Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.07.2023

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha 2023-yilning I yarim yilligi davomida vazifa va topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha 2023-yilning I yarim yilligi davomida vazifa va topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Xususan, intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun talabnomalar topshirish sohasida 30 ta intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yhatidan o‘tkazish uchun talabnomalar topshirish bo‘yicha ko‘maklashilib, ularga mazkur sohada batafsil huquqiy tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, joriy yilning I yarim yilligi davomida tadbirkorlik subyektlariga kontrafakt mahsulotlar katalogi va kontrafakt mahsulotlar (jumladan, kontrafakt asarlar, dori, alkogol va oziq-ovqat mahsulotlari) bilan tanishish imkonini beruvchi doimiy yangilanib boruvchi eletron shakldagi QR-kod (keyingi o‘rin QR-kodlar) hamda tarqatma materiallar tarqatish va mazkur QR-kodlardan foydalanish tartiblari hamda sohaga oid qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirish ishlari amalga oshirish yuzasidan 77 marotaba profilaktik tadbirlar o‘tkazilib, profilaktik tadbirlar bayonnomalari belgilangan muddatlarda “Yagona davlat nazorati” tizimiga kiritib borilmoqda.

            Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida o‘tkazilgan tekshirish va monitoringlar natijasida jami 730 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan 35 ta taqdimnomalar tegishli tashkilot va tadbirkorlik subyektlariga kiritilgan bo‘lib, ularning ijrosi to‘liq ta’minlangan hamda 26 nafar mas’ul xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.

Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 10 nafar shaxslarga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib tegishli sudlarga chiqarilgan barchasisi bo‘yicha sud tomonidan jarima jazolari belgilangan.

Tizim orqali hisobot davrida 3 ta shikoyat shaklidagi murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 1 tasi ijroda va qolgan shikoyatlar bo‘yicha belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektida tekshirishlar o‘tkazilib, aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida 2 ta taqdimnoma kiritilgan hamda ularning natijasi bo‘yicha huquqbuzarlik holatlari to‘htatilgan, shuningdek muallifga uch million so‘m pul mablag‘lari to‘liq qaytarib berilib, murojaatlar qanoatlantirilgan.

Intellektual mulk sohasidagi qonunchilik normalari va vazifalari ijrosi yuzasidan joriy yilning I yarim yilligida 64 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shulardan 6 tasi televideniya, 2 tasi radio, 6 tasi gazeta, 35 tasi veb-sayt va boshqa elektron axborot vositalari, 7 ta seminar, ma’ro‘za va davra suhbatlari tarzidagi og‘zaki huquqiy targ‘ibot, 1 tasi bannerlar, 7 tasi boshqa tarqatma materiallar tarzida amalga oshirilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda sohaga oid 1 ta ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazilgan.

 

Intellektual mulk huquqlarini

himoya qilish bo‘yicha-bosh maslahatchi

I.Sharapov


Рўйҳатга қайтиш