Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
10.04.2026

Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha EʼLON

1. Qarshi shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish sho‘basi boshlig‘i Lavozim faoliyati yoʻnalishi va vazifalari: Markaz faoliyati bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yo‘nalishida:
1. “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni
ta’minlaydi;
2. Tadbirkorlik va tadbirkorlik sub’ektlari bo‘lmagan sub’ektlarini ro‘yhatdan
o‘tkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan o‘tishda shaffoflikni
ta’minlaydi;
3. davlat organlari va davlat xizmatlari ko‘rsatadigan boshqa tashkilotlar bilan
mustahkam o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, tadbirkorlik subyektlariga davlat
xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaydi;
4. tadbirkorlik subyektlariga axborot yordami ko‘rsatish, shu jumladan davlat
xizmatlari ko‘rsatish tartibi va muddatlari to‘g‘risida bepul konsultatsiyalar
beradi;
5. DXM direktoriga aniqlangan qonunbuzarliklar, davlat xizmatlarini
ko‘rsatish bo‘yicha qonun hujjatlari buzilishlarining belgilari, ularga imkon
berayotgan sabab va shart-sharoitlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek
“yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimidagi
qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflarni kiritadi;
6. ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlarining davlat reyestrini
yuritishni tashkillashtiradi;
7. DXMda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ta’sis
hujjatlariga, ustav faoliyatiga, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish
tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazorat olib borishni tashkillashtiradi;
8. Vazirlik hay’atining qarorlari, hududiy adliya organining yig‘ilish bayoni
qarorlari, adliya vaziri, hududiy adliya organi rahbariyatining soha
faoliyatiga oid buyruqlari, ko‘rsatmalari va topshiriqlarining bajarilishini
ta’minlaydi;
9. DXM xodimlari o‘rtasida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib boradi;
10. hududiy adliya organi rahbariyati va DXM direktorining ruxsati bilan soha
faoliyatiga oid yig‘ilish va anjumanlarda ishtirok etadi;
11. xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, markazga kelib tushgan
hujjatlarni xodimlariga ijro uchun beradi va bajarilishini nazorat qiladi;
12. Vazirlik, hududiy adliya organi va DXM direktori tomonidan so‘ralgan
ma’lumotlarni belgilangan tartibda taqdim etadi;
13. jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, hududiy adliya organining
topshiriq xatlari, turli idora va tashkilotlardan kelgan aloqa xatlarini
belgilangan tartibda va muddatda ijrosi etilishini nazorat qiladi;
91
14. DXM direktoriga qo‘shimcha davlat xizmatlarini kiritish bo‘yicha, davlat
xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida takliflarni,
shuningdek arizachining davlat xizmatlari ko‘rsatishning rad etilishi bilan
bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish uchun materiallarni kiritadi;
15. ma’lumotlarning tegishli bazalaridan, davlat axborot tizimlaridan va
vakolatli organlar resurslaridan belgilangan tartibda foydalanadi;
16. davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarida, sudlarda, boshqa organlar va
tashkilotlarda DXM manfaatlarini ifodalaydi;
17. vakolatli organlardan ularning vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha
hujjatlar hamda axborotlarni so‘rab, to‘lovsiz oladi;
18. DXMda ish yuritishni tashkil etish, ijro intizomini nazorat qilish va bu
boradagi faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga
oshiradi;
19. tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish amaliyotini va davlat
xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish, Davlat xizmatlari markazi
faoliyatini yaxshilash, xodimlarni rag‘batlantirish va intizomiy jazoga tortish
bo‘yicha markaz direktoriga belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
20. o‘z xizmat vazifalarini amalga oshirish jarayonida ichki mehnat tartibi
qoidalariga, odob-ahloq qoidalariga hamda kiyinish talablariga qat’iy rioya
qilish, adliya organi xodimi degan nomga dog‘ tushuruvchi xatti-harakatlar
sodir etishdan o‘zini tiyadi;
21. hududiy adliya organi rahbarining topshirig‘iga asosan boshqa xodim ish
joyida bo‘lmaganda uning vazifasini vaqtincha bajaradi;
22. mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar hamda qonunchilik hujjatlariga
muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

Rasmiy talablar:
• oliy maʼlumotga ega boʻlish;
• davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish (ustuvorlik beriladi);
• shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

·   nomzodlar vacancy.argos.uz saytiorqali mavjud e’lonlar bo‘yicha xujjat topshirishlari mumkun

·        Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod vacancy.argos.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtib, shaxsiy kabineti orqali quyidagi hujjatlarni tizimga biriktirishi lozim:
·        – shaxsiy varaqasi – diplom (diplomdan koʻchirma)ning nusxasi, chet elda oʻqigan boʻlsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma
·        – 3x4 sm oʻlchamdagi rangli fotosurati;
·        – fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi.
·        Nomzod boʻsh (vakant) lavozimlarga tanlov oʻtkazish haqidagi eʼlonda koʻrsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning oʻzida boshqa eʼlonda koʻrsatilgan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.
Manzil:
·   Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (Qarshi shahri, I.Karimov koʻchasi, 55-uy). Bogʻlanish uchun telefon: 75.230-01-76.

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining 207-04-64 telefon raqamiga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.


Рўйҳатга қайтиш