Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.07.2023

Koson tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023 yilning 6 oyi davomida qilingan ishlar yuzasidan

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha.

Bo‘lim tomonidan 2023 yilning 6 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 181 ta murojaatlarning 172 tasi hal etilib, shundan 71 tasi qanoatlantirilgan, 51 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 50 tasi tegishligi bo‘yicha yuborilgan.

Kelib tushgan 176 ta murojaatlarning barchasi inson huquqlarini himoya qilishga hamda 5 tasi ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo`llash amaliyotini o`rganish yo`nalishiga oid hisoblanadi.

Bo‘limga 2023-yilning 6 oyi davomida kelib tushgan murojaatlarning 31 tasi ariza, 150 tasi shikoyat tarzida qabul qilindi.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 1 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha.

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 5 ta o‘rganish va 32 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 58 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 531 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 33 ta taqdimnoma, 14 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 123 ta ogohnoma kiritildi.

Natijada 3 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan
va 2 milliard 401 million 509 ming so`m pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 14 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 33 ta 79 millon 153 ming so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan 33 ta 79 million 153 ming so`mlik da`vo so`mmasi qanoatlantirilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha.

Koson tuman adliya boʻlimi tomonidan oʻtgan davrda fuqarolarning huquqiy ongini va madaniyatini oshirishga qaratilgan jami 529 ta targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan. Shundan ommaviy axborot vositalarida 281 ta, ogʻzaki 163 ta va 85 ta koʻrgazmali targʻibot tadbirlarini tashkil etadi.

Tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023-yilning 6 oyida qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha 14 takliflar berildi.

 

 


Рўйҳатга қайтиш