘m pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.

- 88 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan xujjatlar bekor qilingan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 68 ta da’vo ariza va arizalar kiritilib to‘liq qanoatlantirilgan, 740 mln. so‘m manfaatdor shaxs foydasiga undirilgan.

Amalga  oshirilgan  huquqiy  targ‘ibot  tadbirlari  bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2023 yilning 3-choragi davomida jami 1210 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 1035 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 123 tasi og‘zaki,
52 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 123 tasi manzilli targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.




Рўйҳатга қайтиш